Sayyohlarga “gid”lik qilsam-chi? (Yurtni tanitish, suhbat qurish) Nutqiy faoliyat fe’llari va ularning imlosi. Ularni boshqa fe’lning
ma’noviy guruhlaridan ajrata olish, berilgan mavzu yuzasidan adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda nutqiga mos keluvchi iqtiboslar tanlab mazmunli, ta’sirchan va ravon so‘zlay olish mashqlari.
Dona son va uning ifodalanishi bilan tanishish. Berilgan matn tarkibidan dona sonlarni aniqlay olish, ular imlosi va ular bilan qo‘llanayotgan so‘zlarga e’tibor berish.
Maqol va uning nutqni boyitishdagi ahamiyati haqida suhbat uyushtirish. Og‘zaki nutqda o‘z fikrlarini dallilash, ular ta’sirchanligini oshirish maqsadida mavzuga mos maqollarni tanlash mashqlari. Maqol va aforizmlar (hikmatli so‘zlar)ning matnga qo‘shadigan hissasini aniqlay olish mashqlari.
Audiomaterialda berilgan ma’lumotni yozma, grafik va rasm ko‘rinishida ifodalay olish, eshitilganlar asosida xulosa qilish va xulosani dalillar bilan asoslay olish mashqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |