Teleskop – osmonga qoʻyilgan narvon (teleskop, rasadxona, kashfiyotlar)
Insonning portreti (alloma yoki kashfiyotchi ajdodlarimiz) asosida ularning tashqi koʻrinishini tasvirlab beruvchi ogʻzaki/yozma matn yaratish.
Berilgan matndagi soʻz, ibora va birikmalarning mohiyatini anglashga doir topshiriqlar. Tashkilot, gazeta, jurnali, asar nomlarini aniqlash, ularning yozuvda aks etishiga oid (bosh harf, qoʻshtirnoq, vergul) mashq va topshiriqlar.
Berilgan matn tarkibidan harakatni bildiruvchi so‘zlarni ajratish, ularning ma’nolarini o‘rganish, yaqin va qarama-qarshi ma’noli fe’llarni ajrata olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Tinglangan monologik nutq yoki suhbatdan so‘zlovchining asosiy g‘oyasini ajratish, zarur o‘rinlarni qayd qilishga doir topshiriqlar ustida ishlash. Asosiy soʻz va tushunchalarni talaffuzda alohida koʻrsatish uchun urgʻu va ohangdan toʻgʻri foydalanish mashqlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |