Tijorat banklarining tashkil etilishi, turlari, vazifalari va asosiy operatsiyalari



Download 48,46 Kb.
bet1/3
Sana03.04.2022
Hajmi48,46 Kb.
#527022
  1   2   3
Bog'liq
3-амалий машғулот


Tijorat banklarining tashkil etilishi, turlari, vazifalari va asosiy operatsiyalari
3.1.Bankni tashkil etish bosqichlari
Bozor munosabatlari shakllangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda bank tizimining asosini tijorat banklari tashkil etadi. Tijorat banklari iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi, mijozlarga turli-tuman bank xizmatlarini taqdim etuvchi o’z tavakkalchiligi asosida mustaqil ish ko’radigan kredit muassasi hisoblanadi. Ularning zimmasiga mamlakatda pul va kapital muomalasini amalga oshirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish vazifasi yuklatiladi.
Banklarning tashkil etilishi, ro’yxatga olinishi va faoliyati yuritishi, uni to’xtatilishi va tugatish O’zbekistonda amal qilayotgan "O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida"gi, "Banklar va bank faoliyati", «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar xuquqlarini himoyalash to’g’risida"gi Qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 25 maydagi 12/1-son “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinadi.
Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi ta’sis shartnomasi imzolanganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka tegishli shakldagi arizani quyidagilarni uch nusxada ilova qilgan holda taqdim etadi:
1) muassislar tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasini. Jismoniy shaxslarning imzosi va ta’sis shartnomasining nusxalari notarial idoralar tomonidan tasdiqlanadi;
2) bankni tashkil etish, ustav kapitalining miqdori, bank ustavini, tashkiliy tuzilmasini va biznes-rejasini tasdiqlash, bankning kuzatuv kengashini va boshqaruvi raisini saylash to’g’risidagi qarorni o’z ichiga olgan ta’sis yig’ilishining bayonnomasini. Bayonnoma nusxalari bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
3) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavini;
4) bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan muassislar ro’yxatini;
5) muassis bo’lgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini;
6) hal qiluvchi egalikka ega bo’lgan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to’g’risidagi axborotni. Hal qiluvchi egalikka ega bo’lgan shaxslar mavjud bo’lmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng ko’p ulushlarga ega bo’lgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar to’g’risidagi axborotni.
7) ariza beruvchining bankni tashkil etishda muassislarning manfaatlarini Markaziy bankda ifoda etish bo’yicha vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatni;
8) bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kiritilgan mablag’larning manbalari to’g’risidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni;
9) bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolarining tegishli talablarga muvofiqligini baholash uchun zarur bo’lgan axborotni;
10) bankning tashkiliy tuzilmasini;
11) bankning ichki audit xizmati to’g’risidagi nizom loyihasini;
12) bank faoliyatining strategiyasini, yo’nalishlarini, ko’lamini, moliyaviy istiqbollarini va boshqa ma’lumotlarni ko’zda tutuvchi bankning keyingi uch yilga mo’ljallangan biznes-rejasini;
13) keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim bo’lgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosati loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining nusxalarini;
14) arizani ko’rib chiqqanlik uchun yig’im to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni.
Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish to’g’risida qaror qabul qilish uchun yetarli bo’lmasa, Markaziy bank ariza beruvchidan qo’shimcha hujjatlar va axborot so’rashga haqli.

Download 48,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish