Dasturiy ta’minot
Zamonaviy axborot texnologiyalarining keskin rivojlanishi birinchi navbatda dasturiy ta’minotning ilg‘or qadamlar bilan rivojlanishiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash kerakki, 1990 yilda jahon jamiyatida dasturiy ta’minotga 100 mlrd. AQSH dollaridan ziyod mablag‘ sarflandi.Dasturiy ta’minotga qilinadigan harajatlar, o‘rtacha hisobda, har yili 20% ga oshib bormoqda. Axborot tizimlari nuqtai nazaridan dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni yig‘indisi tushuniladi. Komp-yuter texnologiyalari nuqtai nazaridan dasturiy ta’minot – bu hisoblash texnikasini bevosita ishini ta’minlovchi tizimli dasturiy ta’minot va amaliy masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan amaliy dasturiy ta’minotlar to‘plamidan iboratdir. Hozirgi kunda yana bir tushuncha kiritilgan, bu ham bo‘lsa, dasturiy mahsulot – bu ma’lum bir ommaviy masalani hal qilishga mo‘ljallangan dasturlar tuplamidir. Dasturiy mahsulot boshqa mahsulotlarga o‘xshagan holda sotuvga chiqariladi. Umuman olganda dasturiy ta’minot va dasturiy mahsulot tushunchalari sinonim hisoblanadi. Servis dasturiy ta’minoti-foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo‘shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar jamg‘armasidan iborat. Biroq, funksional imkoniyatlarga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi vositalarga bo‘lish mumkin:
foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar;
ma’lumotlarni buzilish va qoidasiz kirishlaridan himoya qiluvchilar;
ma’lumotni qayta ishlovchilar;
disk va tezkor xotira qurilmasi o‘rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar;
virusga qarshi vositalar.
OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utili-talar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib, har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajaradi. Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatdan yangi interfeys taqdim etadi.OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Utilitalar foydalanuvchiga qo‘shimcha xizmatlarni asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko‘rinishida taqdim etadi. Utilitalar quyidagi vazifalarni bajarishga yo‘l qo‘yadi:
disklarga xizmat ko‘rsatish;
fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi);
arxivni yaratish va yangilash;
turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllarni bosish;
kompyuterni virusdan himoya qilish.
Virusga qarshi himoyali dasturiy vositalar viruslarni topish va davolashni ta’minlaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish dasturlari deganda kompyuter ishi jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolarni topish uchun dasturiy-apparat vositalarining jamlanmasi tushuniladi.Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-EHM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari shu jumladan ularning EHMda muayyan lokalizatsiyasi bo‘lgan xatolar va shikastlanishlarni avtomatik izlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |