Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Reja: Kirish


Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy huquqiy asoslari



Download 76,9 Kb.
bet2/7
Sana24.01.2021
Hajmi76,9 Kb.
#56721
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Курс иши

1. Tijorat banklari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy huquqiy asoslari

"Bank" - yuridik shaxs bo’lib, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish uchun Markaziy bank litsenziyasiga ega bo’lgan tijorat tashkilotidir:Yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag’lardan o’z xatari va tavakkalchiligi asosida kreditlash yoki investitsiyalashda foydalanish; to’lovlarni amalga oshirish.

Banklar Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq odatda ochiq yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari shaklida tashkiletiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bank muassislari va aksiyadorlari bo’lishi mumkin. Yuridik shaxsning yirik aksiyadori yoki ishtirokchisi deganda o’zaro bitim bilan bog’langan va ushbu yuridik shaxs ustav kapitali yoki ovoz beruvchi aksiyalarining 10 va undan ortiq foiziga to’g’ridan-to’g’ri yoki vositali tarzda egalik qiluvchi bir yoki bir necha shaxslar tushuniladi.To’g’ridan-to’g’ri egalik qilish deganda aksiyador (ishtirokchi) tomonidan ovoz beruvchi aksiyalarga bevosita egalik qilish tushuniladi.Vositali tarzda egalik qilish deganda yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalariga shu’ba korxonalar va jamiyatlar orqali egalik qilish tushuniladi.

Bank muassislari u ro’yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida bank aksiyadorlari tarkibidan chiqishga haqli emaslar. Bank muassislari benuqson ishbilarmonlik va shaxsiy obru-e’tiborga ega bo’lishlari lozim. Quyidagi shaxslar benukson ishbilarmonlik va shaxsiy obru-e’tibor mezonlariga nomuvofiq deb hisoblanadilar:


  • Bankrotlikka uchragan yuridik shaxsning sobiq rahbarlari, boshqaruvi va kuzatuv kengashi a’zolari yoki yirik ishtirokchisi va yuridik shaxsning bankrotligi ularning harakatlari oqibatida yuzaga kelganligi faktlari ma’lum bo’lsa;

  • O’zining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida ishlarni noto’g’ri boshqarish va vijdonan yuritish mumkin emasligini namoyish qilgan shaxslar.

Agardamuassisyuridikshaxsbo’lsa, yuqoridaqaydetilgantalablarbundaymuassisningrahbarxodimlari, boshqaruvivakuzatuvkengashia’zolari, ustavkapitalida 10 vaundanortiqfoizmiqdoridaovozberuvchiaksiyalaryokiulushlaregalariganisbatanqo’llaniladi. Bank muassislari moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishlari lozim. Yuridik shaxsning moliyaviy beqarorligi quyidagi omillar bilan belgilanadi:

balansning nolikvidligi;

to’lovga qobiliyatsizlik yoki bankrotlik;

bu yuridik shaxs rasmiy ravishda bankrot deb e’lon qilinishidan qat’iy nazar uning passivlari aktivlaridan oshibketishi;

bunday shaxsning majburiyatlari bank barqarorligiga nisbatan muayyan tavakkalchilikni yuzaga keltirsa;

yuridik shaxs taqdim etgan balans bu shaxs zarur hollarda ustav kapitalini oshira olmasligini ko’rsatsa;

bunday shaxs tomonidan bankda mulk sotib olinishi ko’zda tutilishi natijasida bankka yoki uning omonatchilariga moliyaviy xavf solinishi mumkinligini kursatuvchi boshqa xollar ma’lum bo’lsa.

Quyidagi shaxslar bank muassislari va aksiyadorlari bo’la olmaydilar:

yuqorida qayd etilgan shaxslar;

offshor hududlarda ro’yxatga olingan norezident yuridik shaxslar;

davlathokimiyati organlari, mahalliy boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, byudjetdan tashkari fondlar, byudjet muassasalari va tashkilotlari, agar boshqa holat qonunlarda ko’zda tutilmagan bo’lsa.

Muassislar aksiyadorlik jamiyati shaklidagi bankni yaratish sari dastlabki qadam sifatida ta’sis shartnomasini imzolaydilar, so’ngra ta’sis yigilishini o’tqazishga tayyorgarlik ko’radilar. Mazkur harakatlar muassislar tomonidan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida», “Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida”gi qonunlar hamda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunlarga rioya etilgan holda amalgaoshiriladi.

Agar bank yagona muassis sifatida davlat tomonidan ta’sis etilsa, aksiyadorlik jamiyati bo’lgan bankning ta’sis hujjatlari uning ustavi va O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarori hisoblanadi. Bankni tashkil etish to’g’risidagi ta’sis shartnomasida amaldagi qonunlarda ko’zda tutilgan ma’lumotlardan tashkari kuyidagilar bo’lishi kerak:

muassislarning bankni tashkil etishga doir huquq va burchlari, bankni ta’sis etish buyicha birgalikda faoliyat olib borish tartibi;

muassislar to’g’risidagi ma’lumotlar, jumladan ularning har birining to’liq firma nomi va manzili, shuningdek, ularning davlat ro’yxatidan utganligi to’g’risidagi ma’lumotlar (yuridik shaxslar uchun), ismi, fuqaroligi, turar joyi hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (jismoniy shaxslar uchun);

bank ustav kapitali miqdori;

muassislar urtasida joylashtirilishi kerak bo’lgan aksiyalar toifasi va turlari, ularni to’lash miqdori va tartibi.

Bank ustav kapitalining eng kam miqdori yuz milliard so‘mni tashkil etishi lozim.

Bankning ustav kapitali O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi hamda bank muassislari va aksiyadorlari kiritgan pul mablag‘laridan yoki davlatning qimmatli qog‘ozlaridan tashkil topadi, bundan quyidagi hollar mustasno:

bank aksiyalarini bankning kreditorlari orasida joylashtirish va bankning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari bo‘yicha har qanday huquqlarini (talablarini) hisobga olish yo‘li bilan ularning haqini to‘lash;

qimmatli qog‘ozlarni bank aksiyalariga ayirboshlash;

bankning joylashtirilgan bir turdagi aksiyalarini ushbu bankning boshqa turdagi aksiyalariga almashtirish.

Bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan, shuningdek majburiyat yuklatilgan boshqa mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bank ustav kapitalining eng kam miqdori bank muassislari tomonidan bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza taqdim etiladigan paytgacha kiritilishi kerak. Ustav kapitaliga kiritiladigan mablag‘lar bankda ochilgan jamg‘arma hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.



Tizimli moliyaviy inqiroz holatida bank aksiyalari davlat qimmatli qog‘ozlari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sotib olinishi mumkin.


Bank o‘z ustavi asosida faoliyat ko‘rsatadi.Bank ustavida bir necha rekvizitlar ko‘rsatilishi kerak (1-rasm).


Download 76,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish