Tibbiyot xodimlarining fuqaroviy huquqiy javobgarligi Tayyorladi: Mirzaxmedov Hasanbek



Download 0,72 Mb.
Sana29.03.2023
Hajmi0,72 Mb.
#923070
Bog'liq
HUQUQ 3-mavzu

Tibbiyot xodimlarining fuqaroviy huquqiy javobgarligi

Tayyorladi: Mirzaxmedov Hasanbek


Fuqarolik huquqi - fuqarolar va turli tashkilotlaming mulkiy va u bilan bog‘liq bo‘lgan nomulkiy munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Fuqarolik qonunchiligi fuqarolik kodeksi va boshqa normativ hujjatlardan tashkil topadi.
Fuqarolik huquqi haqida tushuncha
Fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti sifatida ham jismoniy, ham yuridik shaxslar fuqarolik subyekti maqomiga ega bo‘lgan davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar bo‘lishi mumkin
Fuqarolik huquqlarining obyektlariga ashyolar, shu jumladan pul va qimmatli qog‘ozlar, boshqa buyumlar, mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar, ishlar va xizmatlar, ixtirolar, sanoat namunalari, fan, adabiyot, san’at asarlari va intellektual faoliyatning boshqa natijalari, shuningdek shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa moddiy hamda nomoddiy boyliklar kiradi. ( 0 ‘zR FK 81-modda).
Zarar etkazilganda qonunda nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa, huquqbuzar zararni qoplash ko‘rinishidagi javobgarlikka tortiladi. Fuqarolik qonunchiligida javobgarlikning delikt va shartnomaviy turlari farqlanadi. Tibbiy xodimlaming kasb huquqbuzarliklari holatlarida ko‘proq delikt ko‘rinishidagi javobgarliklar vujudga keladi. Binobarin, bemor va davolashprofilaktika muassasalari o‘rtasida, shu jumladan sog‘liqni saqlashning nodavlat tizimida ham, shartnomaviy munosabatlar kamdan-kam holatlarda o‘rnatiladi.
Etkazilgan zararni to‘lash
Fuqarolik qonunchiligida deliktning umumiy tamoyillari mavjud bo‘lib, ularga muvofiq bir shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga zarar yetkazishning o‘zi yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuzaga keltiradi. Shunday qilib, fiiqaro yoki yuridik shaxsning mulkiga yoki nomoddiy ne’matlarga zarar etkazish faktining mavjudligi delikt javobgarlikning vujudga kelishi uchun asos hisoblanadi
Qonunchilikka muvofiq shaxsiy nomulkiy huquqlariga shaxsning hayoti va sog‘lig‘i, sha’ni va qadr-qimmati, shaxsiy daxlsizligi, ishchanlik obro‘si, shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sir va boshqalar taalluqlidir. Shaxsga tegishli bo‘lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va tug‘ilgandan boshlab yoki qonunga muvofiq fuqaroga tegishli bo‘lgan boshqa nomoddiy ne’matlar tortib olinmaydi va o‘zga usul bilan boshqa shaxsga berilmaydi (0 ‘zR FK 99-modda).

Yetkazilgan zarar uchun javobgarlikning yuzaga kelish shartlari


Yetkazilgan zarar uchun majburiyat, va mos tarzda javobgarlik quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan vujudga keladi:
- zarar etkazilganlik fakti;
- zarar etkazgan shaxs harakatining g‘ayriqonuniyligi (harakat yoki harakatsizlik);
- zarar etkazgan shaxsning g‘ayriqonuniy harakati va vujudga kelgan zarar o‘rtasida sababiy bog‘liqlikni mavjudligi;
- zarar etkazgan shaxsning aybini mavjudligi. Sog‘liqqa zarar etkazgan tibbiy xodimning aybi ikki shaklda: qasddan (vrach zarar etishini istaydi va vujudga kelishiga imkon beradi) va ehtiyotsizlik orqasidan (zarar vrachning beparvoligi, o‘z o‘ziga o‘ta ishonish natijasida yuzaga keladi) sodir bo‘ladi.
Odatda uch holat mavjud bo‘lgan tibbiy xodim aybsiz deb topiladi:
1. Favqulotda holat yoki engib bo‘lmas kuch ta’siri (masalan, tabiiy ofatlar va sh. k. ) bo‘lganligi isbotlansa;
2. Agarda zarar bemorning iltimosi yoki uning roziligi bilan yetkazilgan bo‘Isa. Ushbu holat bemorning ma’lumotli roziligini olish talablariga rioya etish nechog‘li muhim ekanligidan dalolat beradi.
3. Bemor tomonidan qo‘pol ko‘rinishdagi ehtiyotsizlikka, vrach tomonidan belgilangan talablarning buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi isbotlansa (V. V. Chernobay, 2005).
Bunday holatlarda tibbiy hujjatlami yuritish holati alohida ahamiyat kasb etadi - asl nusxaning mavjudligi, kundaliklardagi ma’lumotlarning to‘laqonligi, to‘g‘rilashlaming yo‘qligi va h. k. 0 ‘zR FK 985-moddasiga muvofiq, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek yuridik shaxsga etkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda zarami etkazga shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

Zararni qoplash bo‘yicha da’vo muddati


Da’vo muddati - shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir. 0 ‘zRFK 150-moddasiga muvofiq, umumiy da’vo muddati - uch yil
Fuqarolik huquqiy munosabatlar subyekti sifatida ham jismoniy, ham yuridik shaxslar fuqarolik subyekti maqomiga ega bo‘lgan davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar bo‘lishi mumkin

Thank you for attention


Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish