XIV-XVI ASRLAR ADABIY TILIDA
ARABCHA, FORSCHA SO`ZLAR
Akademik V.Radlov eski o`zbek tili, chig`atoy tili, usmonli turk tili kabi turkiy, arab
va fors elementlarining aralashuvidan hosil bo`lgan su`niy bir til degan fikrni ilgari suradi.
Ma`lumki bunday elementlarning shu davr adabiy tilida mavjud bo`lishi turli tarixiy
101
sharoitlar bilan bog`liqdir. Albatta, bunga sabab fors-tojik adabiyoti bilan o`zbek adabiyotining
yaqinligi buldi. SHu tufayli XIV asrning 2-yarmi va XV asrdan boshlab qadimgi turkiy so`zlar
zamona talablariga muvofiq arabcha va forscha so`zlar bilan almashtiriladi. Bundan tabiiy
ko`pchilikni diniy-ilohiy tushunchalar ifodasi bo`lgan so`zlar tashkil qiladi: idi-ega, xudo,
alla, taolo; uchmaq-jannat, behisht, tamug-do`zax kabilar.
Qadimgi turkiy so`zlarnimg arabcha-forscha so`zlar bilan almashtirilishi diniy
tushunchalar doirasida emas, balki hayotiy so`zlar doirasida ham yuz bergan: baliq-
shahar, asig-fāyda, achun-dunyo, irin-lab va h.o.
O`zbek tili o`zining shakllanishi va rivojlanishi protsessida qadim zamonlardan
buyon O`zbekiston tarixi bilan taqdir bog`lab kelgan ko`pgina tillar bilan munosabatda bo`lib
keldi. SHu protsessda aloqador tillardan zaruriy so`z va iboralar o`zbek tilining lug`at sostaviga
kelib qo`shildi.
O`rta Osiyoning va O`zbekistonning sho`rolar tuzumi davrigacha qabul qilingan
so`zlarning asosiy qismini arab, fors-tojik tilidan olingan so`zlar tashkil qiladi. Bu so`z va
iboralar hamda ular bilan bog`liq holda kirib kelgan ayrim grammatik formalar zamonlar o`tishi
bilan o`zbek tilining tub elementlari qatoriga o`tib keggandir. Arab va fors tillarining ta`sir
doirasi ayniqsa XV asrda kuchaydi. Ma`lumki, o`zbeklar o`ratasida feodal munosabatlarning
rivojlanib borishi va u bilan bog`liq bo`lgan moddiy va ma`naviy hayotning rivojlanib borishi
arabcha va forscha so`z, iboralarning tilga kirib kelishi uchun keng yo`l ochib berdi. Tojik va
o`zbek adabiyotining o`zaro yaqinlik munosabati o`zbek tilidagi badiiy adabiyotning misli
ko`rinmagan darajada rivoj topishi, o`zbek klassik adabiyotining tug`ilishi va taraqqiy etishi
bilan arabcha va forscha so`zlar o`zbek tilida keng va chukur ildiz yoyib keldi. O`zbek adabiy
tilida bu hol XIV asrdan boshlab XU-XU1 asrlarda ochiqroq ko`rindi. Xuddi shu davrga kelib
forsiy tili deb atalgan eski tojik adabiy tili va adabiyoti o`zbek savodxonlari orasida keng
tarqaldi, shuhrat qozondi. Bu hol o`zbek adabiyotiga ta`sir qilmasdan qolmadi. Arab tilining
poetik elementlari ham o`zbek tiliga tojik tili orqali kirib keldi. O`zbek tilida yozilgan
yodgorliklarning syujet va janriga qarab ularning lug`at sostavi har xil bo`lgan. Ba`zi
yodgorliklar tilida arabcha va tojikcha so`zlar 95 foiz va undan ortiq edi. Lekin ular
grammatik struktura jihatidan shubhasiz o`zbek tilining qonuniyatlariga bo`ysinar
102
edi. SHuning uchun ham ularni o`zbek tili yodgorligi deb yuritiladi. Bunday
hodisani poetik asarlar tilida uchratish mumkin. Masalan Navoiyning;
Harārat jonima ul ātashin la`l āhgarindindur
Aңa taskin ham iz ravzasiniң kavsarindindur
Sachiңniң tiyra shāmidan yүzүң subhida yol tapmaq
Bināgo`shuң dag`i durri tabafro`z axtarindindur.
Taxurā bādasi derlәr erur jānbaxshu ruqafzā
Magarkim chachini ul mayg`a la`liң sag`arindindur.
YUqoridagi uch baytda 33 ta so`z formasi qatnashgan bo`lib, shundan 9
tasigina turkiy (o`zbekcha) kolganlari esa arabcha-forscha so`zlardir.
Atoyidan olingan quyidagi 2 baytda esa so`zlarning deyarli barchasi
arabcha-forschadir.
Dilrabā la`liң sharābi āb kavsardin latif
Qāmating naqli dag`i sarvu sanubardin latif
Sarhai xusnung qashida munfail avrāqi gul
Nuqtai xāliң abiri mushki anbardin latif.
Bunda faqat dag`i, qosh, xol so`zlarigina o`zbekchadir.
SHu davrda ijod etgan o`zbek shoirlarining ba`zi asarlari tili ham
yuqoridagidan qolishmaydi. Hatto o`zbek tilining himoyachisi sifatida nom
chiqargan Navoiy ham arab, fors-tojik so`z - iboralarni ma`lum sabab va sharoitlarga
ko`ra ko`p ishlatgandir.
SHu davr adabiy tilida arab, fors-tojik so`z va iboralarning haddan tashqari
ko`p ishlatib yuborilganligi o`zbek tilining kambag`al vav ma`lum tushunchalarni
ifodalay olish imkoniyatiga ega bo`lmagan til ekanligani bildirmaydi.
O`zbek tili arab va fors-tojik tillaridek murakkab tushunchalarni ifoda
qilish imkoniyatiga ega bo`lgan tillardan bo`lgan. Lekin bu til zamonasiga ko`ra
103
adabiy-badiiy jihatdan, ilmiy terminologiya jihatdan ishlanmagan edi. Ma`lum
tushunchalarni ifoda qiluvchi so`z va ifodalar o`zbek tilida mavjud bo`lishiga
qaramasdan xorijiy tillardan so`z va iboralar, ilmiy tushunchalarni bildiruvchi
terminlar qabul qilingan. Buning o`ziga yarasha tarixiy sabablari mavjud. Ma`lumki,
arab tili asrlar mobaynida faqat islom dinining tili bo`lib qolmasdan, balki musulmon
sharqida fan xamda madaniyat bilan ham bo`lgan. Arab tilida asrlar mobaynida
ishlangan va ilmiy jihatdan silliqlangan tayyor terminlardan o`zbek shoirlari va
madaniyat arboblari foydalanganlar. Arabcha ilmiy termin, so`z-iboralarni o`zbek
tilida yozilgan ilmiy, falsafiy, tarixiy, adabiy-badiiy asarlar tilida keng qo`llanilgan.
SHu so`z va terminlardan Navoiy ham keng foydalangan. Navoiyning ko`pchilik
asarlar nomi ham arabcha berilgan. Buning o`ziga xos sababi bor. Birinchidan,
Navoiy tomonidan mavjud traditsiyaning saqlanishi bo`lsa, 2-si o`zbek tilida
yaratilgan asarlariga ko`pchilik diqqatini jalb etish bilan bog`liq.
O`zbek tilining murakkab tushunchalarni ifoda qila olish qudratiga ega
ekanligi Navoiyning «Muhokamat-ul-lug`atayn asarida keng isbotlab berilgan.
YOzuv yodgorliklarida fors-tojik va arab tillari madaniyati merosiga
yondashish va ulardan foydalanish printsiplari turlicha bo`lgan. Bu printsiplar shoir va
yozuvchilarning ijtimoiy hayot taraqqiyotidagi tutgan o`rni va yo`llariga qarab
hamda asarlarining janr va uslublariga qarab har xil shaklga ega bo`lgan. SHoir va
yozuvchilar asarlarida arab va fors so`zlarini o`rinsiz ishlatgan o`rinlari va g`oyat
darajada ajnabiy til elementlariga mehr qo`yib yuborgan o`rinlar ham uchraydi.
Bunday hol ayniqsa diniy asarlar uchun xarakterlidir. Progressiv adiblar arab va fors
tillari merosidan har doim ijodiy foydalanish uchun intilganlar. SHu xildagi intilishlar
o`zbek adabiy tilining boyib, mukammallashib kelishi uchun muhim ahamiyatga ega
bo`lgan. O`zbek adabiy tili o`zining shakllanish va rivojlanish protsessida arab va
fors-tojik tillaridan qanchalik ko`plab so`z va iboralar olib kelgan bo`lmasin, lekin u
shu bilan birga o`zining tub xususiyatini yo`qotib yubormadi, balki o`zining grammatik
strukturasini va asosiy lug`at fondini saqlash bilan birga asrlar davomida tarixiy
bog`liq holda va izchillikda taraqqiy etib keldi. Progressiv shoirlar va yozuvchilar
hamda umuman madaniyat arboblarining ulkan tarixiy xizmatlari tufayli boshqa tillar
104
adabiy merosidan ijodiy foydalanib, ulardan olingan namunalar tufayli uzluksiz boyib,
rivojlanib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |