Chaqaloq bolalar kiyimini tikish
Sana: _____________
Mavzu nomi: Chaqaloq bolalar kiyimini tikish
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy: O`quvchilarga chaqaloq bolalar kiyimini tikilish texnologiyasi , foydalaniladigan gazlama va bezak turlari haqida tushunchalar berish
Tarbiyaviy: Tanlab olingan gazlamadan chaqaloq bolalar kiyimini bichib olish va tikishga tayyorlash
Rivojlantiruvchi: Chaqaloq bolalar kiyimini tikish va oxirgi ishlovni berish.
Darsdan kutilayotgan natijalar: Mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.O’quvchilar o’z ustilarida ishlagan holda chiroyli ishlar bajarishlari.
2.O’z kamchiliklari ustida ishlash va o’zgalar fikrlarini tinglash bilan birgalikda ishlar bajarish.
Ta’lim metodlari: “Tushunchalar tahlili” “savol-javob” texnologiyasi “Musobaqa” va “BBB” kabi metodlar.
Baxolash metodlari: Og’zaki , savol-javob, bajargan ishlariga qarab, baholash mezonlaribo’yicha.
Axborot manbalari va texnik vositalari: Darslik, tayyor ishlardan namunalar, uslubiy tavsiyalar.
Dars turi: Amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut
Uyga vazifa: Keyingi dars uchun kerak bo’ladigan (gazlama, igna iplar)olib kelish, darsda ulgurmagan ishlarini uyda bajarib kelish.
Chaqaloqlar kiyimi yengil, qulay, havoni yaxshi o'tkazadigan, issiq tutadigan, gigroskopik bo'lishi kerak. Kiyim bolaning harakatlanishiga, erkin nafas olishiga, badanida qonning aylanishiga xalaqit bermaydigan bo'lishi kerak. Chaqaloqlar kiyimi mumkin qadar kamroq choklar solib tikilishi kerak. Chaqaloqlar ko'ylakchalarining oldi ochiq yoki kesimli bo'ladi, ularga tugmalar qadalmaydi, old bo'laklari bo'yin o'mizida tasmalar yoki lentalar bilan bog'lanadi. Bolalar kiyimlari uchun yengil, yumshoq, ochiq va yorqin rangli, yuvilishi va dazmollanishi oson bo'lgan gazlamalar tanlanadi.
Chaqaloqlar ko'ylakchasi va qalpoqchasi batist, surp, paxmoq, bumazeya kabi mayin gazlamalardan va paxta tolali trikotaj materiallardan tikiladi. Chaqaloqlar ko'ylakchasi va qalpoqchasini to'r, sutaj mag'iz kabi bezak elementlaridan foydalanib bezash mumkin, lekin shart emas, chunki kiyim yumshoq va bolaning nozik terisiga ziyon yetkazmaydigan bo'lgani ma'qul.
Chaqaloqlar ko'ylakchasini bichishda gazlamani o'ngini ichkarisiga qaratib to'rt buklab to'shaladi. Andaza o'rta chizig'i va yelka chiziqlarini gazlamaning buklovlariga to'g'rilab joylashtiriladi va faqat yon tomonidan chok haqi tashlab bichiladi. Qalpoqcha detallarini bichishda, gazlama ikki buklab to'shaladi, qalpoqcha old qismining o'rta chizig'i gazlamaning bukloviga to'g'rilab joylashtiriladi va old qirqimidan chok haqi tashlamasdan bichiladi. Orqa bo'lagini bichishda esa pastki qirqimi bo'yicha chok haqi tashlanmaydi.
Ko'ylakchaning yon qirqimlari 0,7—1,0 santimetr chok haqi bilan o'ng tomonidan biriktirib tikiladi va maxsus mashinada yoki qo'lda yo'rmalanadi, bo'yin o'mizi va yeng qirqimlari ham yo'rmalanadi.
Qalpoqcha old bo'lagining o'rtasini orqa bo'lakning o'rtasiga to'g'rilab joylashtiriladi (kertimlar bo'yicha), avval qo'lda, so'ngra mashinada o'ngi tomonidan biriktirib tikiladi va yo'rmalanadi. Old qirqimi maxsus mashinada yo'rmalanadi yoki mag'iz bilan ishlov beriladi, pastki qirqimiga ham mag'iz bilan ishlov beriladi va mag'izni uzunroq olib, ikki yonida bog'ich uchun qoldiriladi, mag'izning qirqimlarini ichkarisiga bukib, bostirib tikiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |