Shuningdek, qardosh xalqlar bilan munosabat, savdo-sotiq va boshqalar fors-tojik, uyg‘ur, xitoy tillaridan so‘z o‘zlashtirishga asos bo‘ldi:
xona, barg, xazon, devor, zimiston, dil xhat, kulba, shahar, siyoh; manti, lag‘mon, xonim va hokazolar.
|
Chor Rossiyasining O‘rta Osiyoni zabt etishi hamda ruslashtirish oqibatida o‘zbek tili leksikasida, umuman butun til tizimida kuchli ta’sir sodir bo‘ldi. Bolshevik, partiya, sovet, kommunizm, sotsializm singari ko‘rinishlar o‘sha davr neologizmlari edi. Stol, stul, papka,sumka, doska, klass, lampochka, ostanovka, dirijyor, muzikant, televizor va hokazo so‘zlar ommalashdi.
Rus tili orqali inglizcha-baynalmilal so‘zlar kirib keldi:
|
telefon, aktyor, artist, radio, kollektiv, ideya, obyekt va boshqalar.
|
Bunday lisoniy ta’sir xususiyatlarini barcha tillarda kuzatish mumkin; masalan, hozirgi ingliz tili lug‘at boyligidagi so‘zlarning taxminan 30 foizigina sof inglizcha so‘zlar, qolganlari qardosh xalqlardan, roman, fransuz yoki italyan, sharq tillaridan o‘zlashgan so‘zlardir. Tillarning bir- biriga o‘zaro ta’siri tillarning chatishuvi va belingvizm hodisalariga sabab bo‘ladi. (Agar so‘z o‘zlashtirilish tilning ichki (grammatik) strukturasiga ta’sir ko‘rsatmasa, bu tillarning hamkorligi (языковые контакты) deyiladi.
Agarda bir til boshqa tilga tazyiq o‘tkazib, uning ichki strukturasiga o‘rnashsa, bu tillarning chatishuvi deyiladi.
|
Lekin bu tushunchalar ham nisbiydir. Masalan, arab xalifaligi davrida turkiyzabon va eroniy xalqlar uning tazyiqi ostida edilar. Arab tili nafaqat davlat tili, balki madaniy va diniy (ilohiy kitob “Qur’on” arab tilida bo‘lganligi, hamda uni o‘rganish, o‘qish majburiy qilib qo`yilganligi bois mustamlaka xalqlardan arab tilining nafaqat leksikasini, balki grammatikasi va fonetik, ifodali (qiroat) o‘qish malakalarini egallashlarini ham talb qilar edi) ta’sir vositasiga aylantirilgan edi. Biroq, arab tili turkiy tilga jipslashganligi bilan, uning grammatik qurilishi (flektiv) turkiy tilga ko‘chmagan.
Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi kurash natijasi chatishuvga misoldir. Fransuz tili Angliya hududida g‘olib, ingliz tili esa mag‘lub bo‘ldi, lekin fransuz tili o‘z vatanida yashar, rivojlanar ham edi. Xullas, til kurashlaridan keyin, g‘oliblar o‘z tillarini unutib, angtosakson tilini qabul qiladilar. Ingliz tili ham fransuz tilidagi so‘zlarning ma’lum bir qismini saqlab qolib, tilning (kelgindi tilni) o‘zini siqib chiqaradi. Demak, bu yerda superstrat hodisasi, ya’ni kelgindilar tilining mahalliy tilga ta’siri sodir bo‘lishi, lekin uni siqib chiqarolmasligi yuz bergan.
Endi bilingvizm jarayoni haqida. Bilingvizm – ikki tillilik demakdir. Turkiy xalqlar uchun ikki tillilik ularning butun tarixiy taraqqiyoti davomida va barcha hududlarda tarqalishi doimiydir. Ancha intensiv ifodalangan ikki tillilikning qadimiy davrdagi ko‘rinishlari turkiy-mo‘g‘ul, turkiy - fin-uyur va turkiy – fors, turkiy- arab bo‘lib, ularning o‘zaro ta’sirini ko‘rsatuvchi xususiyatlar hozirgi davrgacha saqlanib qolgan. Bu ta’sir bir tomondan, Sibir va Volga bo‘yi turkiy tillarida, boshqa tomondan O‘rta Osiyo va Kavkaz turkiy tillarida hozirgacha ko‘rinadi. Sovet ittifoqi davrida turkiy-rus bilingvizmi bu davr tilining asosini tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |