Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari


Fond birjasining asosiy vazifalari



Download 240,31 Kb.
bet7/18
Sana12.02.2022
Hajmi240,31 Kb.
#445131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalari fayllar

Fond birjasining asosiy vazifalari:
  • qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bo‘lishining zarur sharoitini ta’minlash;


  • qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talab va takliflar o‘rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya’ni bozor bahosini belgilash;


  • qimmatli qog‘ozlar va qimmatli qog‘ozlar bozori qatnashchilarini kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish;


  • muntazam ravishda narx aniqlanishiga, indeksatsiya o‘zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog‘ozlar, shartnomalarning miqdoriga va boshqa ko‘rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning holatini va uning rivojlanishiga doir taxminiy shartlarni e’lon qilish.



Hozirgi vaqtda, rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, duyoda 150 dan ortiq fond birjasi bo‘lib, ulardan o‘n ikkitasi eng yirik birja sifatida xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etadi.1 Bularga Nyu-York, London, Tokio, Frankfurt, Tayvan, Seul, Syurix, Parij, CHikago, Kuala-Lumpur, Gonkong, Istambul fond birjalaridir.
Xalqaro fond birjalarining infrato‘zilmasida yuzaga kelgan muhim o‘zgarishlardan biri birjalar o‘rtasida mijoz uchun raqobat kurashining kuchayganligi hisoblanadi. Uning isboti sifatida bozorning professional ishtirokchilari sonining tobora oshib borayotganligini ko‘rsatish mumkin.
XX asrning 80-yillarida Angliya SEAQ International yuzaga keladi.
Bu nafaqat ingliz korxonalarining aksiyalarini, balki ular bilan birga, boshqa evropalik emitentlar hamda amerikalik va yaponiyalik emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi qilish maqsadida tashkil etilgan dilerlik bozori hisoblanadi. Undan keiyn Bryusselda yuqori texnologiyali kompaniyalarning aksiyalarini oldi-sotdi qilish amalga oiriladigan Evropa savdo tizimi-ESDAQ yuzaga keladi.
XX asrning 90-yillarida muqobil savdo tizimlari- |INSTINET va TRADEPOINT yuzaga keladi. Bularning birinchisi litseziyali broker-diler bo‘lsa, ikkinchisi Angliyadagi litsenziyali investitsiya birjasi hisoblanadi.
90-yillarning ikkinchi yarimida elektron kommunikatsiya tarmog‘i-Elektronic communiction networks yuzaga keladi. Ushbu tizim AQSHning an’anaviy birja xizmatlaridan qoniqmasdan, investitsiya kompaniyalarining tashshabusi va ishtiroki bilan yuzaga keladi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqorida qayd etilgan professional ishtirokchilari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, provard natijada, ular o‘rtasidagi raqobat muhitini keskinlashuviga olib keladi. Buning natijasida ko‘satilayotgan xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarning kamayishi yuz beradi. Ular mijozlarga an’anaviy birjalar yopilgandan keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, investitsiyalar uchun turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarni sir tutilishi kafolatlaydi.
2000 yilning boshiga kelib §arbiy Evropadagi barcha yirik fond birjalari to‘liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‘z navbatida, savdo ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish imkonini beradi.
Bir qator mamlaktlarda fond birjalari o‘zlarining raqobat pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir joyda markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Parij, Amsterdam, Frankfurt, Xelsinki, Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bozorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni birlashtiradi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining infrato‘zilmasidagi ikkinchi jiddiy o‘zgarishlar birja ittifoqlarini to‘zish jarayonlarining boshlanganligi va tobora chuqurlashib borayotganligi hisoblanadi.
Birja ittifoqlarini to‘zish yo‘lidagi dastlabki qadam 1997 yilda Benilyuks birjasining to‘zish orqali qo‘yildi. Ushbu birjani to‘zish to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi bir vaqtning o‘zida uchta birjaga kross-a’zolik huquqini ta’minladi. Hamkorlik hosila instrumentlari bozorlariga (forvard, fyuchers, opsion bozorlari), kliring va hisob-kitoblar jarayoniga ham tarqaldi.
Ayni vaqtda, AQSHning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ global ahamiyatiga ega bo‘lgan xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga aylanib bormoqda. U amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida e’tirof etiloqda.

Download 240,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish