Sertifikatlashtirish to‟g‟risida tushuncha Tovarlarni me‘yoriy hujjatlarda belgilangan aniq sifat darajasiga
muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirish jarayoni o‘tkaziladi.
Sertifikatlashtirish – mahsulot, jarayon yoki xizmatning belgilangan
talablarga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlash jarayonidir.
Tibbiy mahsulotni sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi – dori vositalari
va tibbiyot buyumlarining me‘yoriy hujjatlar majburiy talablariga muvofiqligini
isbotlashdir.
Tibbiy mahsulotni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining
«Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan «Majburiy
sertifikatlashtirishdan o‘tadigan mahsulot va xizmatlarning ro‘yxati»ga binoan
amalga oshiriladi.
Axolini yuqori sifatli va bezarar dori vositalari xamda xavfsiz tibbiy
texnika, buyumlar bilan ta‘minlash yagona davlat siyosatini amalga oshirish va
iste‘molchilar manfaatini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida
2003 yil 1 yanvardan dori vositalarining majburiy sertifikatsiyasi joriy
etildi.O‘zbekiston Respublikasi xududida faqat muvofiqlik sertifikati bo‘lgan dori
vositalarining savdosi ruxsat etiladi.
Xozirgi
paytda
respublikada
sertifikatsiya
idoralari
va
sinov
laboratoriyalari faoliyat yuritayotgan sertifikatlashtirish tizimi shakllangan.
Farmatsevtik mahsulotni sertifikatlashtirish ―O‘zstandart‖ Agentligi
tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish
idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Sertifi katlashtirish idoralari:
O‘zR SSV dori vositlari ekspertiza va standartizatsiya Davlat markazi
qoshidagi tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirishning Markaziy idorasi;
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Andijon filiali;
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Urgench filiali;
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Samarqand filiali
DVESDM Markaziy sertifikatlashtirish idorasining Qarshi filiali;
Toshfarmi qoshidagi dori vositalari standartizatsiyasi Ilmiy markazi
(DVSIM);
MCHJ ―SofDori‖ tibbiy mahsulot sertifikatsiya markazi.
Tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasining asosiy vazifalari:
59
•
akkreditatsiya sohasi buyicha sertifikatlashtirish ishlarini tashkil
kilish, amalga oshirish(muvofiqlik sertifikati berish) va boshqarish;
•
odamlarning hayoti va atrof muxit uchun havfli bo‘lgan tibbiy
mahsulotlarni savdo qilinishini oldini olish;
•
mahsulotlarni xalkaro bozorlarda rakobat kila olishini ta‘minlashga
yordam berish;
•
tibbiy mahsulotlarni sertifikatlashtirish ishlarini takomillashtirib
borish.