Internet doʻkonlari (amazon, alibaba, olx)
Olinma soʻzlar imlosi, savdo-sotiq bilan bog‘liq til birliklari. Berilgan matnlar tarkibidan olinma soʻzlar va savdo-sotiq bilan bog‘liq til birliklarini aniqlash, ularning izohi bilan tanishish. Internet doʻkonlari bilan bog‘liq murakkab grafik chizma hamda diagrammalar koʻrinishida berilgan ma’lumotlarni ogʻzaki ifodalab berish mashqlari.
Toʻldiruvchi va uning ifodalanishi. Berilgan gaplar va matnlar tarkibidan toʻldiruvchini aniqlash, uning ifodalanishini tahlil qilish, og‘zaki va yozma nutqda toʻldiruvchidan toʻg‘ri foydalanish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
“Internetda hammasi bor” mavzusidagi insho uchun sodda va murakkab reja tuzish. Reja tuzishda mazmun izchilligiga e’tibor qaratish, mavzu dolzarbligini ifodalay olish.
Oʻzi istagan biror mahsulot uchun reklama matni tayyorlash. Reklamaga oid til birliklaridan foydalanish, reklama tayyorlash qoidalariga amal qilish, oʻz mahsuloti uchun logotip tayyorlash bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |