Tijorat banklarida xisob varaqalar rejasi va uning tarkibiy tuzilishi mavzusida


Yangi hisobvaraqlar rejasining tuzilishi



Download 82,58 Kb.
bet6/10
Sana27.03.2021
Hajmi82,58 Kb.
#62078
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
hisobvaraqlar haqida

Yangi hisobvaraqlar rejasining tuzilishi.

Qism va bo’limlar raqami

Qism va bo’limlar nomi

Hisobvaraqlar raqami

I qism

Uzoq muddatli aktivlar




1-bo’lim

Asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar

0110-0990

I I qism

Joriy aktivlar




2-bo’lim

Тovar-moddiy zahiralar

1010-2990

3-bo’lim

Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzayti-rilgan xarajatlarning joriy qismi

3110-3290

4-bo’lim

Olinadigan hisobvaraqalar joriy qismi

4010-4910

5-bo’lim

Pul mablag’lari, joriy investitsiyalar va bosh-qa joriy aktivlar

5010-5910

I I I qism

Majburiyatlar




6-bo’lim

Joriy majburiyatlar

6010-6990

7-bo’lim

Uzoq muddatli majburiyatlar

7010-7920

IV qism

Хususiy kapital




8-bo’lim

Kapital, foyda va zahiralar

8310-8910

V qism

Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi




9-bo’lim

Daromadlar va harajatlar

9010-9910

VI qism

Balansdan tashqari hisobvaraqlar

001-014

Korxonalar tavsiya etilayotgan bosh hisobvaraqlar rejasiga asosan o’z mab-lag’lari va ularning tashkil topish manbalarini to’liq tarzda hisobga olinishini ta’minlash uchun buxgalteriya hisobining o’z ishchi hisobvaraqlar rejasini tuzib chiqishlari lozim. Ishchi rejadagi hisobvaraqlar soni bosh hisobvaraqlar re-jasidagidan yo ko’p yoki kam bo’lishi mumkin. Lekin ular korxona biznesining xusu-siyatlarini hisobga olgan holda barcha ho’jalik muomalalarini batafsil hisobga olish imkonini berishi lozim


Yangi hisobvaraqlar rejasining xususiyatli tomonlari


Muomalaga kiritilayotgan yangi hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqishda respublikamiz mutaxasislari bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar tajribasidan keng foydalanib, ulardagi amaliyotda sinalgan va yaxshi natijalar bergan ustun tomonlarini milliy hisobvaraqlar rejasiga joylashtirishga hara-kat qildilar. Shunga ko’ra yangi hisobvaraqlar rejasining xususiyatli tomonlari to’g’risida fikr yuritamiz. Bunday xususiyatli tomonlar juda ko’p bo’lgani uchun, biz ularning muhimlarigagina to’xtalib o’tamiz. Jumladan:

1. Milliy hisobvaraqlar rejasida «sintetik» va «subhisobvaraq» degan tushunchalar mavjud emas. Korxonaning har bir turdagi aktivi, kapitali, majburiyati, daromad, xarajat va yakuniy moliyaviy natijalariga alohida hisobvaraqlar ochil-gan.

Masalan, korxonaga tegishli nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan: «patentlar, litsenziyalar va nou-xau»; «savdo markalari, tovar belgilari va sanoat nusxalari»; «dasturiy ta’minot»; «erdan va tabiiy resurslardan foydalanish xuquqi»; «tashkiliy harajatlar»; «franchayz»; «mualliflik xuquqi»; «gudvill»; «boshqa nomoddiy aktivlar»



2. Yangi hisobvaraqlar rejasining egiluvchanligi va moslashuvchanligining yuqoriligi. Hisobvaraqlar rejasida keltirilgan har bir hisobvaraqni to’rt xona sana-lishga egaligi, uni osonlikcha yangi sharoitga moslashtirish imkon berib, ularda ham subhisobvaraq, ham tahliliy hisobvaraq imkoniyatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratadi. Masalan, birinchi ikki raqam sintetik hisobvaraqni bildirsa, uchinchi raqam subhisobvaraqni va to’rtinchi raqam tahliliy ma’lumotlarni aks ettirish uchun qo’llanishi mumkin. Misol tariqasida uzoq muddatli investitsiyalar tarkibiga kiruvchi «Qimmatli qog’ozlar» (0610) hisobvarag’ini olishimiz mumkin. Unda:

06 – (birinchi ikkita raqam) uzoq muddatli investitsiyalarni bildirsa;

1- (uchinchi raqam) investitsiya yo’nalishi (qimmatli qog’ozlar)ni anglatadi;

0 dan 9 gacha (to’rtinchi) raqamlar qimmatli qog’oz turini bildirishi mumkin. Masalan, 0611-obligatsiyalar; 0612-depozit sertifikatlari, 0613- varrantlar va x.k. yoki bir necha turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar, 2011-hisobvaraqda «A» mahsulot , 2012 - hisobvaraqda «V» turdagi va x.k. mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni alohida hisobga olish imkoniyati yaratiladi.



3. Yangi hisobvaraqlar rejasida xalqaro amaliyotga o’xshab, «aktiv-passiv» hisob-varaqlar mavjud emas. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga ko’ra hi-sobvaraqlar yoki «aktiv», yoki «passiv» bo’lishi mumkin. Aktiv hisobvaraqlar kor-xona aktivlarini hisobga olishga mo’ljallangan bo’lib, ularda ko’payish debet tomonda, kamayish esa kredit tomonda aks ettiriladi. Masalan, asosiy vositalar, tovar moddiy zahiralar, pul mablag’lari va x.k. Passiv hisobvaraqlar korxona kapitali va majburiyatlarini hisobga olishga mo’ljallangan bo’lib, ularda ko’pa-yish kredit tomonda, kamayish esa debet tomonda aks ettiriladi. Misol uchun, Nizom kapitali, to’lanadigan hisobvaraqlar, taqsimlanmagan foyda va x.k

4. Yangi hisobvaraqlar rejasi juda ham yuqori mufassallashtirish darajasiga ega. Muomalaga kiritilgan hisobvaraqlar rejasida avval korxonaning aktivi, maj-buriyati, daromadi yoki xarajatini hisobga olish uchun ishlatilgan biror bir hisobvaraq o’rniga bir nechta yangi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan. Masalan, avval ishlatilgan «Debitor va kreditorlar» deb nomlangan hisobvaraqning debet tomonida hisobga olib borilgan muomalalarni aks ettirish uchun, «Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar», «Alohida bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jaliklardan olinadigan hisobvaraqlar», «Olinadigan foizlar», «Olina-digan royalti» va x.k. kiritilgan. Kredit tomonida ko’rsatilgan muomalalarni hi-sobga olish uchun esa, hozirda «Тo’lanadigan foizlar», «Royalti bo’yicha qarzdor-lik», «Kafolatlar bo’yicha qarzdorlik» va x.k kabi hisobvaraqlar ko’zda tutil-gan. Shu bilan birgalikda bu turdagi debitorlik va kreditorlik qarzlarining joriy va uzoq muddatli qismi alohida alohida hisobga olinadi.

5. Arzon baho va tez eskiruvchan buyumlar an’anaviy hisobini o’zgarganligi. Yangi hisobvaraqlar rejasida arzon baho va tez eskiruvchan buyumlar (12) va ularning eskirishini hisobga oluvchi (13) hisobvaraqlar mavjud emas hamda ularni an’anaviy tarzda hisobga olish tartibi o’zgartirildi. Ilgari bu hisobvaraqlarda hisobga olingan korxona aktivlari endilikda 1080 «Inventar va ho’jalik anjom-lari» nomli hisobvaraqda olib boriladi. Ushbu hisobvaraqda quyidagi mezon-lardan biriga javob bergan aktivlar hisobga olinadi:

xizmat muddati bir yildan ortmagan ;

xizmat muddatidan qat’iy nazar bir birlik uchun O’zbekiston Respub-likasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqining 50 baravarigacha miqdorda qiymatga ega bo’lgan aktivlar.

Хizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo’jalik anjom-lari tarkibiga quyidagilar kiritiladi: maxsus asboblar va moslamalar; maxsus va sanitariya kiyimi, maxsus poyabzal; yozuv-chizuv anjomlari; oshxona inventari; barpo etish xarajatlari, qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titul bo’lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;



foydalanish muddati bir yildan oshmaydigan almashtiriladigan uskunalar; ovlash qurollari. Inventar va anjomlarni foydalanishga topshirish paytida ularning qiymati to’ligicha ishlab chiqarish va davr xarajatlariga kiritiladi va ayni vaqtda foydalanish davrida ularning butligini ta’minlash uchun balansdan tash-qaridagi «Foydalanishdagi inventar va xo’jalik anjomlari» deb nomlangan hisobvaraqda aks ettiriladi.

6.Soliqlar va majburiy ajratmalar bo’yicha bo’nak to’lovlari va soliqlar bo’yicha berilgan maqsadli imtiyozlarni hisobga olish uchun mo’ljallangan maxsus hisob-varaqlarning kiritilganligi. Harakatdagi qonunchilikka muvofiq mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobot davri davomida soliqlar va majburiy ajratmalar bo’yicha bo’nak to’lovlari qilib borishlari lozim. Avval-lari bunday xo’jalik muomalalari hisoblangan soliq va majburiy ajratmalar hisobvaraqlarining debet tomonida aks ettirilar edi. Endi bu maqsadlar uchun «Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari», «Sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari», «Davlatning maqsadli jamg’armalariga bo’nak to’lovlari» kabi alohida hisobvaraqlar ko’zda tutilgan. Mamlakatimizda iqtisodiyot sohasida olib bori-layotgan islohotlar korxonalarga o’z faoliyatlarini oyoqqa turgazish, ularni rivoj-lanishini ta’minlash ishchi o’rinlarini yaratish va sarmoyalarni jalb qilish maqsadida soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilishini ko’zda tutadi. Shunday aniq maqsadlarda berilayotgan soliq imtiyozlarini hisobga olish uchun yangi hisob-varaqlar rejasida «Maqsadli foydalanish bo’yicha soliq imtiyozlari» nomli hi-sobvaraq ochilgan.

7. Muddati uzaytirilgan majburiyatlar va daromadlarni hisobga olish imkonining yuzaga kelganligi. Majburiyatlarni yuzaga kelishi va to’lanishi hamda daromadlarning hisoblanishi va tan olinishi orasida ma’lum muddatning paydo bo’lishi muddati uzaytirilgan majburiyat yoki daromadlarni vujudga keltiradi. Yangi hisobvaraklar rejasida shu maqsadlarda, jumladan. soliqlar hisobi bo’yicha: «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i»ning uzoq muddatli qismi, «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i»ning joriy qismi,«Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majburiyatlar»ning joriy qismi va «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati uzaytirilgan majbu-riyatlar»ning uzoq muddatli qismi kabi hisobvaraqlar. obligatsiyalar hisobi bo’yicha: «Diskont (chegirmalar) bo’yicha muddati uzayti-rilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismi», «Diskont (chegirmalar) bo’yicha muddati uzaytirilgan xarajatlarning joriy qismi», «Diskont (chegirmalar) shak-lidagi muddati uzaytirilgan daromadlarning joriy qismi», «Diskont (mukofot) shaklidagi muddati uzaytirilgan daromadlarning joriy qismi va boshqa shu kabi hisobvaraqlar kiritilgan.

8. Kapital hisobini mukammal tarzda hisobga olish imkoniyati yaratilgan. Avvalambor, Nizom kapitali tarkibini yaqqol ko’rsatish maqsadida, «Oddiy ak-tsiyalar», «Imtiyozli aktsiyalar», «Paylar va ulushlar» deb nomlangan hisobvaraqlar kiritildi. Bundan tashqari Qo’shilgan kapital va Zahira kapitalidagi o’zgarish-larni hisobga olish uchun hisobvaraqlar tarkibi kengaytirildi va muomaladagi kapitalso’mmasiga ta’sir ko’rsatuvchi, «Sotib olingan o’zining oddiy aktsiyalari» va «Sotib olingan o’zining imtiyozli aktsiyalari» deb nomlangan kontrpassiv hisobvaraqdan foydalanish ko’zda tutildi. Тaqsimlanmagan foyda hisobini yuri-tish uchun ikkita alohida hisobvaraqning kiritilishi, birinchidan hisobot davri yakunini ko’rish imkonini yaratgan bo’lsa, ikkinchidan korxona tashkil topgan paytdan boshlab kapitalning o’zgarishini tahlil qilish uchun sharoit yaratdi.

9. Maqsadli tushumlar hisobiga aniqlik kiritildi. Korxonaga davlat, xalqaro tashkilotlar va jismoniy shaxslardan ma’lum maqsadlarda kelib tushayotgan tu-shumlarni hisobga olish uchun, yangi hisobvaraqlar rejasida, «Grantlar», «Sub-sidiyalar», «A’zolik badallari» kabi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan.

10. Bir hisobning o’zida ham daromad, ham xarajatlarni hisobga olish amaliyotiga chek qo’yildi. Yangi hisobvaraqlar rejasida sotish hajmini hisobga olib, uning natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan avvalgi 46-«Mahsulot (ish, xizmat-larning) sotilishi» deb nomlangan hisobvaraqning krediti bo’yicha ko’rsatilgan sotish xajmini va debeti bo’yicha ko’rsatilgan xarajatlarni hisobga olish uchun bir qator alohida hisobvaraqlar kiritildi. Jumladan, daromadlarni hisobga olish uchun, «Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar», «Тovarlarni sotishdan olingan daromadlar», «Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daro-madlar» kabi hisobvaraqlar ko’zda tutilgan bo’lsa, ularni yaratish bo’yicha qilingan harajatlarni hisobga olish uchun esa, «Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxi», «Sotilgan tovarlar tannarxi» va «Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar tan-narxi» kabi hisobvaraqlar kiritilgan. Хo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi xuddi shu nom bilan ataluvchi «Yakuniy moliyaviy natija» hisobvarag’ida aniq-lanadi.

11. Yangi hisobvaraqlar rejasini tahlil uchun qulayligi. Yangi hisobvaraqlar rejasida xo’jalik yurituvchi sub’ektning aktivlari, majburiyatlari va kapital moddalarini harakatini batafsil tarzda hisobga olish imkoniyatining yaratilganligi uning faoliyatiga baho beruvchi ko’rsatkichlarni ortiqcha qiyinchiliklarsiz hisob-lab chiqish, boshqaruv qarorlari qabul qilish hamda istiqbol rejalari tuzish uchun ma’lumotlarni olish uchun sharoit yaratadi.

12. Balansdan tashkari muomalalarni hisobga olish uchun bir qator yangi hisob-varaqlar kiritildi. Хo’jalik faoliyatida yuzaga kelgan yangi hisob ob’ektlarini aks ettirish uchun quyidagi balansdan tashqari hisobvaraqlar ko’zda tutilgan:

«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha berilgan asosiy vositalar»;

«Qarz shartnomasi bo’yicha olingan mulk»;

«Vaqtinchalik berilgan soliq imtiyozlari»

«Foydalanishga berilgan inventar va xo’jalik buyumlari»


Download 82,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish