To‘lov topshiriqnomasi
To‘lov topshiriqnomasi mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan to‘lov hujjatidir.
To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va yig‘imlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
Soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomalari soliq to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytidagi shaxsiy kabineti orqali taqdim etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |