«Тикувчилик ишлаб чи=иш» йыналиши быйича ы=ув амалиёти


-rasm. Kashtalarning ko’rinishi



Download 1,01 Mb.
bet2/7
Sana05.04.2022
Hajmi1,01 Mb.
#530084
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Т - 17. Kashta tikish

1-rasm. Kashtalarning ko’rinishi.
Oddiy bezaklarni tayyor kiyimga tikish mumkin. Bunda gazlama tagiga qattiq qog’oz yoki taxtacha qo’yib, ustiga kashta gulini ko’chiriladi.
VIII. KERAKLI O’QUV-JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR

  • stol, stul;

  • tikilgan namunalar;

  • sidirg’a gazlama 50x80;



Bitta o’quvchi uchun:

  • igna, angishovna, qaychi, sm.lenta, o’tkir uchli dukcha, kergi, popiros qog’ozi, nusxalama qog’oz, tikilgan namunalar, texnologik xarita.

  • turli xildagi iplar to’plami;



IX. «KASHTA TIKISH» BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA.



Texnologiya asosida faoliyat turlari

Standart asosida operatsiyani
bajarish tartibi

Chizma


I

II

III

1. Igna oldinlatilgan chok.

Bir xil yiriklikdagi qator qaviqlar bo’lib, ularning orasi qaviqning o’ziga teng bo’ladi. Gazlamaning o’ng chetida 5 mm li qaviq bilan (gazlamaning 5-6 mm) ip puxtalanadi. Keyin ignani ikkinchi sanchiladigan nuqtaga sanchib, uni halqa bilan teskari tomonga tortib o’tkaziladi. Gazlamaning huddi shuncha ipini o’tkazib yuborib, igna gazlama o’ngiga chiqarib ikkinchi qaviq hosil qilinadi va h.k. Qaviqlarning yirikligi oq tekis chokda kashta gulining konturi 1 dan 2 mm gacha, sanama kontur choklarni tikishda 3-4 mm, shunday chok bilan tikiladigan kashta gulda 6-8 mm, qaviqlar oralig’i esa 2 mm bo’ladi. Bu chokni gazlamadan sug’irilgan ip izidan va rasm bo’ylab tikish, igna oldinlatilgan chok qaviqlari 2 va undan ko’p qator bo’lishi mumkin. Chou tushirayotganda ip buralib ketmasligiga, qaviqlar hurpayib chiqishiga ahamiyat berish kerak.





2. Qaytma chok.

Bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo’ladi. Ignani o’ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligidagi, masalan gazlamaning 4 ta ipi kengligidagi oraliq hosil bo’ladi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o’ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joyidagi nuqtaga igna sanchiladida, uni 2 chi qaviqdan gazlamaning 4 ipi kenglikda chaproqda gazlama o’ngga chiqariladi. Shunday qilib, teskari tomondagi qaviq, o’ng tomondagi qaviqqa qaraganda 2 barobar yirik bo’ladi. 3 chi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda ularning o’zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi.




3. Suv chok.

Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlardan iborat bo’ladi. Bu chokni o’ngga tomon yoki o’zidan oldinga qaratib yo’naltirib tikish mumkin. Gazlamaga o’zidan oldinga qaratib birinchi qaviq tushirgandan keyin gazlama teskarisidan ipli ignani o’ziga qaratib o’tkaziladi-da, dastlabki qaviq o’rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Qaviq ipni tortib, o’zi tomon yotqiziladi, chap qo’lning bosh barmog’i bilan gazlamaga bosib turiladi. Ikkinchi qaviqni tushirishda, ignani birinchi qaviqdan yuqoriga sanchib, ikkinchi qaviq o’rtasining chap tomonidan chiqarib olinadi. Shunday qilib, qaviqlarni o’zidan oldinga qaratib yotqizib, ignani o’zi tomon yo’naltirib chok solinadi. Bunda har bir yangi qaviq o’zidan oldingi qaviqdan yarim qaviq oldinga o’tadi.


Suv chokni tikayotganda ip doim bir tomonda-chapda yoki o’ngda bo’lishi kerak. Tikayotganda ip yo’nalishini o’zgartirib bo’lmaydi, chunki unda chok strukturasi buzilib qoladi. Ba’zan kashta gulda ingichka novda -qalinlashib yo’g’on shoxchaga aylanadi. Uni, gazlama o’ngiga ignani oldingi qaviqning o’rtasidan pastroqdan chiqarib, yirikroq qaviq bilan tikish mumkin.



4. Chilvir chok.

Oldin to’g’ri chiziq bo’ylab yoki kashta gulining konturi bo’ylab ignada oldinlatilgan chok bilan qaviqlar tushiriladi. Keyin gazlamani ilmay har bir qaviq tagidan ipli (ko’pincha boshqa rangdagi ipli) igna yuqoridan pastga tomon o’tkaziladi. Agar ipli ignani qaviqlar tagidan navbatma-navbat yuqoridan pastga va pastdan yuqoriga o’tkazilsa, yana bir xil chilvir chok hosil bo’ladi.



5. Iroqsi-mon chok.

Gazlamadan sug’irib chiqarilgan ikkita ip yuzi bo’ylab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulning motividan tikiladi. Chokning tekis yo’li katta murakkab kashtalarni tikishda qo’shimcha chok sifatida, shuningdek, gazlama bo’laklarining ulangan chokini yashirish uchun tikiladi. Bunda kashta gulning goh bu tomoniga navbatma-navbat igna sanchib, qaviqlar chapdan o’ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig’i bir xil bo’lishi kerak. Yo’lning o’rtasi bo’ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qaviq oldingi qaviq ustiga tushadi.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish