Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Reja: Kirish


-rasm. Ustav kapitali rekvizitlari.2



Download 76,9 Kb.
bet3/7
Sana24.01.2021
Hajmi76,9 Kb.
#56721
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Курс иши

1-rasm. Ustav kapitali rekvizitlari.2

Mamlakatimizda banklar faoliyatini yanada takomillashtiirsh, ular tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar sonini hamda sifatini oshirish maqsadida 23-mart 2018-yilda “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-3260 qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaytirilmoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.

Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni yengillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.

Shu bilan birga, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati va bank tizimiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:

birinchidan, kreditlarni ajratish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda vakolatlarning haddan tashqari markazlashganligi bosh banklar va ularning filiallari o‘rtasidagi javobgarlikning aniq chegaralanishiga to‘sqinlik qilmoqda;

ikkinchidan, kredit buyurtmalarini ko‘rib chiqishning murakkablashgan mexanizmlari kreditlarni tezkor olish imkoniyatini chegaralamoqda;

uchinchidan, tijorat banklari tomonidan mikroqarzlar ajratilishi imkoniyatining mavjud emasligi mikroqarzlar olish darajasini oshirish imkonini bermayapti, mikrokredit tashkilotlar va lombardlarning xizmatlari bo‘yicha yuqori foiz stavkalari aksariyat holatlarda iste’molchilarning moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelmoqda;

to‘rtinchidan, chakana bank xizmatlari bozorining past darajada rivojlanganligi va mijozlar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yishning zamonaviy yondashuvlari mavjud emasligi ortiqcha byurokratiya va sansalorlik uchun zamin yaratmoqda;

beshinchidan, bank kartalari asosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘yicha davlat protsessing tashkilotining mavjud emasligi chakana to‘lov tizimlarining xavfsizlik, uzluksizlik va ishonchlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmoqda hamda aholining keng qatlamlari uchun ochiq bo‘lgan innovatsion loyihalarni amalga oshirishda zamonaviy texnologik yechimlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmoqda;

oltinchidan, kreditlarni (mikroqarzlarni) ko‘rib chiqish va ajratish uchun xizmat haqi hamda boshqa to‘lovlarning undirilishi qarzning real qiymati oshishiga olib kelmoqda;

yettinchidan, shartnomalarga xizmatlar tariflarini, ajratilgan kreditlar va jalb qilingan depozitlar bo‘yicha foizlarni bir tomonlama o‘zgartirish huquqini nazarda tutuvchi shartlarning kiritilishi, shuningdek, bir xizmatning qo‘shimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan ko‘rsatilishi bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini buzmoqda;

sakkizinchidan, bank to‘lov kartalaridan chet el valyutasini echish bo‘yicha cheklovlarning mavjudligi va bankomatlar sonining yetarli emasligi valyuta ayirboshlash amaliyotlarini bajarishda talab darajasida xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.

Mazkur muammolarni bartaraf etish, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilishni ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish va innovatsion rivojlanishning tendensiyalarini inobatga olgan holda moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Bank xizmatlari ommabopligining oshirilishini va bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilandi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tuzilmasida bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, moliyaviy ochiqlikni hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish asosiy vazifalari bo‘lgan Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmati tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki:

a) 2018-yil 1-aprelga qadar O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to‘lov kartalariga sotib olingan xorijiy valyutani tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida naqd shaklda echib olish mexanizmini joriy etsin;

b) 2018-yil 1-aprelga qadar tijorat banklari bilan birgalikda xorijiy valyutaning oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirilishini va xalqaro to‘lov kartalaridan pul mablag‘larining xorijiy va milliy valyutadagi muddatli omonatlarga o‘tkazilishini ta’minlovchi jismoniy shaxslarning hisobvaraqlarini masofadan turib boshqarish tizimini joriy etsin;

2018-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda banklar — mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha hisob-kitoblar ishtirokchilari o‘rtasida axborot va texnologik o‘zaro munosabatlarni ta’minlovchi Milliy bank protsessing markazini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqsin, uning asosiy vazifalari etib quyidaglar belgilandi:

a) 2018-yil 1-iyulga qadar O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va tijorat banklari bilan birgalikda mahalliy to‘lov tizimlarini norezidentlarning to‘lov kartalarini barcha to‘lov terminallari tarmog‘i orqali qabul qilish imkonini beradigan asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyalash jarayonini tugallasdi;

b) 2018-yil 1-noyabrga qadar tijorat banklari bilan birgalikda, ayniqsa turistlar ko‘proq boradigan joylarda kunu-tun ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari tashkil etilishini ta’minladi.

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasiga uning bank xizmatlari ommabopligini oshirishdagi va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etildi:

O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish konsepsiyasini tasdiqlash;

bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;

bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish, xalqaro tajribani o‘rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo‘llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish;

masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha zamonaviy va ilg‘or bank xizmatlari turlarini amaliyotda joriy etish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar muddatda:

jamg‘arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga fuqarolarning hisoblangan sug‘urta badallari;

soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan qarzdorliklari;

identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlari;

jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;

yuridik shaxslarning moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byurosi o‘rtasida ma’lumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish.




Download 76,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish