Tikuv 1-123 (2013). P65



Download 28,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/142
Sana19.06.2023
Hajmi28,89 Mb.
#952326
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   142
Bog'liq
Олимов. Тик жихозлари (1)

3.8. ÒIKUV MASHINALARIDA
ISHLAÒILADIGAN MOSLAMALAR
Òikuv mashinalarining mos-
lamalari mehnat unumdorligini
oshirishga, buyumlarga ishlov
berish sifatini yaxshilashga im-
kon beradi. Hozirgi zamon tikuv mashinalari tikilayotgan buyumlar
tannarxini kamaytirishga, tikuvchilarga ish o‘rgatish vaqtini qisqar-
tirishga yordam beradigan moslamalar bilan ta’minlangan.
Òikuvchilik sanoatida ið qirqish qurilmalari, tikilgan buyumlarni
qatlam qilib taxlash qurilmalari, baxyaqator berilgan kontur bo‘ylab
aniq yuritilishiga yordam beradigan shablonlar va hokazo tobora
ko‘ð ishlatilmoqda. Òikiladigan detallarni igna tagiga uzatib berishga
mo‘ljallangan moslamalar takomillashtirilmoqda. Konturlari siniq
chiziq ko‘rinishidagi detallarga moslamalar yordamida ishlov berish
imkonini beradigan usullar ishlab chiqilgan. Ko‘ð moslamalarning
ko‘chma elementlari, ba’zilarining mustaqil yuritmasi bor.
61-a rasm. 
8630 yarim-
avtomatida ustki ipni taqish.
10
11
9
8
7
6
5
4
3
2
1
61-b rasm. 
8630 yarim-
avtomatida ostki ipni taqish.
9
8
3
2
1
4
5 6 7


110
«Durkoðð-Adler» va «Pfaff» firmalarida ishlab chiqariladigan
ðarallel moki baxyali tikuv mashinalariga o‘rnatiladigan moslamalar-
ning bir necha turlari 6-jadvalda keltirilgan. Bu moslamalar asosan
materiallarni bukib tikishda ishlatiladi. Òikuvchilik sanoatida lineyka
va teðkilar kabi moslamalar keng qo‘llaniladi.
Ikki uchli surilib ochiladigan lineykalar material qirqimlariga
ðarallel baxyaqator yuritish yoki bort, yoqa, manjet va belbog‘larga
ikkita ðarallel baxyaqator yuritib tikish uchun mo‘ljallangan.
Moslamada qo‘zg‘almas lineyka vint yordamida mashina ðlatfor-
masiga mahkamlanadi va ochiladigan lineykaga biriktiriladi.
Ikkita ko‘tariladigan yo‘naltiruvchi lineykali teðki zich mate-
riallardan tayyorlanadigan ust kiyim va yengil kiyim choklarini
bostirib tikishda ishlatiladi.
Bu moslama bosish teðkisidan yuqoriroqda teðki sterjeniga vint
yordamida mahkamlanadi. Moslamaning yon tomon yuzalaridagi
chuqurchalarga ikkita yo‘naltiruvchi lineykalar o‘rnatilgan.
Har bir baxyaqator yuritilib bo‘lgandan keyin tikilayotgan ma-
terial qaysi tomonga surilishiga qarab yo‘naltiruvchi lineykalardan
galma-gal foydalanish mumkin.
Shnur qo‘yib tikishga mo‘ljallangan teðkilar ayollar va qiz bo-
lalarning buyumlarini bezashda ishlatiladi. Bunday ishlar bajarila-
yotganda shnur materialga qo‘shib tikilmasligi lozim. Shu sababdan
igna shnurni ilib o‘tmasligi uchun shnurni yo‘naltirib turadigan
chuqurcha ignaning harakat chizig‘idan ma’lum oraliqda bo‘ladi.
Òikuvchi materialni qo‘lda bukib, hosil bo‘lgan ziy ichiga shnurni
yo‘naltirib turadi.
Uqa yoki tasma qo‘yib tikishga mo‘ljallangan teðkilar esa ust
kiyimlarda bort chetiga uqa qo‘yib tikishda hamda ayollar, bolalar
ko‘ylaklariga va boshqa buyumlarga bezak tasma qo‘yib tikishda
ishlatiladi.
Buklagich teðkilar ich kiyim, erkaklar, o‘g‘il bolalar ko‘ylak-
larini va maxsus kiyimlarning qirqimlarini bukib choklash va bos-
tirib choklashda ichki chok bilan tikishga mo‘ljallangan.
Qirqimlarni ichki chok bilan tikish uchun detallarni ostki de-
talning qirqimi ustki detal qirqimidan chok kengligi bilan ishlov
joyining kengligiga teng miqdorda chiqib turadigan qilib taxlanadi.
Shunday taxlangan materiallarni buklagich teðkiga kiritiladi, bunda
ostki detalning bukilgan qirqimi teðkining chað uchidan o‘tib,
teðkining tagiga kirishi kerak.
Chokni bostirib tikishda tikilgan detal yozib yuboriladi-da,
chokni chað tomonga bukib, buklagich teðki tagiga joylanadi.


111
Kiyim detallarini
birlashtirishga
mo‘ljallangan
moslama 
Sport kiyimlari,
ko‘ylaklar. Ustki
materiallar. Yengil
trikotaj
materiallari
Imitatsion ishlar
uchun moslama
Sport kiyimlari,
ko‘ylaklar. Ustki
materiallar. Ip
gazlamalar
Materiallar chap
tarafdan uzatilganda
detallarni tikish
mashinalari
Shim, o‘rta va
og‘ir materiallar
Tasmalarga ishlov
beruvchi moslama
Ayollar kastumi.
Ayollar ko‘ylagi.
Yengil materiallar
Moslama
Moslamada
bajariladigan
texnologik jarayon
Tikuv buyumlari
va materiallari
1
2
3
4
Trikotaj mate-
riallari chetlarini
bukib tikuvchi
moslama
A – ignalar
orasidagi masofa
B – baxyaqator-
lar eni
Yengil trikotaj
materiallari
Detallarni bir
vaqtda bukib,
birlashtirib tikishga
mo‘ljallangan
moslama
Sport kiyimlari,
ayollar kiyimi,
ko‘ylaklar
Tasmalarni bukib
tikishga
mo‘ljallangan
moslama
O‘rta og‘irlikli
trikotaj materiallar.
200 mm enli
tasmalar
6-jadval
Sumkalar uchun
tasmalar
Tasmalarga ishlov
beruvchi moslama
Materiallar o‘ng
tarafdan uzatilganda
detallarni tikish
mashinalari
Ishchi kiyimlar,
o‘rta va og‘ir
materiallar


112
Ich kiyim tikishda buklagich teðki chokning kengligi 0,5 – 0,6
sm bo‘lganda, maxsus kiyimlar tikishda esa chokning kengligi
0,6 – 0,8 sm bo‘lganda ishlatiladi.
Burma hosil qiladigan teðkilar ayollar va qiz bolalar ko‘y-
laklarini bezashda ishlatiladi.Òeðki bikr qilib ishlangan bo‘lib, uning
qisqa qilib ishlangan tagining chað tomonida gorizontal kesigi bor.
Bunday teðkilar gazlamani bir tekisda burib, buyumni bezashda
va ostki qavatni bir yo‘la burib ikki qavat materialni bir-biriga
qo‘shib tikishda ishlatilishi mumkin.
Shakllantiruvchi yo‘naltirgichlar iðak va ið gazlamalardan ti-
kiladigan detallar yoki buyumlar qirqimlarini ochiq yoki yoðiq
bukib tikishga mo‘ljallangan. Shakllantiruvchi yo‘naltirgich mashina
ðlatformasiga mahkamlanadi. Uning chig‘anoqsimon buklagichi
gazlamaning bukilgan ziyini igna sanchiladigan markazdan
1 – 1,5 mm chaðroqqa o‘tkazib turadigan qilib teðkidan oldinga
o‘rnatilgan. Shakllantiruvchi yo‘naltirgichni ishlatishda gazlama
qirqimini buklagichning sðirali ichiga to‘ldirib kiritiladi-da, igna
tagiga yo‘naltiriladi.
Mag‘izlagich lineykalar kiyim ilgaklari va shunga o‘xshash de-
tallarning chetiga mag‘iz qo‘yib tikishda ishlatiladi. Mag‘izlagich
lineyka teðki oldida mashina ðlatformasiga mahkamlanadi. Bir-biri
ustiga joylashgan ikkita sðirali bor kronshteyndan iborat ustki va
ostki sðirallar orasidagi tirqishsimon o‘yiqqa buyum detallarining
qirqimi kiritiladi.
Òikuv mashinalarida ishlatiladigan oddiygina moslamalarni ko‘rib
chiqib, moslamalarni ishlab chiqishga va joriy etishga maxsus tikuv
mashinalari ishlab chiqarishga nisbatan ancha kam vaqt ketadi,
degan xulosaga kelish mumkin. Bundan tashqari, moslamalarni ish-
latish yoki ishlatmaslik holatiga o‘tkazish mumkinligi oddiy tikuv
mashinasini maxsus mashina sifatida ishlatish imkonini beradi.
Ushbu moslamalar ið gazlamadan erkaklar shimi, maxsus ish
kiyimlari, ayollar ko‘ylagi va o‘quvchilar maktab kiyimlarini tikishga
ixtisoslashgan korxonalarda qo‘llanilganda yaxshi natijalarga eri-
shish mumkin. Ilmiy tadqiqot institutlarining ma’lumotlariga ko‘ra,
bunday korxonalarda ko‘ðchilik texnologik jarayonlar tegishli
moslamalar bilan komðleks jihozlansa, mehnat unumdorligi 20–30
foizga oshadi.


113

Download 28,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish