tif milliy Bank aj “Marhamat” rivojlantirishda pr(Public relations)dan foydalanish



Download 25,72 Kb.
bet2/2
Sana02.07.2022
Hajmi25,72 Kb.
#731473
1   2
Bog'liq
Disser 2 bob 2.3

2021 йил 1 апрель ҳолатига маълумот
Млрд.сўм хисобида



Банк номи

Актив

Кредит

Капитал

Депозит

ссумма

улуши, фоизда

сумма

улуши, фоизда

сумма

улуши, фоизда

сумма

улуши, фоизда

1

Ўзмиллийбанк

78 455

21,10%

64 911

22,90%

14 104

23,30%

18 114

15,70%

2

Ўзсаноатқурилишбанк

48 229

13,00%

39 266

13,90%

6 963

11,50%

11 141

9,70%

3

Асака банк

47 719

12,90%

35 531

12,50%

6 500

10,70%

7 654

6,70%

4

Агробанк

32 684

8,80%

27 146

9,60%

5 336

8,80%

9 630

8,40%

5

Ипотека банк

32 269

8,70%

24 429

8,60%

4 444

7,30%

9 771

8,50%

6

Халқ банки

26 949

7,30%

19 360

6,80%

5 032

8,30%

10 830

9,40%

7

Қишлоқ қурилиш банк

16 320

4,40%

14 273

5,00%

2 469

4,10%

4 274

3,70%

8

Микрокредитбанк

10 645

2,90%

9 261

3,30%

1 774

2,90%

2 747

2,40%

9

Турон банк

9 292

2,50%

7 063

2,50%

1 238

2,00%

2 215

1,90%

10

Алоқа банк

8 512

2,30%

5 984

2,10%

1 620

2,70%

4 734

4,10%

11

Азия Алянс банк

2 876

0,80%

1 908

0,70%

361

0,60%

1 956

1,70%

12

Пойтахт банк

223

0,10%

104

0,04%

126

0,20%

87

0,10%

13

Ўзагроэкспортбанк

60

0,02%

68

0,02%

41

0,10%

13

0,01%



(1-jadval. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki rasmiy sayti malumotlari asosida tayyorlangan)

Milliy bank O‘zbekiston kredit bozorida peshqadamlik qilmoqda. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti. Milliy bank loyihalarni moliyalashda yangi korxonalar qurish, ishlab turganlarini modernizatsiyalash yoki texnik qayta qurollantirish (jumladan, mashina-uskunalar sotib olish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni bajarish), shuningdek ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari normal faoliyat yuritishini taminlash uchun zarur xom ashyo va materiallarning bir qismini sotib olish ko‘zda tutilgan investitsiya loyihalarini moliyalashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Kreditlar iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida tarkibiy o‘zgartirishlarni taminlovchi eng muhim investitsiya loyihalarini moliyalash uchun mo‘ljallangan. TIF milliy banki O‘zbekiston moliya bozorida peshqadamlik qilayotganini Markaziy Bankning quyidagi xisobotida ham ko‘rishimiz mumkin (2-jadval) [4]


2-jadval

Tijorat banklarining kredit va depozitlari to‘g‘risida

2021 yil 1 aprel holatiga ma’lumot
Mlrd.so‘m xisobida



Bank nomi

Jami kreditlar

shundan

Jami depozitlar

Shundan

jismoniy shaxslar

yuridik shaxslar

jismoniy shaxslar

yuridik shaxslar

1

O‘zmilliybank

64 911

5 508

59 402

18 114

4 535

13 579

2

O‘zsanoatqurilishbank

39 266

4 221

35 045

11 141

2 046

9 095

3

Asaka bank

35 531

4 578

30 953

7 654

1 778

5 876

4

Agrobank

27 146

4 466

22 680

9 630

2 759

6 871

5

Ipoteka bank

24 429

10 664

13 765

9 771

1 675

8 096

6

Xalq banki

19 360

6 860

12 499

10 830

1 794

9 035

7

Qishloq qurilish bank

14 273

7 675

6 598

4 274

851

3 423

8

Mikrokreditbank

9 261

2 742

6 519

2 747

634

2 113

9

Turon bank

7 063

858

6 205

2 215

879

1 336

10

Aloqa bank

5 984

986

4 998

4 734

605

4 129

11

Aziya Alyans bank

1 908

495

1 413

1 956

556

1 401

12

Poytaxt bank

104

35

69

87

5

81

13

O‘zagroeksportbank

68

2

66

13

0,3

12



(2-jadval. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki rasmiy sayti malumotlari asosida tayyorlangan)

Milliy bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS(Bank for inernational settlements) ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda.[5] Bank xorijiy sheriklar oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank ushbu reytingni saqlab qolish va yanada mustaxkamlashi uchun mijozlarga bundanda sifatli va qulay, eng asosiysi bundanda manfaatli xizmatlarni taklif qilishi kerak. Mijozlarning talab va istaklarini o‘rganish va o‘sha talab va istaklar mos xizmatlar taklif qilish bankning mijozlari va daromadini ortishiga xizmat qiladi. Yuqoridagilarni amalga oshirishning eng samarali va zamonaviy usuli PR(Public Relations) xisoblanadi.


PR(Public Relations) o‘zbekchaga jamoatchilik bilan aloqalar deb tarjima qilinadi. Hozirgi kunda istalgan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish yo‘nalishdagi korxona yoki firma rivojlanishni istar ekan PR strategiyalaridan foydalanishi kerak. PR ning 500 ga yaqin turli xil ta’riflari mavjud. [6] Ulardan eng mashxurlari quyidagilar:
Buyuk Britaniyaning Public Relations News tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan ta’rif: “jamoatchilik munosabatlarini baholovchi, shaxs yoki tashkilotnig siyosatini va xarakatlarini jamoat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradigan, jamoatchilik tushunish va qabul qilish uchun xarakat dasturini rejalashtiradigan va amalga oshiradigan boshqaruv funksiyasi”.
PR bo‘yicha faxriy professor va Xalqaro PR uyuushmasining sobiq prezidenti Sem Blekning ta’rifi “Haqiqat va to‘liq axborotga ega bo‘lishga asoslangan o‘zaro tushunish orqali kelishuvga erishish san’ati va ilm-fan”. [7]
Professor Ahmadjon Solievning ta’rifi: “ PR operatsion tashkilot, korxona marketingini boshqarish funksiyaalaridan biri sifatida tushuniladi. Pablik rileyshnz(jamoatchilik bilan aloqalar)-bu marketing va menejmentning tashkilot va jamoatchilik o‘rtasida aloqa o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashning mustaqil funksiyasi”.
PR ni Bank soxasida qo‘llash, bank mijozlarining talab va istagini to‘liq o‘rganish va aynan o‘sha talab va istaklar buyicha yoki shunga yaqinroq bo‘lgan bank xizmatlarini taklif qilish bank samaradorligini oshiradi. Bankning PR dan foydalanishi hamda mijozlarga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish uni birinchi raqamli bankka aylantiradi.
PR dan faqat bankning mijozlari bilan ishlashda emas, balki hodimlar bilan ishlashda ham qo‘l keladi. Bankda mijozlar sonining ortishi birinchi navbatda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatga bog‘liq. Hodimlaringiz mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishi uchun siz avval hodimlaringizga ular istagandek sharoit va imkoniyat yaratib berishingiz talab etiladi. Hodimlarni talab va istaklarini bilishning ham eng oson va qulay yo‘li bu albatta PR xisoblanadi.
Chet mamlakatlarda bank tizimida PR dan foydalanish keng miqyosda yo‘lga qo‘yilgan. Ayniqsa Yevropa va AQSh da PR dan juda unumli foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasida PR dan foydalanish 1998 inqirozdan so‘ng keng miqyosda amalga oshirildi. Mazkur davrda biz kabi Rossiyada ham Sobiq ittifoqdan qolgan bank tizimi deyarli o‘zgarishsiz holatda edi. 2007 yilgi jaxon iqtisodiy inqirozi Rossiya bank tizimida katta o‘zgarishlar amalga oshirilishiga sabab bo‘ldi. 2007-2008 yillarda va undan oldingi davrda ham Rossiya bank tizimida PR dan unumli foydalanilmas edi. Ommaviy axborot vositalarida ham bank xaqida ijobiy yangiliklardan ko‘ra salbiy xabarlar ko‘proq o‘rin tutar edi. Alfa-Bank OAJ vitse-prezidenti N.I. Yaremko, "moliya bozorlarida raqobat emas, balki aholining kredit va investitsiya tashkilotlariga bo‘lgan ishonchsizligi kuchaymoqda" degan tarifi ushbu davrdagi Rossiya bank tizimidagi holatni to‘liqroq anglashimizga yordam beradi. [3] Shunday inqirozli davrdan chiqib ketish va banklarning bundan keyingi rivoji uchun bank tizimi masullari PR dan unumli foydalanib samaradorlikni oshirishga majbur bo‘lishdi.
Rossiyadagi banklar orasida eng reytingi baland va mijozlari ko‘p Sberbank PR dan foydalanishga aloxida axamiyat berdi. Sberbankning markaziy idorasida butun bank uchun asosiy marketing va PR siyosiatini ishlab chiqadigan Marketing va komunikatsiyalar bo‘limi mavjud. Bundan tashqari xar bir mintaqada yoki yirik shaxarda Markaziy idoraga bo‘ysunuvchi Sberbank bosh ofisi, marketing va komunikatsiyalar bo‘limi mavjud. Quyida Sberbankning PR texnilogiya va vositalaridan qanday foydalangani va bu qanday samaralorlik olib kelganini yoritishga harakat qilamiz.
Kerakli ko‘rsatmalar asosida Sberbankning PR mutaxassisi oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
• Bankning ijobiy imidjini shakllantirish uchun tizim vositalarini joriy etish;
• Bank ishini doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida yoritishni tashkil etish;
• Bankning ichki PR i, innovatsion aloqa kanallarini joriy etish;
• Bankning yil uchun PR-siyosatini rejalashtirish;
• Markaziy ofis ishtirokchilari va boy mijozlar ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari va turli xil tadbirlar o‘tkazish;
• OAV monitoringi;
• inqirozga qarshi PR dan foydalanish;
• Sberbank veb-saytining mintaqaviy yorlig‘ini yangilab turish;
• Mijozlarning Bankka sodiqligini oshirish mexanizmlarini joriy etish;
• bank mijozlari bilan munosabatlarni yaxshilash;
• bank jamoasidagi munosabatlarni yaxshilash;
• Sberbank rasmiy veb-sayti bilan ishlash.
Sberbank PR mutaxassislari yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda quyidagi PR texnologiyalari va vositalaridan foydalanadi: bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, Sberbank rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, forumlar, reklama, homiylik, ijtimoiy loyihalar, xayriya va hk.
2012 yildan keyin Sberbank rivojlanish strategiyasini o‘zgartirdi: unga ko‘ra birinchi mijozlar extiyojlari taxlil qilinadi, shu asosda maxsulot yoki xizmatlar mijozlar so‘rovidan oldin taklif qilinadi, oldin bu aksincha edi. 2016 yilda Sberbank brendining qiymati 33 foizga o‘sdi, bu 9,1 milrd. dollarni tashkil etdi. Shunday qilib Sberbank “Brend Finance Banking 500” reytingida 24-o‘ringa , Yevropada 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Mijozlar bilan ishonchli va uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish Sberbankni rivojlantirish strategiyasining beshta asosiy yo‘nalishlaridan biridir. 2015 yilda mijozlarning xohish-istaklarini o‘rganish, ularning bankga murojaatlari tahlili va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati sohasidagi nufuzli ekspertlarning tavsiyalari asosida mijozlarga yo‘naltirilgan model yangilandi. Unga ko‘ra:
• barcha kanallarda xizmatning mavjudligi;
• mijozlarning ehtiyojlarini bilish va ularning taxminlarini taxmin qilish;
• do‘stona munosabat va malakali xizmat;
• mijozning talabiga binoan muammolarni hal qilish;
• moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash va boshqalar.
2015 yilda Bank sifat menejmentidagi yutuqlari uchun ikkita faxriy mukofot bilan taqdirlandi: iste’molchilarning huquqlari va Rossiyada eng ko‘p mijozlarga yo‘naltirilgan bank nominatsiyasida xizmat ko‘rsatish sifati mukofoti, "Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifati uchun" halqaro “Visa Global Service Quality Performance” mukofoti.
Bundan tashqari Sberbankning PR mutaxassislari aksiyadorlar va investorlar uchun turli aksiyalar va tadbirlarni (yig‘ilishlar, konferensiyalar, korporativ tadbirlar va boshqalar) taklif etadilar. Aksiyadorlarning rasmiy yig‘ilishlari natijalari Bank veb-saytida yoritib boriladi, veb-saytning istalgan mehmoni qabul qilingan qarorlar va yangi o‘zgarishlarni ko‘rishlari mumkin.
Yuridik shaxslar uchun, shuningdek sheriklar, investorlar va aktsiyadorlar uchun "Direct Investments" jurnali nashr etiladi, unda siz turli sohalar, moliya bozori yangiliklari, valyuta bozori va boshqalar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Sberbank PR mutaxassislari banknig rasmiy veb saytini yuritilishiga aloxida axamiyat berishadi. Bankda yaxshi tuzilgan veb-sayt mavjud bo‘lib, uning auditoriyasi bo‘limlarga bo‘lingan (kichik biznes, jismoniy shaxslar, aksiyadorlar va investorlar va boshqalar). Har bir bo‘lim firmaning faoliyati to‘g‘risida, maqsadli auditoriyani qiziqtirishi mumkin bo‘lgan: Sberbank tashkil etish tarixidan moliyaviy hisobotgacha, aksiyadorlar yig‘ilishlari natijalari, nizom va boshqa ko‘p narsalarni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqri jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Sber-Bank filiallarini ochishni tashkil etadi, ularni ochishda jamoatchilik uchun bayram dasturlari, tanlovlar va sovg‘alar tarqatish orqali yangi mijolazrni jalb qilishadi.
Shunday qilib Sberbank PR faoliyatining asosiy yo‘nalishlari - bu maxsus tadbirlar, veb-sayt bilan ishlash, ichki korporativ PR, potentsial mijozlar bilan bevosita ishlash, ommaviy axborot vositalari uchun axborot xabarlarini yaratish kabi bir qancha muxim ishlarni amalga oshiradi.
Yuqorida ko‘rib turganingizdek Rossiya Federatsiyasi banklari, asosan “Sberbank” da PR texnologiyalari va vositalari imkoniyatlaridan qanday foydalangani va bu ishlar qanday samarali ekanligini ko‘rib chiqdik.
Yuqoridagi taxlil natijalari asosida “TIF Milliy Banki” AJ “Marhamat” filiali faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur deb hisoblaymiz:

  • Mijozlar va hamkorlar bilan do‘stona munosabatlarni shakllantirishga ko‘maklashish;

  • xodimlarning samarali ishlarini rag‘batlantirish;

  • Marketing tamoyillaridan foydalangan xolda, bank xizmatlari turlarini ko‘paytirish va sifatini oshirish hamda reklama faoliyati samaradorligini oshirish;

  • malakali kadrlarni jalb qilish;

  • kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish;

  • iste’molchilar bilan do‘stona munosabatlarni shakllantirish:

  • jamoatchilik fikri va jamoatchilik tomonidan taxminlarni o‘rganish;

  • fikrlarni shakllantirish va jamoatchilik umidlarini qondirish.

Download 25,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish