Davlat
Standartlarni ishlab
chiqaruvchi
tashkilot
Standartning
nomi
Rossiya
Federalnoe agentstvo po
texnicheskomu regulirovaniyu i
metrologii
ГОСТ
Kanada
Canadion Standards Association
CSA
Germaniya
Deutsches Institut fur Normung
DIN
Ispaniya
Institute National de
Rationalizationy Normalization
UNE
Frantsiya
Assotiation Francaise de
AFNOR
64
Normalisation
Velikobritaniya
British Standards Institution
BSI
Italiya
Ente National Italiano de
Unificazation
UNI
Yaponiya
Japanese Institute for
Standardization
JIS
Shvetsiya
Metallnormcentralen
VNC
AQSh
American Sosiety for Testing
and Materials
ASTM
Obsheevropeyskiy
standart
Remmision der Europaischen
Gemeinschaften
Koordinierungsausschuss fur die
Nomenklatur der Eisen-und
Stahlerzeignisse
EURO
Mejdunarodniy
standart
International Organization for
Standardisanion
ISO
1- jadval. Xalqaro standartlar
Xalqaro standartlar
1946 yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti(OON) tomonidan
standartlash bo‘yicha Halqaro tashkilot (ISO-ISO) tashkil topgan. ISOning asosiy
vazifasi-xalqaro savdoga va ilmiy- texnik taraqqiyotga ko‘maklashish va
rivojlantirish maqsadida xalqaro tavsiya (standart)lar ishlab chiqishdir.
ISO va uning texnik qo‘mitalari , xay‘atlari guruhlari tomonidan standartlash
bo‘yicha xalqaro tavsiyalar loyihalarini yaratish, kelishish va tasdiqlash bo‘yicha
katta ishlar qilingan. Bular qatorida xalqaro elektr xay‘ati (IEC) (MJ); Me‘yorlash
Evropa qo‘mitasi (CEN, EKH); Sifatni nazorat qilish Evropa tashkiloti (EOKK);
Metrologiya xalqaro tashkiloti (MOZM) va boshqalar.
Xalqaro elektr hay‘ati (komissiyasi) (MEK –XEK) va Xalqaro standartlash
tashkiloti (ISO – XST) standartlash borasida dunyoda eng nufuzli tashkilotlardir.
XEK tibbiy elektr uskunalar xavfsizligiga nisbatan talablarni tartibga soluvchi
standartlar ustida ishlaydi, XST ISO esa mahsulotning boshqa barcha turlari
bo‘yicha standartlarni ishlab chiqadi.
Jami bo‘lib XEK va XST da tibbiy mahsulotlarni standartlash bo‘yicha 14 ta
texnik qo‘mita, kotibiyatlar tashkil etilgan, ulardan 7 tasini Germaniya, 3 tasini
AQSH, 2 tasini Buyuk Britaniya, 1 tadan qo‘mitani esa SHvetsiya va Daniya
boshqarmoqda.
Xalqaro standartlarning umumiy soni 586 ta bo‘lib, ularning texnik
qo‘mitalar bo‘yicha taqsimoti 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Standartlash ayniqsa faol
rivojlanayotgan qo‘mita va komissiyalar: TK/MEK da (62 -ta), Tibbiy elektr
uskunalar va apparatlar qo‘mitasi bo‘yicha 100 ta hujjat, TK/ISO – 106 tani tashkil
etadi.
65
Xalqaro bozorga kelib tushayotgan tibbiyot mahsulotlarning ta‘sirchanligi,
tozaligi va sifatining maqbul standartlarini belgilovchi Xalqaro Farmakopeya
(dori tayyorlash, tekshirish, saqlash va bemorlarga yozib berishga oid qoidalar
to‘plami) xalqaro standartlarning asosini tashkil qiladi. Ushbu standartlar
BSST(VOZ) ustaviga muvofiq BSSTga a‘zo mamlakatlar tomonidan qabul
qilinishiga qulaydir. 1951 yildan boshlab BSST Xalqaro Farmakopeyani nashr
qilib kelmoqda.Xozirgi kunga qadar uning uchta nashri chiqqan(1967,
1981,1988y.y).
Ko‘plab davlatlar o‘zlarining milliy farmakopeyalarini yaratishgan. Milliy
farmakopeyalar asosan qimmat turadigan asbob-uskunalar va yuqori malakali
xodimlarni talab qiladigan murakkab tahlil usullariga tayanadi. SHu bois ularning
talablari iqtisodi etarlicha rivojlanmagan mamlakatlar uchun maqbul emas.
Xalqaro farmakopeya usullari oddiy va kam xarajatlidir.
Shunday qilib, Xalqaro Farmakopeya ayrim keng qo‘llaniladigan milliy va
mintaqaviy Farmakopeyalarning muqobilini o‘zida mujassamlashtiradi. Uning
asosiy maqsadi klassik uslublar negizida sifatning ishonchli standartlarini taklif
qilib, rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga moslashishdan iboratdir.
Boshqa standart, bu – Evropa Farmakopeyasi bo‘lib, u 1964 yilda Evropa
Kengashi (EC-ruscha) nomidan tatbiq etilgan. Evropa Kengashining
direktivasiga binoan (20.05.1975) Evropa farmakopeyasining monografiyalari
savdo litsenziyasi uchun hujjatlarni tuzishda (ya‘ni, dori vositalarni ro‘yxatga
olish) majburiy hisoblanadi. Evropa Farmakopeyasining maqsadi – jamoatchilik
salomatligini saqlashda dori preparatlar sifatini kafolatlovchi ijtimoiy standartlarni
ta‘minlashga ko‘maklashishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |