Til murakkab ijtimoiy hodisa. U orqali kishilar o`z nutqini atrofdagilarga yetkazib bera oladi, muloqotga kirishadi. Jamiyatda sodir bo`layotgan ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etadi. Til bor ekan nutq ham mavjud bo`ladi



Download 21,64 Kb.
bet3/3
Sana20.06.2022
Hajmi21,64 Kb.
#685161
1   2   3
Bog'liq
SAYA maqola

Aleksiya- o`qishning buzilishi. Uni alohida symptom sifatida birinchi bo`lib 1885-yili Kussmaul yozib qoldirgan. Kussmaul kuzatgan bemorda nutq saqlangan bo`ladi, lekin u o`qiy olmaydi. Olim dastlab bunday holni “so`zlarga ko`rlik” deb ataydi.
Agnostik aleksiyada harflarni yoki so`zlarni tanish buziladi. Bunda bemorlr bir-biriga o`xshash harflarni chalkashtirib o`qiydi. Ular ba`zi so`zlarni birdaniga to`la o`qishlari mumkin, lekin harfma-harf o`qiy olishmaydi yoki qiynalib o`qishadi.
Agrafik aleksiyada esa o`qishning buzilishi yozishning buzilishi bilan teng kechadi. Bemor harflarni ham, so`zlarni ham yoza olmaydi. Harf yozish o`rniga vertical yoki gorizontal chiziqlar o`tkazadi. Ba`zan bemorlar o`zlarining ismini ham xato qilib qo`yishlari mumkin.
Agrafiya-yozishning buzilishi. “Agrafiya” atamasi 1885-yili Benedikt tomonidan taklif qilingan. Luriya ensa, pastki parietal va yuqori chakka sohalarining orqa qismlari zararlanishlari yozishning buzilishiga olib kelishini isbotlagan. Shuningdek,u afaziyaning ko`p turlarida ham agrafiya bo`lishini kuzatgan va o`rgangan.Tovushlarni harflarga aylantirish akustik, kinestetik, optik analizatorlar hisobiga, harflarni yozish esa optik, fazoviy va harakat analizatorlari hisobiga amalga oshadi. Demak, yozishning buzilishi peshona bo`lagi, uning mediobazal sohalari, chakka, pastki parietal va ensa sohasining oldingi qismlari zararlanganda kuzatiladi.3
Alaliya esa yuqoridagilardan farqli tarzda bolalarda uchraydigan kasallik turi bo`lib, u bolaning nutqsiz yoki chala nutqqa ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Alaliyaga bola bosh miya nutq markazlarining ona qornida rivojlanmay qolishi, tug`ruq paytidagi travmalar yoki ilk oylik davridagi turli jarohatlar sabab bo`lishi mumkin. Alalik bolalar tengdoshlariga nisbatan kech nutq hosil qiladi. Ayrim hollarda chala gapiradi, fikrini atrofdagilarga yetkazishda qiynaladi. Imo-ishoralardan foydalanadi. Alaliyaning tarqalganligi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar yo'q.Ma’lumotlarga ko'ra, alaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning bir foizi,maktab yoshidagi bolalarning 0,6 — 0,2% foizni tashkil etadi. O'rtacha hisobda, alaliya aholining 0,1 foizida kuzatiladi. Mualliflarning ta’kidlashicha, alaliya o'g'il bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta ko'p uchraydi.4 Alaliyaning motor va sensor turlari farqlanadi.
Sensor alaliya nisbatan kam uchraydi va u alaliyaning og`irroq turi bo`lib, bola unga qaratilgan nutqni yaxshu tushunmaydi va anglamaydi. Natijada javob ham qaytara olmaydi. Bunday bolalar maxsus muassasalarda mutaxassislar nazorati ostida maxsus mashqlar yordamida davolanadi. Sensor alaliyaning o`g`ir turida mashqlar ham samarasiz bo`lib, bola to`laqonli gapirib ketolmasligi mumkin.
Motor alaliya esa juda ko`p uchraydi va unda bola atrofdagilar nutqini tushunadi, ammo o`zi nutqida qiynaladi, fikrini ifodalashda biroz qiynaladi. Lekin qiyinchilik bilan bo`lsa-da nutqini yetkaza oladi. Motor alaliyaga uchragan bolalar tengdoshlari qatori bo`lib ketishi mumkin. Ular bilan logopedlar jiddiy mashqlar olib borsa, kelgusida bola to`la gapirib ketishi mumkin.
Neyrolingvistika amaliy fan sohalaridan bo`lib, nazariy to`plangan bilimlar, albatta, amaliyot bilan mustahkamlanishi kerak. Har qanday nutqiy kamchilik aynan bosh miyada sodir bo`lgan o`zgarishlar sabab yuzaga keladi. Bosh miyada joylashgan nutq apparatlaridan birining ishdan chiqishi ham jiddiy o`zgarishlarga olib kelishi mumkin. Yuqorida aytilganidek mazkur fan yo`nalishi uch fan kesishuvida paydo bo`lgan. Demak uni rivojlantirishda ham har uchovining birdek harakati kerak bo`ladi. Bosh miya zararlanishi sabab kasallangan bemorlarni davolashda nevrologiya, tilshunoslik va psixologiya sohasi vakillarining amaliy harakatlari talab etiladi. Har qanday jiddiy shikastda ham bemorga to`g`ri tashxis qo`ya olish, oldindan puxta rejalashtirilgan tibbiy muolajalar va rivojlantiruvchi mashg`ulotlar yordamida bemorlar yana sog`lom hayotga qaytishi mumkin.

Sayyora IBROHIMOVA





1 A.Nurmonov «Tanlangan asarlar» I jild T. 2012

2Neyrolingvistika. Loyiha ishi T-2017

3 Miyaning oliy funksiyalari va neyropsixologik tekshiruv usullari O`quv-uslubiy qo`llanma T-2005

4Ayupova M. Y Logopediya T. 2007.

Download 21,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish