Mening qiziqishlarim (bolaning qiziqishlariga qarab kasbni belgilash) Orzu-istak, niyat va ehtimolni ifodalovchi til birliklarining qoʻllanishi,
talaffuzi va imlosi. Oʻz qiziqishlari haqidagi gaplarda qoʻllaniladigan fe’llarni bilish va toʻgʻri qoʻllashga oid mashqlar.
Ma’nodosh so‘zlar, ularning nutq tuzishdagi ahamiyati bilan tanishish. Ma’nodosh so‘zlar ma’nosini izohlay olish, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Rasm asosida biror vaziyatni ma’nodosh so‘zlardan foydalangan holda tavsiflay olish bilan bog‘liq topshiriqlar.
Berilgan matn tarkibidan egalik qo‘shimchalari ishtirok etgan so‘zlarni aniqlash, egalik qo‘shimchalari qo‘shilgan otlarda sodir bo‘layotgan tovush o‘zgarishlari: i, u, a tovushining tushib qolishi, k, q tovushining g, g‘ tovushlariga almashishini aniqlash bilan bog‘liq mashqlar. Otlarga egalik qo‘shimchalarini qo‘shish, ushbu otlarda ro‘y berayotgan tovush o‘zgarishlarini aniqlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |