135
umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi
ma’lumotlar yuzasidan mulohaza yuritish, ularga munosabat bildirish va foydalanish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Qimmatli qogʻozlar (aksiya va obligatsiyalar)
Olinma soʻzlar talaffuzi va imlosi. Moliyaviy atamalarni berilgan matn tarkibidan aniqlash, ularning izohi bilan tanishishga oid mashq va topshiriqlar.
Hol – kesimdan anglashilgan ish-harakat yoki holatning belgisini bildiruvchi boʻlak. Holning ifodalanishi. Berilgan gaplar va matnlar tarkibidan holni aniqlash, uning ifodalanishini tahlil qilish, og‘zaki va yozma nutqda holdan toʻg‘ri foydalanish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Matndagi gaplarni bogʻlovchi vositalar. Matn tuzish talablari (mavzu, sarlavha; ravonlik, mantiqiylik, aniqlik va nutq sofligi).
Qimmatli qog‘ozlarda mavjud boʻlgan belgilarni tushunish, ulardan foydalana olishga oid mashqlar. Qimmatli qog‘ozlarning vazifasi, inson hayotidagi ahamiyatini tavsiflashga oid fikrlarni og‘zaki/yozma koʻrinishda ifodalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |