Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari Reja: Kirish


-rasm. SQBning asosiy aksionerlari.3



Download 94,01 Kb.
bet5/7
Sana04.03.2023
Hajmi94,01 Kb.
#916421
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tijorat banklari va ular faoliyatini rivojlantirishning asosiy y

2-rasm. SQBning asosiy aksionerlari.3
SQB hozirgi kunda juda ham ko’plab yuridik shaxslar bilan aloqasi mavjud bo’lib, bank o’z daromad manbaini diversifikatsiyalash jarayonida turli xildagi yuridik shaxslarning qimmatli qog’ozlariga egalik qiladi. 1-jadvalda "O‘zsanoatqurilishbank" ATB besh va undan ortiq foiz aksiyalarga (ulushlarga, paylarga) egalik qilayotgan yuridik shaxslar ro‘yxati keltirilgan.
1-jadval. SQBning 5 va undan ortiq aksiyasi mavjud yuridik shaxslar.4



To‘liq nomi

Yuridik manzili

Telefon, elektron pochta

Ish tartibi

Rahbariyati

1

"O‘zbekiston Respublika valyuta birjasi" AJ

Toshkent sh., Sh. Rashidov shox ko‘chasi, 4

(71) 237 61 36 info@uzrvb.uz

Dushanba — juma:

Usmanov R.R.

9:00 dan 18:00 gacha

2

«Toshkent» Respublika fond birjasi AJ

Toshkent sh., Mustaqillik shox ko‘chasi, 107

(71) 267 18 71

Dushanba — juma:

Usmanov B.Sh.

info@uzse.uz

9:00 dan 18:00 gacha

3

"Qurilishmashlizing" RILK AJ

Toshkent sh., Mustaqillik shox ko‘chasi, 105

(71) 268 10 10

Dushanba — juma:

Abdurahimov F.A.

info@qml.uz

9:00 dan 18:00 gacha

4

"Qurilishlizing" LK MChJ

Toshkent sh., Oltin vodiy ko‘chasi, 29a

(97) 430 43 05

Dushanba — juma:

Hamidov A.

kurilish2003@mail.ru

9:00 dan 18:00 gacha

5

“Bozor, pul va kredit” jurnali MChJ

Toshkent sh., Tolimarjon ko‘chasi, 1/1

(71) 291 60 20

Dushanba — juma:

Bezgin G.N.

info@bpk.uz

9:00 dan 18:00 gacha

Bankyildanyilgamamlakatimizdahamjahondahamo’zreytinginiyaxshilabbormoqda. Ushbu bank tomonidan har yillik biznes rejasining parametrlari va o’tgan yillarning ijrosi haqida to’liq ma’lumot berib borilmoqda. Undan tashqari bankning yillik hisobotlari ham to’liq yuklanib boriladi va hozir uning tahlilini ko’rib chiqqadigan bo’lsak bankning 2017-2019-yilgi hisobotlaridan foydalanamiz (2-jadval).


2-jadval. Ipak yo’li bankning moliyaviy ko’rsatkichlari (mln.so’m).5

Ko’rsatkichlar

2017

2018

2019

Aktivlar

23,782

31,026

35,420

Majburiyatlar

22,125

27,822

31,721

Xususiy kapital

1,657

3,203

3,698

Sof foizli daromad

198,163

265,757

304,721

Soliq to’lagunga qadar foyda

89,678

140,284

241,043

Foyda

79,913

108,494

202,320

2018 yilda umumiy kapital 27%ga oshirilib, 2,8 trln.so‘mga yetkazildi. Ustav kapitali aktsiyalarni sotish hisobiga 1,3 barobarga ortib, 1,9 trlnd.so‘m miqdorida shakllantirildi. 2018 yil yakuni bo‘yicha sof aktivlar 6,6 trln.so‘mga ortib 30,6 trln.so‘mga yetkazildi, daromad keltiruvchi aktivlar ulushi 90%ni tashkil qildi. Kredit qo‘yilmalari 2018 yilda 35%ga o‘sib, 27,3 trln.so‘mdan iborat bo‘ldi va jami aktivlardagi ulushi 86%ni tashkil qildi. Tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalashtirishga 3,5 trln.so‘m kredit ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-sonli qaroriga ko‘ra oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish va shu orqali ularning turmush tarzi farovonligini oshirish, oila a’zolarini bandligini ta’minlash maqsadida 1380 ta oilaga 25 mlrd.so‘m imtiyozli mikrokreditlar ajratildi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2018 yilda 3,5 trln.so‘m kredit ajratildi. 2018 yilda ajratilgan investitsiya kreditlari 1,9 barobarga, kichik biznesga kreditlari 2,4 barobarga ortdi. Natijada investitsiya kreditlari salmog‘i 21,6 trln.so‘mga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli hamda 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli qarorlariga asosan bankda yangi xizmatlarni joriy qilish, xizmatlar sifatini oshirish, mijozlarga qulaylik yaratish ishlariga e’tibor qaratildi.


Respublikada birinchi bo‘lib mijozlarga 24/7 rejimida filiallararo to‘lovlarni o‘tkazish imkoniyati yaratildi, ish kuni davomida tushliksiz xizmat ko‘rsatish joriy qilindi, Yaponiyaning JCB xalqaro to‘lov tizimi kartalarini to‘lovga qabul qilish bo‘yicha bitim imzolandi. Bank terminallarida «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimi kartalaridan to‘lovlar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi. O‘zsanoatqurilishbank «UnionPay International» va “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimlarini a’zosi maqomiga ega bo‘ldi. O‘zbekistonda birinchi marta bankning milliy valyutadagi VISA kartalaridan dunyoning istalgan mamlakatida foydalanish imkoniyati yaratildi.
Aholi plastik kartadagi pullarini naqd shaklda olishlari uchun 45 ta bankomat o‘rnatildi. Aholiga va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 7 ta “Bank xizmatlari markazlari” tashkil etildi. O‘zsanoatqurilishbank ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro standartlar bo‘yicha “TUV” muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Bankning 2018 yil uchun daromad va foyda rejalari mos ravishda 139%ga va 206%ga ortig‘i bilan bajarildi. 2086,3 mlrd.so‘mlik daromad olindi hamda 236,9 mlrd.so‘m sof foyda ko‘rildi.
O‘zsanoatqurilishbank har yili o’zining rivojlanish istiqbollarini joylab boradi va quyida O‘zsanoatqurilishbankning 2019 yilning asosiy rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqamiz.
Hisobot yilida 2019-2021 yillar uchun belgilangan rivojlanish strategiyasiga muvofiq faoliyat yuritildi. Rivojlanish strategiyasi bank tizimini yanada isloh qilish, barqaror rivojlanishini ta’minlash, bank kapitallashuvini oshirish, uzoq muddatli resurs bazasini shakllantirish borasidagi hukumat qarorlarini izchil amalga oshirilishini nazarda tutadi hamda biznes rivojining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradi.
2018 yil davomida strategiya asosida ish yuritishga alohida e’tibor qaratilib, har bir biznes yo‘nalishida strategik tashabbuslar va ularni amalga oshirishga mas’ul bo‘linmalar belgilandi.
Rivojlanishning yangi bosqichida strategiyani amalga oshirish jarayonini kuchaytirish va monitoring qilish bo‘yicha faoliyat olib boriladi, xususan:
Strategik tashabbuslar ro‘yxati shakllantiriladi va mas’ul bo‘linmalar aniqlanadi. Zarur hollarda, muayyan krossfunktsional tashabbuslar bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tashkil qilinadi.
Har bir tashabbus bo‘yicha batafsil harakatlar rejasi ishlab chiqiladi, ularni amalga oshirish jarayonida maqsadli ko‘rsatkichlar belgilanadi. Mazkur rejalar Bank bo‘linmalarining yillik biznes rejalarini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zsanoatqurilishbankda ustuvor loyihalar va strategik tashabbuslarni amalga oshirish monitoringini olib borish hamda nazorat qilishga mas’ul markaz - Loyiha ofisi tashkil etish masalasi o‘rganiladi. Strategik tashabbuslar amalga oshirilishini boshqarish Bankni boshqarish jarayonlari bilan uyg‘unlikda olib boriladi. Bunda, har chorakda rahbariyatga qisqa hisobot taqdim etib boriladi.
Ko‘zlangan maqsadlarga erishish natijasida butunlay yangi qamrovga ega samarali biznes yaratiladi. Biznesni diversifikatsiyalash jarayoni davom ettiriladi, bu esa o‘z navbatida Bank foydasi tarkibida salmoqli ulushga ega kuchli yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keladi.
2019 yilda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, xizmat sifatini yanada oshirish, mijozlar uchun qulay xizmat turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish jarayonlariga hamda tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish rejalashtirilgan. Daromadlar tarkibi sifatini yaxshilash orqali ularning salmoqli o‘sishi ta’minlanadi. Bunda, mijozlar bazasi kengayib, yuqori daromad keltiruvchi yo‘nalishlar hamda vositachilik daromadlari ulushi o‘sadi. Biznesni boshqarish tizimi va infratuzilmasi yaxshilanadi. Shu tariqa, biznes shaffofligi ortadi, ayrim yo‘nalishlar kontsentratsiyasi kamayadi, o‘z navbatida moliyaviy natija barqarorligi va uni oldindan aniqlay olish imkoniyati ortadi.

Download 94,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish