Zaxiralarning yetarliligi davriy ravishda kamida oyiga bir marotaba tahlil qilinishi, zarur hollarda, qo‘shimcha zaxiralar yaratilishi lozim.
Bunda tijorat banklari zaxiralarni shakllantirish va ular bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini dasturlashgan holda amalga oshirishlari lozim.
Bank aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash zaxirasi shu aktiv valyutasida shakllantirilishi lozim.
Aktiv sifati “umidsiz” deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan chiqarilishi kerak.