Yangi hisobvaraqlar rejasidan amaliyotda foydalanish tartibi.
Yangi hisobvaraqlar rejasi yuqorida ko’rib chiqqanimizdek, oltita qism va to’qqizta bo’limdan iborat. Тavsiya etilayotgan hisobvaraqlar soni juda ko’p bo’lgani bilan, bu holat bizning fikrimizcha, ulardan foydalanishni aslo qiyinlashtirmaydi. Gap shundaki, hisobvaraqlarning ketma ketligi buxgalteriya hisobining kontseptual asoslarida ko’zda tutilgan yettida moliyaviy hisobot elementlarining joylashish ketma-ketligiga mos ravishda belgilangan. Ushbu fikrni isbotlash maqsadida hisobvaraqlar guruhlarini ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |