Malaka talabi kodi OTMT.6.NK.ON.1
OTMT.6.NK.ON.2
OTMT.6.NK.ON.3
OTMT.6.NK.ON.4
OTMT.6.NK.ON.5
OTMT.6.NK.YN.1
OTMT.6.NK.YN.2
Og‘zaki nutq
adabiy talaffuz me’yorlari asosida nutqqa mos keluvchi iqtiboslar tanlagan holda mazmunli, ta’sirchan va ravon so‘zlay olish;
turli mavzular yuzasidan fikrni mazmun ketma-ketligini rejalashtira olgan holda izchil va tushunarli tarzda ifodalay olish;
mantiqiy, ijodiy, tanqidiy fikrlash va fikrini og‘zaki bayon qila olish; badiiy asar namunalarini ifodali o‘qish, bunda nafas olish va chiqarish, tovushlarning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o‘ziga xosliklarni anglash, ohang, to‘xtam (pauza)dan o‘rinli foydalana olish;
berilgan mavzu muhokamasida o‘zining shaxsiy qarashlarini himoya qila olish.
Yozma nutq
berilgan matn, rasm, audiomaterial asosida imlo va uslubiy qoidalarga rioya qilgan holda o‘z fikrini to‘g‘ri, izchil ifodalash, shuningdek, 12–14ta gapdan iborat matn yoza olish;
materialni tartiblash va umumlashtirish, fikrlar va argumentlarni daliliy tafsilotlar bilan asoslab yoza olish;
Do'stlaringiz bilan baham: