Mustahkamlash darsi
VII BO‘LIM. TIL VA DIL
(15 soat)
Tortishsang ham hurmat qil (bahs odoblari)
Nutqiy vaziyatlarda suhbat va munozara odobiga rioya qilgan holda og‘zaki muloqotga kirishishga oid mashqlar.
Qavm-qarindoshlik bilan bog‘liq so‘zlarning, asosan, ot so‘z turkumiga oidligi. Matn va lug‘atlar bilan ishlash (o‘qib tushunish, tinglab tushunish, tushunganlarini og‘zaki va yozma bayon qila olish) “U sizga kim bo‘ladi?” ma’rifiy matn ustida ishlash va unda ishlatilgan qavm-qarindoshlik bilan bog‘liq so‘zlar lug‘atini tuzish, ularning ma’nolarini izohlash.
Buyruq gap, u ifodalagan mazmunni aniqlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar. Berilgan matn tarkibidan buyruq gaplarni ajrata olish, buyruq gaplarni yuzaga keltirayotgan vositalarni aniqlay olish, buyruq gaplarda tinish belgilarining qo‘llanilish qoidalariga rioya qilishga oid topshiriqlar.
Undov so‘zlar bilan tanishish. Undov so‘zlarni boshqa so‘zlardan farqlay olish, gapdagi ma'nosini anglash va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llashga oid mashq va topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |