«Isteriya» so'zi yunoncha «histeria» so'zidan olingan bo'lib, bachadon degan ma’noni anglatadi. Bu kasallik belgilari haqida qadimgi risolalarda ko'p yozilgan va isteriyani awallari bachadon funksiyasi bilan bog'lashgan, chunki uni, asosan, ayollarda kuzatishgan. Keyinchalik isterik buzilishlar erkaklarda ham aniqlangan bo'lsa-da, uning awalgi nomi saqlanib qolgan. Isteriya nevrozning boshqa turlari kabi keng tarqalgan kasallikdir.
Isterik nevroz, asosan, yoshlik davrida, ko'proq ayollarda kuzatiladi, ayni paytda, uning kelib chiqishi xulq-atvoming bolalikdan isterik tarzda shakllanishiga bog'liq.
Ortiqcha ta’sirlanish, har narsaga haddan tashqari e’tibor berish, mustaqil fikrlay olmaslik, ortiqcha ishonuvchanlik, rang-barang his- tuyg'ularga berilish isteriya uchun juda xos belgilardir. Ular ruhan va jismonan zaif kishilar hisoblanadi. Ko'pchilik isterik bemorlar fe’I-atvori bolalarniki kabi bo'ladi. Bunday bemorlar uchun atrofdagilar diqqatini o'ziga jalb etish xosdir. Isterik buzilishlar faqat nevrozlarda emas, balki psixopatiyalarda ham kuzatiladi. Isterik nevroz simptomlari aksariyat hollarda xilma-xil kasalliklar alomatini eslatadi, shu bois ham isteriyani «katta mug'ombir» deb atashadi. Ularda barcha somatik kasalliklar belgisini kuzatish mumkin, aslida esa bunday kasalliklar ularda aniqlanmaydi.
Isterik nevrozning turlari xiLma-xildir. Ularning barchasi, odatda, ruhiy jarohat (ayniqsa, janjal va xafagarchilik) dan so'ng paydo bo'ladi.
Endi isteriyaning keng tarqalgan turlari bilan tanishib chiqamiz.
Es-hushning kirdi-chiqdi boMib qolishi. Birdan boshlanadigan va aksariyat hollarda tez tugallanadigan holat bo'lib, bunda bemor atrofga befarq bo'ladi, qayerda ekanligini fahmlay olmaydi, hozir soat nechaligi va o'zi nima qilayotganini bilmaydi. Bu holat bir necha daqiqadan bir necha soatgacha davom etishi mumkin. Es-hushning isterik torayishida bemor atrofda sodir bo'layotgan voqealardan qisman voqif bo'lsa-da, bo'lib o'tgan hodisalami eslab qola olmaydi.
Isterik fuga (lotincha «fuga» - qochish demakdir). Bunda bemor janjal yoki boshqa bir ruhiy jarohatdan so'ng to'satdan uy, ishxona yoki boshqa joydan qochib chiqib ketadi, uning xatti-harakatlari maqsadsiz bo'ladi, vaziyatni tushunish va atrofda nimalar sodir bo'layotganini fahmlash buziladi. Ammo, chetdan qaraganda, boshqa birovlarga uning yurish-
240
turishi maqsadga muvofiqdek ko‘rinadi. Arzimagan urush-janjaldan so'ng bunday shaxslar, hatto, boshqa shaharga ham ancha vaqtga ketib qolishi mumkin. Keyinchalik bu bemorlarning ko‘pchiligi ular bilan nimalar sodir bo‘lganini eslay olmaydi yoki qisman eslaydi, ammo gipnoz holatida hamma narsani eslatish mumkin.
Isterik shaxslarda uchrab turadigan yana bir sindrom Ganzer sindromidir. U, odatda, o'tkir rivojlanadi, ruhiy shikastdan so'ng to'satdan boshlanadi. Uning asosiy xususiyati bemorning aql bovar qilmaydigan tuturuqsiz harakatlaridir. Ular eng oddiy savollarga tuturuqsiz javob berishadi. Masalan: «Ikki karra ikki necha bo'ladi?» deb so'ralsa, bemor oliy ma’lumotli bo'lishiga qaramay, «Besh», deb javob beradi yoki qo'lda nechta barmoq bor desa, og'ziga kelgan sonni aytadi. Uning belgilari demensiyani eslatadi, lekin demensiyada bemorlar aksariyat savollarni tushunishmaydi, ulardan iltimos qilgan narsalarni emas, boshqalarini bajaradilar yoki fikrlarini to'g'ri ifodalay olmaydilar, avval orttirgan ko'nikmalarini yo'qotishadi. Demensiya belgilari, odatda, zo'rayib borsa, isterik «oemensiya» belgilariga o'tib ketadi.
Ruhiy jarohat g'oyat kuchli bo'lganda isterik stupor rivojlanishi mumkin. Bunday paytlarda bemor tamomila harakatsiz bo'lib qoladi, indamaydi va atrofga befarq bo'ladi, yuzida aziyat chekkan ifoda paydo bo'ladi. Bu holat bir necha soat yoki kun davomida o'tib ketishi mumkin. Lekin davolash muoiajalari o'tkazilmasa, bu holat bir necha oygacha davom etadi.
Puerilizm - bolalar xatti-harakatini eslatuvchi holat bo'lib, yoshi kattalarda kuzatiladi. Ular bolalarga xos bo'lgan qiliqlar qilishadi: boladek ingichka tovush chiqarib gapiradi, ko'zlarini katta-katta ochadi, kipriklarini pirpiratadi, birov gapirganda og'zini ochib turadi. Bemor shu qilig'i bilan boshqalarning diqqatini o'ziga jalb qiladi. Ammo bundan oldin orttirilgan ko'nikmalari saqlangan bo'ladi.
Isterik buzilishlaming yana bir turi isterik depressiyadir. Bunda bemor o'ta past kayfiyatda bo'ladi va bu qilig'i bilan atrofdagilar diqqatini o'ziga jalb etishga intiladi, ularni o'ziga rahmdil bo'lishga chaqiradi. U naqadar og'ir ahvolda ekanligiga boshqalarning e’tibor berishlarini istaydi va hokazo.
Isterik tutqanoq xuruji ham keng tarqalgan simptomlardan biridir. Isteriyada kuzatiluvchi tutqanoqlar har xil bo 'ladi va ularning epilepsiyada kuzatiladigan haqiqiy tutqanoqlardan farq qiladigan tomoni ko'pdir. Isterik tutqanoq hech qachon bemor yolg'iz qolganda ro'y bermaydi, chunki unga doim tomoshabinlar kerak bo'ladi. Talvasa tutganda, bemor birdan yerga yiqilib, mushaklari tortishadi va talpina boshlaydi, lekin boshi bilan qattiq narsalarga urilmaydi. Ular tutqanoq xuruji paytida
241
o‘ziga qulay joy topib, biror joyiga qattiq shikast yetkazmasdan yiqilishadi. Xuruj paytida bemorlar, odatda, yoy singari egiladi - bunga isterik yoy deb ataladi. Bunday fe’l-atvor ko'pgina injiq va erka bolalarga xosdir. Masalan, onasi yangi o‘yinchoq olib bermasa, do'konda yerga yiqilib, qo‘l va oyoqlarini, goho boshini ham yerga urib qattiq chinqirab yig‘laydi. Agar qo‘rqib ketgan ona so‘ragan o‘yinchog‘ini olib bersa, bola shu zahoti tinchlanadi. Bu odat keyinchalik voyaga yetgan yoshda ham namoyon bo‘lishi mumkin.
Isterik xurujda mushaklar tortishuvi (xalq orasida buni tomir tortishuvi deb ham atashadi) hammavaqt ham kuzatilavermaydi va xilma- xil bo'ladi, ularda soxtalik va atayinlik seziladi. Masalan, bemor go'yo uni kimdir urmoqchi bo'lgandek, yuzini qo'li bilan berkitadi, qichqirib yuboradi, xo‘rsinib yig'laydi va hokazo. Isterik tutqanoqda bemorlarning es-hushi joyida bo'ladi, tevarak-atrofni to'la idrok etishadi va unga tegishlicha reaksiya qilishadi. Masalan, agar xuruj tutganini birov mazax yoki kalaka qilgudek bo'lsa, bemor darhol xurujni to'xtatadi va o'midan turib ketadi. Xuruj paytida bemor epilepsiyada bo'lgani kabi tilini tishlab olmaydi va bexosdan qovug'i bo'shab ketmaydi.
Xafaqon kasalligi xuruji yoki yurak xurujini eslatuvchi isterik tutqanoqlar ham ko'p kuzatiladi. Yurakning tez-tez urishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi va hushni yo'qotish bilan kechadigan vegetativ xurujlar ana shular jumlasidandir. Xuruj paytida bemor boshdan-oyoq titraydi va «Hamma yerim qaqshab og'riyapti», deb noliydi. Me’da spazmi bilan kechuvchi xurujlarda qorinda kuchli og'riq paydo bo'ladi, bemor to'lg'anib yotib oladi, qayt qiladi.'
Isterik nevrozda turli xil falajliklar ham kuzatiladi. Isterik falajlar ba’zan miya insuitidan so'nggi klinik holatni eslatadi. Bu esa mutaxassis bo'lmagan kishining fikrini chalg'itishi mumkin. Isterik falajliklarda reflekslar va mushaklar tonusi o'zgarmay qoladi, patologik reflekslar kuzatilmaydi. Tananing qoq o'rta chizig'i bo'ylab, falajlangan tomonda sezgi ham buziladi. Periferik falajlikda kuzatiluvchi mushaklar atrofiyasi, mushak kuchining susayishi qayd qilinmaydi. Bordi-yu, isterik falajlik noto‘g‘ri davolansa yoki uni davolash cho'zilib ketsa, bemorda uzoq vaqt davom etadigan oyoq-qo'llardagi harakatsizlik mushaklaming diffuz atrofiyasiga sabab bo'lishi mumkin, xolos.
Isteriyaga chalingan bemorlarda giperkinezlar (beixtiyoriy harakatlar) ham kuzatilishi mumkin. Bu harakatlar bemorda hayajonlanganda kuchayadi va tinchlanganda kamayadi yoki butunlay to'xtaydi. Giperkinezlar isterik xuruj tugagach ham yuz berishi mumkin. Ba’zan bemorda falajliklar giperkinezlar bilan birgalikda kuzatiladi. Isterik giperkinezlar butun gavdaning silkinishi, bosh va oyoqlarning titrashi, ayrim mushak guruhlarining uchib turishi, qo'llarning g'ayritabiiy harakat
242
qilishi bilan kechadi. Chin giperkinezlardan farqli o'laroq, ular bemorning hissiy holati va ruhga shikast yetkazuvchi vaziyatga ko'p jihatdan bog'liq. Bu simptomlar uzoq vaqt davom etishi va arzimagan kelishmovchiliklarda kuchayib ketishi mumkin.
Isterik astaziya-abaziya. Bu holat tik tura olmaslik va yura olmaslik bilan namoyon bo'ladi. Bosh miya katta yarim sharlari peshona bo'lagi zararlanishlaridagi astaziya-abaziyadan farqli o'laroq, isteriyada kuzatiladigan bu sindromda bemorlar yerga emas, balki uni ushlab turgan odam ustiga ag'anaydi. Ularda ham mushaklar gipotoniyasi kuzatiladi, lekin boshqa organik nevrologik simptomlar kuzatilmaydi. Diagnostik murakkab holatlarda paraklinik tekshiruvlar o'tkaziladi.
Isterik algiyalar (ya’ni og'riqlar) - eng ko'p tarqalgan buzilishlardan bo'lib, deyarli barcha isterik sindromlarda turli ko'rinishlarda kuzatiladi. Bemorlar tananing turli joylari - orqa, qorin, yurak, bosh sohalari doim og'rishidan shikoyat qiladilar. Og'riq, shuningdek, bo'g'im, qo'l yoki oyoq, til, xullas, tananing barcha joyida paydo bo'ladi. Ayni paytda, bunday og'riqdan shikoyat qiluvchi bemorlar turli ixtisoslikdagi doktorlarga murojaat qilib yurishadi. Ba’zan bemorlar jarrohlik operatsiyasi o'tkazishni qattiq talab qilishadi.
Isteriyada yuqorida aytib o'tganimizdek, turli xil sezgi buzilishlari ham kuzatiladi. Organik va funksional sezgi buzilishlari orasidagi farqni faqat maxsus nevrologik tekshiruvlardan so'ng aniqlab olish mumkin. Har bir nerv tanadagi muayyan sohaning sezgisi va harakati uchun javob beradi. Isterik anesteziyalarda bu qoida saqlanmaydi. Ayni paytda, pay reflekslarida ham o'zgarishlar kuzatilmaydi, eng jiddiy nevrologik tekshiruvlar ham sezgi buzilishini izohlab beradigan hech qanday organik kasallikni aniqlab bera olmaydi.
Tarixiy adabiyotlarda befarzand ayollarda uchraydigan isterik homiladorlik haqida ham yozib qoldirilgan. Bu holatni ba’zi mutaxassislar ichaklarga ortiqcha gaz to'planishi bilan izohlashsa, boshqa birlari qorin mushaklarining vaqtincha bo'shashib kattalashishi hisobiga deb tushuntirishadi. Isterik homiladorlikda qorin uncha kattalashmaydi.
Shuningdek, «sehrli shifolar» haqida klassik adabiyotlarda uchratish mumkin: bemor sehrli tumorgacha emaklab borib, ularga qo'l tekkizgan zahoti shifo topgan, o'rnidan turib, yurib ketgan. Isteriyada «soxta o'lim» haqida ham ma’lumotlarni uchratish mumkin. Bunday bemorlarga tabib «sehrli» qo'lini tekkizganda yoki og'ziga sehrli giyoh eritmasini tomizganda, ular «tirilgan».
So'nggi davrda isterik buzilishlarning klinik alomatlari o'zgardi, bu kishilar hayot tarzining o'zgarganiga ham bog'liq. Bu vaziyatni axborot hajmi va tibbiyotga oid adabiyotlar ko'payganligi, odamlarning
243
internetdan salomatlikka oid ma’lumotlardan foydalana boshlaganliklari bilan ham tushuntirish mumkin. Bu adabiyotlar odamlarning tibbiy sohaga oid bilimlarini bir oz kengaytirdi. Bu ma’lumotlarning ijobiy tomonlaridan tashqari, salbiy tomonlari ham ko'pdir.
Aksariyat hollarda isterik nevroz simptomlari birmuncha xilma-xil bo'lib, uning kechishi ko‘p tarqalgan kasalliklarni eslatadi: insult, meningit, ensefalit, tarqoq skleroz, o'sma kasalliklari va hokazo. Ba’zi hollarda, isterik bemordagi kasallik belgilari uning boshqa kishilarda kuzatgan yoki tibbiy adabiyotlarda o'qigan kasalliklariga o'xshab ketadi. Shu bois, tashxisni to‘g‘ri qo'yish uchun turli ixtisosdagi vrachlar nafaqat isterik nevrozning klassik alomatlarini, balki «zamonaviy» isterik simptomlarning klinik belgilarini ham o'zlashtirib borishlari kerak.
Ko'rsatib o'tilgan xususiyatlar turli ixtisoslikdagi vrachlarga isterik buzilishlami chin kasalliklardan ajratishda yordam beradi. Shuningdek, isterik nevrozning barcha alomatlari soxtadir. Bemor atrofidagilarga shunday deb yuboradi: «Menga e’tibor bermaganingizdan ana shu ahvolga tushib qoldim-ku! Men falaj bo'lib qoldim (yoki ovozim bo'g'ildi, eshitmay qoldim, ko'rmay qoldim va shu kabilar), sizning aybingiz bilan a’zoi badanim qaqshab og'riyapti va dardim bedavo bo'lib qolgan», deb zorlanadi.
Isterik belgilami davolashni o‘ta qisqa muddat ichida olib borish kerak. Davolash muolajalari qancha ko‘p cho'zilsa, ijobiy natijaga erishish shuncha qiyin bo'ladi. Bemorlar to‘la tuzalgandan so'ng ham oilaviy va boshqa mojarolar oqibatida yana doktor qabuliga kelib qolishlari mumkin. Isterik bemorlar vrachlar va tabiblarga eng ko'p qainaydigan bemorlar sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |