mumkin, ba‘zida esa ular OT funksiyasini
kengaytirishga xizmat
qiladi.
Amaliy dasturiy ta’minot.
Bu sath dasturiy ta‘minoti mazkur
ish joyida aniq masalalarni yechishga yordam beradigan amaliy
dasturlar majmuasini tashkil etadi. Ushbu masalalar qamrab olgan
sohalar juda ko‗p bo‗lib, ular ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, ijod,
o‗qitish va dam olishga mo‗ljallangan masalalarni o‗z ichiga
oladi. Mazkur dasturlar ko‗pfunksionalligining sababi, inson
faoliyatining turli sohalari uchun amaliy dasturlar va ilovalar
mavjudligidir. Demak, amaliy dasturiy ta‘minot
va tizimli
dasturiy ta‘minot o‗rtasida o‗zaro bevosita aloqa bor ekan
(birinchisi ikkinchisiga tayanadi), hisoblash tizimi universalligi,
amaliy dasturiy ta‘minot ommaviyligi va kompyuter funksional
imkoniyatlari keng ko‗lamligi foydalanilayotgan operatsion tizim
tipi, uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‗z ichiga olganligi
va u uch tomonlama o‗zaro bog‗lanish, ya‘ni inson – dastur –
qurilma bog‗lanishni qay tarzda ta‘minlashiga bevosita bog‗liqdir.
EHMlarni ishlab chiqish va undan
foydalanish sohasida katta
yutuqlarga erishgan olim V.M.Glushkov ta‘biri bilan aytsak:
Yangi asr boshida texnik jihatdan rivojlangan mamlakatlarda
aksariyat axborot EHM xotirasida joylashgan bo‗ladi. XXI asr
boshlarida ana shu axborotlardan foydalanishni bilmagan kishi,
XX asr boshida o‗qish va yozishni bilmagan odamga o‗xshab
qoladi. Bundan kelib chiqqan holda «Informatika» fanini
o‗rganish ikkinchi savodxonlik bilan tengdir.
Informatika fani ham boshqa fanlar
qatorida olamni bilish
uchun xizmat qiladi. Olamdagi har bir jonli va jonsiz mavjudod
makonda va vaqtda o‗zgarib turadigan modda va quvvat
korinishida namoyon bo‗ladi. Modda va quvvat dunyoning ikki
muhim mazmuni, uning ikki muhim tarkibiy qismidir. Lekin
borliqni mavjud bo‗lishi va uni bilishning
yana bir muhim va
zarur mazmuni bor, bu ham bo‗lsa axborotdir.
Bizni o‗rab turgan borliq
haqidagi bilimlar yoki har
qanday ma‘lumotlar axborot
deb ataladi. Axborot odamlar
bir biriga og‗zaki,
yozma yoki
boshqa
usulda
(shartli
signallar, texnika vositalari
yordamida) beriladigan ma‘-
lumot, shuningdek ularni uzatish va qabul qilish jarayonidir.
1. Axborot ayirboshlash nafaqat odamlar o‗rtasida, balki odam
bilan EHM, EHM bilan EHM o‗rtasidagi ma‘lumotlarni,
hayvonlar va o‗simliklar o‗rtasida xabar (signal) almashinishi
yoki to‗qimalar orasidagi modda almashinuvi jarayonlaridir.
2. Axborotning
olamni
bilishdagi
jamiyatdagi
ishlab
chiqarishdagi va fandagi o‗rni. Insonning ijodiy yoki mehnat
faoliyati, fan va texnikaning rivoji jonli mavjudodlarning o‗zini
tutishi, har qanday avtomatik tarzda ishlaydigan qurilmalar
faoliyati axboratni ayirboshlash bilan bog‗liq.
Hozirgi kunda axborot juda katta ahamiyatga ega.
Inson
faoliyatining hamma sohalarida axborotlarni qayta ishlaydi:
– Yangi ma‘lumotlarni (ro‗znoma, kitob, havo mavjlari, oynai
jahon, o‗zaro fikr almashinish) qabul qilish;
– kundalik hayotda oldindan ma‘lum axborotlarni ishlatadi;
– yangi axborotlar yaratadi (fanda, tibbiyotda, adabiyotda,
san‘atda va h.k).
3. Axborotni yig‗ish, saqlash va ishlov berishning yangi
texnologiyasi EHMni paydo bo‗lishi, jamiyat rivojlanishida
inqilobiy o‗zgarishlariga sabab bo‗ldiki,
insonga axborotni
yig‗ish, saqlash va qayta ishlov berish bilan bog‗lik bo‗lgan aqliy
mehnatni
avtomatlashtirish
imkonini
berdi.
Bu
xildagi
jarayonlarni avtomatlashtirish iqtisodiy – tashkiliy tuzumlarga,
texnologik jarayonlarni boshqarishga loyihalar tuzish, ilmiy
izlanishlar, o‗qish – o‗rganish va boshqa sohalarga kirib boradi.
Shunday qilib ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yo‗nalishi
paydo bo‗ldi.