Tiklanish va dam olish jarayonlari samarasini oshirish vositalari
Mashq va musobaqa sharoitlarida sportchi og’ir ishlarni boshdan kechiradi. Ayniqsa bu hol sportchida yuqori natijalarga erishishda sodir bo’ladi. Sportda yuqori darajadagi natijalarga erishish uchun tiklanish jarayonlarini tezlashtirish borgan sari muxim axamiyat kasb etmoqda. Mashq va musobaqadagi ishlar tezligi va ular hajmining ortib borishi, sportchidagi psixologik holatining, ayniqsa musobaqa davrida zo’rayishi sportchilarni tayyorlashda turli tibbiy-biologik choralar qo’llashni taqazo etadi.
SHiddatli mashq va musobaqa ishlaridan keyin organizmning energiya sarfini tiklamay turib jismoniy mashqni va ish qobiliyatni oshirib bo’lmaydi. Pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik usullarni o’zida mujassamlashtirgan tiklanish vositalari sistemasini to’g’ri qo’llash mashq jarayonlarini tezlashtirish va natijalarini oshirish imqonini beradi.
Tiklanishni tezlashtiradigan choralardan biri-aktiv dam olish birinchi marta I.M.Sechenov tomonidan 1903 yili aniqlangan bo’lib, o’rtacha charchashdan keyin uni qo’llash yaxshi natija beradi. I.M.Sechenov ergografiyasi (mushaklar faoliyatini yozib oluvchi asbob) bir qulning barmog’i bilan to charchaguncha yuk ko’tarish ishini bajargandan keyin, tinch o’tirib dam olmasdan, ikkinchi qo’l bilan Usha ishni bajaradi. Bunda charchagan birinchi qo’lning ish qobiliyatining tiklanishi passiv dam olishdagiga nisbatan tezroq sodir bo’ladi. SHunday qilib, olish davrlari muddatini daqiqalarda ifodalaydi. YOzuv o’ngdan chapga yo’nalgan.
I.M.Sechenov aktiv dam olish passiv dam olishga nisbatan charchoqni tezroq yo’qotishini ko’rsatadi. Aktiv dam olishning mexanizmi ishlayotgan qo’l mushaklari markazidagi tormozlanishni kuchaytirishdan iborat bo’lib, u asab xujayralarining ish qobiliyatini ishdan oldingi holatga qaytishini tezlashtiradi. Bunday markazlararo nisbatlar odatlanilgan ishlarni bajarishga tayyorlangan kishilarda namayon bo’ladi. Agar bajariladigan ish odatdagidan tashkari bo’lsa va kishi unga tayyorlanmagan bo’lsa, unday holatlarda aktiv dam olish ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi, chunki bunday sharoitlarda qo’zg’olish ishlayotgan markazlarda tarqaladi.
Aktiv dam olish ta’siri kishining yoshiga xam bog’liq bo’ladi. Kattalarga nisbatan yoshlarda aktiv dam olish yaxshi natija beradi, ya’ni charchatarli mushak ishidan keyin ish qobiliyatining tiklanishi, yoshlarda ko’pchilik holatda ijobiy bo’ladi. Qariyalarda esa, aksincha, charchatarli ishlardan keyin aktiv dam olish ularga salbiy ta’sir etish mumkin. Shuning uchun aktiv dam olishni qo’llashda sharoitni hisobga olish zarur. Qator holatlarda, ayniqsa qattiq charchatarli kuchlanishlaridan keyingi passiv dam olish o’rniga aktiv dam olishni qullashdan cheklanish kerak. amaliyotida aktiv dam olishni qo’llash bo’yicha ancha ma’lumotlar to’plangan. (Krestovnikov). Masalan, shtangachilar oyoq mashqlari bajarganda qo’l kuchining ko’payishi, bir qo’l bilan ishlashni, ikkinchi qo’l bilan almashtirganda: birinchiqulning dam olish tezlashishi, futbolda o’yinning birinchi taymidan keyin 6-8 minut davomida gavdaning elka kamarini harakatlantiruvchi mashqlar bilan shug’ullanish gavdaning elka kamarini harakatlantiruvchi mashqlar bilan shug’ullanish organizmning funktsional holatini yaxshilaydi xamda mushak kuchi va tomir urishining tiklanishiga sharoit yaratadi (Narikashvilli). Aktiv dam olishni qullash shiddatli mashq qilish va musobaqa davrlarida va musobaqalar mavsumi orasidagi davrda xam yaxshi natija beradi.
Xuddi shunga o’xshash aqliy mehnat ta’sirida charchash yuzaga kelganida o’yinlari (voleybol, qo’l to’pi, basketbol kabi jismoniy mashqlar) bilan shug’ullanish ish qobiliyatini tiklanishiga olib keladi. Bunday aktiv dam olish mexanizmi xuddi I.M.Sechenov ko’rsatgan aktiv dam olishdagiga o’xshash bo’ladi.
SHuni unutmaslik kerakki, aktiv dam olish faqat o’ratacha charchashdan keyin o’ta effektli bo’ladi.
Ish kobiliyatini tiklanishi tezlashtiruvchi omildan suv muolajalari (dush, vanna va xakozo) teridagi retseptorlarni ta’sirlash bilan markaziy asab sistemasiga efferent impulslar borishini yuzaga keltiradi. Bu impulslar tegishli asab xujayralarini qo’zg’otish bilan markaziy asab sistemasini optimal darajada qo’zg’olishni ta’minlaydi.
Kimyoviy tarkibi har xil ulgan vannalar ayrim organlar ishiga ta’sir Ko’rsatadi. Masalan, karbonad vannalar yurak-tomir ishini, oltingugurtli, rodonli vannalar asab mushak apparati ishini yaxshilaydi. Vannalarni oxirgi mashqdan keyin haftasiga 3-4 martadan ortiq bo’lmagan xolda kun ora qo’llash zarur.
Saunani haftasiga 1-2 martalab, oxirgi mashqdan 1, 5-2 soat keyin qo’llash tavsiya etiladi.
Jismoniy omillarni qo’llash yillik mashq tsikli davriga bog’liq. Masalan, tayyorlanish davrida umumiy ta’sir ko’rsatuvchi va agar, zarur bo’lsa, mahalliy ta’sir etadigan omillarni qo’llash mumkin. Musobaqa davrida charchagan mushaklarga umumiy emas, balki mahalliy ta’sir ko’rsatadigan vannalarni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi, shu bilan birga., har xil dush turlarini tavsiya etish mumkin.
Suv muolajalarini qo’llashda eng muximi, suvharoratiga alohida e’tibor berish kerak. Qo’zg’otuvchi ta’sir ko’rsatish uchun, ertalab mashqqacha va kunduzgi uyqudan keyin sovuq muolajalarni (330S dan past vannalar, 200 S dan past dush), issiq vannalar va dushlarni (37-380 S) esa, mashqdan keyin qo’llash lozim. Kuchli charchashchog’ida mashqdan keyin eng kamida 15-30 daqiqa o’tgach jismoniy omillarni qo’llash tavsiya etiladi.
Massajda xam xuddi suv muolajalariga o’xshash markaziy asab tizimiga qo’shimcha afferent impulslar boradi va markaziy asab sistemasida yangi markazlar qo’zg’olishni yuzaga keltiradi, natijada asab jarayonlarining nisbati, dinamikasi yaxshilanadi. Bu o’z navbatida., ish qobiliyatining tezroq tiklanishiga sabab bo’ladi.
Tiklanish jarayonlari natijasini oshiradigan aktiv dam olishga katta axamiyat berish bilan birga, passiv dam olishning axamiyatini xam unutmaslik kerak. Aktiv dam olishning tiklanishni kuchaytiruvchi ta’siri xamma vaqt xam yuzaga chiqavermaydi. Aktiv dam olish bilan bir qatorda passiv dam olish xam tiklanish jarayonlarining aktivatori bo’lib, uning ta’siri jismoniy chiniqqan kishilarda, to’g’ri tashkil etilgan mehnat va dam olishda kuchli darajada ortadi. Passiv dam olishning eng keng tarqalgan turiga uyqu kiradi. Hozirgi zamon tushunchasiga ko’ra uyqu bir xil holat emas. Bunda ikkita faza farqlanadi: sekin va tez. Bu fazalar tun davomida 4-5 marta almashadi. Uyquning sekin fazasi vaqtida nafas olish va yurak urishi sekinlashadi, qon bosimi pasayadi, ayniqsa miya, jigar, buyrak kabi organlarda qon okishi sekinlashadi, moddalar almashinuvi va tana harorati pasayadi, mushaklar ancha to’liq bUshashadi.
Uyquning tez fazasi harakat aktivligining ortishi bilan ifodalanadi. Bu fazada yurak urishi tezlashadi, arteriya qon bosimi ko’tariladi, nafas olish tezlashadi. Uyquning sekin va tez fazalarini almashinuvito’liq dam olishning muxim sharti bo’ladi. Uyquning buzilishi va qobiliyatiga salbiy ta’sir etadi. Choy, qahva yoki sharbat kabi ichimliklarni iste’mol qilish asab sistemasi va yurak-tomir kabi vegetativ organlar funktsiyasini kuchaytirishi va organizmning ichki muhitini qandaydir darajada yaxshilashi bilan ish qobiliyatining tiklanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.Kislorodga boy bo’lgan havo bilan nafas olish mushak ishi ta’sirida to’plangan kislorod qarzini yo’qotish, ichki muhit reaktsiyasini normallashtirish uchun muxim axamiyatga ega, bu jarayonlarning ancha tezlashishini ta’minlaydi.
Autogen mashq sportchini ma’lum so’zlar bilan ishontirish orkali markaziy asab sistemasi faoliyatini yaxshilashga qaratilgandir. Bunday yo’l bilan tiklanish jarayonlarini kuchaytirishda sportchining oliy asab faoliyati tipi muxim axamiyatga ega. Autogen mashq olib boruvchining so’zlariga e’tibor beruvchi kishilarda sezilarli darajada funktsiyalarning o’zgarishi yuzaga keladi. Masalan, gavdaning ma’lum qismlarini qon bilan ta’minlanishi o’zgaradi, mushaklarning bo’shashi kuchayadi va xakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |