Tijorat yozishmalari
Bunday yozishmalar tashkilotlaming bitim (shartnoma)lar tuzish va ulami bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi iqtisodiy rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalab, o‘z yo‘nalishi, o‘zining huquqiy va iqtisodiy ahamiyatiga ega.
Xalqaro aloqalarda qabul qilingan tijorat xatlarining hozirgi shakli, uning yozilish odobi bundan 150 y il muqad- dam Angliyada yuzaga kelgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilishi bilan, o‘z-o‘zidan xalqaro ish yuritishda udum bo‘lgan hujj atlar, jumladan, tijorat yozishmalari ham yo‘lga qo‘yildi.
Xizmat xatlarining asosiy turlari - iltimos xat, minnatdor- lik xati, axborot xat, kafolat xati, ilova xat, inkor xati, tak- lif xat kabilar tijorat sohasida ham keng qo‘llanadi. Tijorat yozishmalarida shartnomaga o‘xshash hujj atlar - so‘rovnoma, taklif xat (oferta), buyurtma xat, aksept (shartnomaga rozilik xati), shuningdek, bank hujjatlari - schyot, faktura, avizo ham o‘ziga xos ko'rinishda keng ishlatiladi.
Tijorat xatlarining yozilish uslubi, gap qurilishi, so‘z birik- malari ko‘proq diplomatik hujjatlardagiga yaqin turadi. Ular mujmal, noaniq fikrdan xoli boTishi, izchil va tugal takliflami yoritishi, eng mühimi, iliq, iltifotli, samimiy ruhda bayon eti- lishi lozim.
Tijorat xati diplomatik xatlarga yaqin lisoniy qoliplarga, so‘z birikmalariga ega. Chunonchi, xatning murojaat qismida quyidagi e’zoz-hurmat so‘zlari ishlatiladi: «Janob...», «Mis- ter...», «Muhtaram...», «Xonim...», «Qadrli...», «Aziz...» va boshqalar.
Xatning xulosa qismi ham iltifotli so‘z va iboralar bilan yakunlanadi: «Sizga chuqur hurmat bilan...», «Kamoli ehti- rom ila...», «Eng ezgu tilaklar ila...» va h.k.
Tijorat xatlarining asosiy matnida quyidagi birikmalar ko‘p qo‘llanadi: «... bayon etilgan»', «... (sana) yozilgan xati- ngizni olib mamnun bo ‘idik»; «Bizning taklifimiz haqida Siz nima deysiz?»; «Siz bitim loyihasiga rozimisiz?»; «... bo ‘yicha Sizning iltimosingizni qo ‘llab-quvvatlaymiz»; «Ushbu maktub orqali Sizga minnatdorchilik izhor etmoqchiman»; «Buyurt- mangizni ko ‘rib chiqishga tayyormiz va Sizlar bilan hamkor- likqilishdan mamnunmiz»; «... kabi masalalar bo ‘yicha Sizlar bilan o ‘zaro fay dali iqtisodiy aloqa o ‘rnatmoqchi edik»; «Bu bizning istagimizga ham muvofiq keladi»; «Sizlarning dast- gohlaringizni olishdan manfaatdormiz, buyurtma berishni mo ‘Ijallayapmiz» va h.k.
Tijorat xatlari vazifasiga ko‘ra, asosan, 2 turga boTina- di: so‘rov - so‘rovga javob; oferta (taklif) - taklifga javob. Amaliyotda tijorat xatlarining da’vo (reklamatsiya) - da’voga javob shakli ham uchrab turadi.
Tijoriy xatlarning aynan shu turlari tomonlar o‘rtasidagi hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |