Falsafiy UMIS va AHVOning lisoniy tizimda voqelanishi.
Dialektika har
qanday o‘rganish manbaida, borliqdagi har bir narsada ikki jihat borligini
ta’kidlaydi va uni quyidagi ikki tomonli kategoriyalar asosida sistemalashtiradi:
Umumiylik – alohidalik;
Mohiyat – hodisa;
Imkoniyat – voqelik;
Sabab – oqibat.
Birinchi jihat (uni tegishli kategoriyalarning bosh harflari asosida qisqacha
UMIS deb ataymiz) narsalarning bevosita kuzatishda berilmagan substansiyasi
bo‘lib, aqliy, idrokiy usul bilan anglanadi.
Ikkinchi jihat esa (AHVO – alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat) UMISning
voqelanishi bo‘lib, uni tadqiqotchi, o‘rganuvchi kishi sezgi a’zolari yordamida his
qila oladi.
Har bir narsada UMIS turlari (umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab) yaxlit
holda mavjud bo‘ladi va AHVO turlari birgalikda (alohidalik, hodisa, voqelik,
oqibat) yaxlit holda voqelanadi. Masala mohiyatini yaqqolroq tasavvur qilish
uchun hammaga tushunarli bo‘lgan hayotiy bir dalilga murojaat qilamiz.
Hovlida beshta har xil o‘rik daraxti bo‘lib, ular bevosita kuzatishda berilgan,
sezgi a’zolari yordamida ularni his qila olamiz. Lekin ongimizda yaxlit o‘rik
tushunchasi mavjud. U bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, aqliy yo‘l bilan
tiklangan. Falsafada ana shu «umuman o‘rik»ka nisbatan UMIS, muayyan, ko‘z
oldimizda turgan o‘rikka nisbatan AHVO atamasini qo‘llash mumkin. Bevosita
kuzatishda berilmagan UMIS va sezgilar yordamida his qilish mumkin bo‘lgan
AHVOning biri ikkinchisisiz bo‘lmaydi. Masalan, «umuman o‘rik» tushunchasi
xususiy, yakka, alohida o‘riklar haqidagi tasavvurlardan tiklansa, yakka o‘rik
«umuman o‘rik»ning voqelanishi, muayyanlashuvi. UMIS va AHVOni farqli
belgilari asosida quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
12
1-jadval
UMIS
AHVO
Moddiylikdan
xoli
Moddiylikka ega
Takrorlanuvchan
Betakror
Cheklangan
Cheksiz
va h.
Buni quyidagicha sharhlash mumkin:
1. «Umuman o‘rik» UMIS sifatida ong orqali idrok etiladi. U o‘zida yakka,
alohida o‘riklarning barcha umumiy belgilarini mujassamlashtirib, farqli jihatini
chetda qoldiradi. Masalan, bir o‘rik daraxti erta, ikkinchisi esa kech pishadi,
uchinchisi achchiq danakli, to‘rtinchisi esa kam hosillidir. Bu farqli jihatlar «o‘rik»
UMISida aks etmaydi. Ular AHVOlarda namoyon bo‘ladi. AHVO moddiy tarzda
bo‘lib, sezgi uzvlariga ta’sir qiladi.
2. «Umuman o‘rik» UMISi har bir o‘rik AHVOsida takrorlanadi. Borliqda
qancha AHVO bo‘lsa ham, har birida UMIS o‘zining bir qirrasini namoyon
qilaveradi. Lekin AHVO sifatidagi muayyan o‘riklar takrorlanmaydi. Кesilgan bir
o‘rikni qayta ekishning iloji yo‘q. Ammo qancha o‘rik kesilgani-yu ekilgani bilan
umuman o‘rik
UMISi o‘zgarmasdan turaveradi. UMIS barqaror, AHVO
o‘tkinchidir.
3. UMIS sifatida «umuman o‘rik» bitta. Ammo o‘rik AHVOlari cheksiz. Shu
kungacha mavjud bo‘lgan va kelajakda ekib, o‘stiriladigan o‘riklar sonini tasavvur
qilib bo‘lmaydi. Ammo UMIS bittaligicha turaveradi.
UMIS va AHVO munosabati falsafada substansiya va aksidensiya, tasavvufda
zot
va
tajalli
sifatida qaraladi.
Xo‘sh, falsafiy UMIS va AHVO til hodisalariga nisbatan qanday tatbiq
etiladi?
Qalin, qora, katta
so‘zlaridagi
a
tovushlarini talaffuz qilaylik. Sezgilarimiz 6
ta
a
unli tovushni his qiladi. Bundagi birorta
a
tovushini qayta talaffuz qilib
13
bo‘lmaydi. Qayta aytilgani esa endi yettinchi
a
tovushi bo‘ladi. Talaffuz qilingan
a
tovushini (boshqa tovushlarni ham) qayta talaffuz qilish mumkin emas va har bir
qayta aytilgan tovush yangi ekan, demak, nutqimizdagi
a
tovushlari cheksiz bo‘lib,
hech qachon takrorlanmaydi va sezgi a’zolari yordamida his qilinadi (aytilganda
eshitiladi, yozilganda o‘qiladi). “
a”
tovushi AHVO bo‘lib, u yuqorida zikr etilgan
«alohida o‘rik»ka monand.
AHVOlar qanchalik ko‘p, rang-barang bo‘lishiga qaramay, ongimizda
ularning umumlashmasi sifatidagi yakka
a
UMISi bor. Bu
a
yuqorida aytilgan
«umuman o‘rik» kabi moddiylikka ega emaslik (ongda psixofizik holatda
mavjudlik), barcha
a
AHVOlarida takrorlanuvchanlik, miqdoran cheklilik (ya’ni
bittalik) xossalariga ega.
Fonetik AHVO
tovush
va fonologik UMIS
fonema
deb yuritiladi.
Falsafiy UMIS va AHVOning leksikada voqelanishiga diqqat qilamiz.
Misollar:
Men kitob o‘qishni boshladim. Bu kitobni Halim nega keltirdi? Кitob
qiziqarliligi bilan meni tezda o‘ziga rom qildi
gaplarida uchta
kitob
so‘zi mavjud.
Bu so‘zning ham har biri «muayyan o‘rik», «muayyan
a
tovushi» kabi moddiy
voqelanganlik, takrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana cheksiz davom
ettirish mumkin bo‘lganligi sababli miqdoran cheklanmaganlik kabi AHVOlarning
barchasiga xos belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Cheksiz
kitob
so‘zlarining
zamirida esa «umuman kitob» UMISi yashiringan. U nutqqa chiqadigan barcha
kitob
so‘zlari uchun doimiy asos sifatida yashaydi. Chunki ikkinchi
kitob
so‘zi
birinchisining takrori emas. U – yangi so‘z. Uchinchisi va qolgan barcha so‘zlar
uchun shunday fikrni aytish mumkin.
Shuningdek, morfologiyada
-ni
tushum kelishigi shaklining turli nutqiy
qo‘llanishlari morfologik AHVOlar bo‘lib, bu qo‘shimchalar ongdagi
-ni
UMISi
(morfemasi) asosida voqelangan.
Sintaksisda UMIS va AHVO munosabati quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi.
Masalan,
Кitob
ning
varag‘i
14
Uy
Do'stlaringiz bilan baham: |