Bog'liq TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016 2
tashqari aylanishi zamirida pul mablag‘larini jamg‘arishga nisbatan e’tibor
darajasining yetarli emasligi kabi qator holatlar bilan izohlanadi. Shu sababli, bank
tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning banklar likvidliligi va daromadliligiga
erishishini ta’minlashga yo‘naltirish dolzarb ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan
holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, valyutani tartibga solishda
zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va
barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini
oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli
investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini
kreditlashni
yanada
kengaytirish
bilan
bog‘liq
qator
chora-tadbirlarning
belgilangalinishi[1], shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12
maydagi
PF-5992-son
“2020–2025
yillarga
mo‘ljallangan
O‘zbekiston
Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida
banklarning depozit operatsiyalarini transformatsiya qilishga doir vazifalar tadqiqot
ishining dolzarbligini asoslashga xizmat qiladi[15].
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Tijorat banklarini depozit siyosati va ularga ta’sir etuvchi omillar xorijlik
iqtisodchi olimlardan J.S.Muyanja tadqiqotlarida atroflicha o‘rgaligan bo‘lib,
tadqiqot jarayonida mamlakat tijorat banklari depozit siyosatini muvofiqlashtirishda
depozitlarni sug'urtalash va moliyaviy vositachilik: tizimini tashkil etish, bu borada
depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi faoliyatini tashkil etish jarayonlari tadqiq
etilgan[2]. A.Eisdorfer tomonidan amalga oshiriladigan tadqiqotlarda tijorat banklari
depozit siyosatini amalga oshirishda aktivlarni almashtirish masalasi yuqori xavf
darajasini optimallashtirish imkoniyatini shakllantiruvchi omil sifatida qayd etiladi.
Shuningdek, depozit siyosatida risk darajasini tahlil qilishda qat'iy tavakkalchilik
natijasida kapital xavfi ko‘tarilishi bilan bog’liq omilli jarayonlar tadqiqi o‘z ifodasini
topgan[3].
MDH iqtisodchi olimlaridan L.G.Batrakova tadqiqotlari orqali tijorat banklari
passiv siyosatida sodda va murakkab foizlardan foydalanish hamda ularning
ekvivalentligi tahlilini amalga oshirish bilan bog’liq jarayonlar tadqiq etiladi. Depozit
siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi xavfining mohiyati, baholanishi,
boshqarilishi va sug‘urtasiga doir chora-tadbirlar tizimini tashkil etish jarayoni tadqiq
ko‘rsatilgan[4].
А.P.Vojjov banklar tomonidan to‘plangan depozitlar yig‘indisini ularni
aktivlarga joylashtirish talablariga moslashtirishning mohiyati va usullari hamda
uning muvozanatini saqlagan holda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tartibga solish uchun
bank resurslarini konvertatsiya qilish qonuniyatlaridan foydalanish imkoniyatlarini
yoritib bergan[5]. S.V.Rikov esa zamonaviy bozor sharoitida jismoniy va yuridik
shaxslarning bo‘sh mablag‘larini depozitlarga jalb qilish va depozit resurslarining
maqbul hajmini tijorat banklari tomonidan faol va passiv operatsiyalarni samarali