Til ijtimoiy hodisa. Fonetika


-§. Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/59
Sana31.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#198348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59
Bog'liq
1-MA'RUZA Ona tili

 

7-§. Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari 

 

Tilning  tuzilishi.  Yer  yuzidagi  har  qanday  til  tuzilish  jihatidan  quyidagi  tarkibiy 

qismlardan iborat bo‗ladi:  




1. Tovushlar tizimi. 

2. Lug‗at tarkibi.    

3. Grammatik qurilishi. 

Dastlab  til  og‗zaki  shaklda  paydo  bo‗lgan  va  bu  tilning  asosini  nutq  tovushlari 

tashkil  etgan.  Har  qanday  tilda  muayyan  miqdordagi  nutq  tovushlari  mavjud 

bo‗lib,  bu  shu  tilning  tovush  tizimini  tashkil  etadi.  Shu  tovushlarning  turlicha 

birikishi  orqali  so‗zlar  hosil  bo‗ladi.  Masalan,  hozirgi  o‗zbek  tilida  30  ta  nutq 

tovushi  bor. Shulardan a, d, m, o  tovushlarining turlicha  joylashtirilishi  natijasida 



odam, omad, moda kabi so‗zlarni hosil qilish mumkin.  

Har  qanday  tilda  mavjud  bo‗lgan  so‗zlar  yig‗indisi  shu  tilning  lug‘at  tarkibi 

(ayrim  darsliklarda  leksika)  deb  yuritiliadi.  Lug‗at  tarkibi  bir  tilni  boshqa  tildan 

farqlantiradi. Leksika muayyan til paydo bo‗lgan paytdan boshlab shu tilning egasi 

bo‗lmish  xalq  tomonidan  boyitib  borilishi  lozim,  aks  holda  bu  til  iste‘moldan 

chiqib, o‗lik tilga aylanadi.  

Lug‗at  tarkibidagi  so‗zlar  tarixiy  jihatdan  aynan  shu  tilga  tegishli  bo‗lmasligi 

mumkin,  lekin  bu  so‗zlar  shu  tilda  so‗zlashuvchi  odamlar  uchun  o‗zaro  muloqot 

vositasi  bo‗lib  kela  olsa,  ular  mazkur  tilning  lug‗at  tarkibiga  mansub  bo‗ladi. 

Masalan, kitob, maktab, a‟lo   so‗zlari aslan arabcha  bo‗lib, o‗zbek tiliga taxminan 

VII-VIII asrlarda kirib kelgan. Hozirgi paytda bu so‗zlar o‗zbek millatiga mansub 

barcha odamlar uchun tushunarli va  ular shu insonlar tomonidan o‗zbekcha so‗zlar 

sifatida qabul qilinadi. Hatto bu so‗zlar asosida kitobxon, maktabdosh, a‟lochi kabi 

yangi so‗zlar ham yasalgan. 

Tovushlar  tizimi  va  leksikaning  mavjudligi  tilning  muloqot  vositasi  darajasiga 

ko‗tarilishi uchun yetarli emas.  Buning uchun so‗zlar o‗zaro birikib so‗z birikmasi 

va  gaplar  hosil  qilinishi  lozim.  Buni  esa  tilning  grammatik  qurilishi  belgilaydi. 

Demak, muayyan tilga mansub bo‗lgan so‗z, so‗z birikmasi va gaplarning qurilishi 

shu tilning grammatik  qurilishi deb yuritiladi. ”Bizning fakultetimizda talabalar 

ko„p        to„garaklarga qatnashadilar”  gapini olib ko‗raylik. Avvalo, so‗zlarning 

qurilishini  tekshiramiz:  Biz-ning  fakultet-imiz-da  talaba-lar  ko„p  to„garak-lar-ga 



qatnash-a-di-lar”. Ko‗rinyaptiki, ko„p so‗zidan boshqa barcha so‗zlar turli ma‘noli 

qismlarga  ajraladi.  Endi  so‗z  birikmalarining  qurilishini  tekshiramiz:  Bizning 



fakultetimizda,  fakultetimizda qatnashadilar, ko„p to„garaklarga,   to„garaklarga 

qatnashadilar.  Va,  nihoyat,  gap  qurilishini  tekshiramiz:  ”Bizning  (aniqlovchi) 

fakultetimizda  (hol)  talabalar  (ega)  ko„p  (aniqlovchi)  to„garaklarga  (hol) 

qatnashadilar (kesim).        Demak, tildagi har bir birlik o‗zining ichki qurilish 

qonuniyatlariga asosan tarkib topadi.  




Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish