Tibbiyot psixologiy asi


Nevrozning uchta turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nevroz), isteriya, miyadan ketmaydigan fikrlar



Download 0,96 Mb.
bet94/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nevrozning uchta turi farqlanadi: nevrasteniya (tom ma’noda nevroz), isteriya, miyadan ketmaydigan fikrlar.
Nevrasteniya
Nevrasteniya (grekchadan «neuron» - nerv, «astenia» -zaiflikj asabning zaifligi degan ma’noni anglatadi. Nevrasteniya asabning ortiqcha zo'riqishidan kelib chiqadi. Asabi tor odamlar nevrasteniyaga tez


238




chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo‘lish, oiladagi va ishxonadagi kelishmovchiliklar, doimiy qo'rquv va xavotir nevrasteniyaga sabab bo'lishi mumkin. Nevrasteniyaning oila a’zolarida uchrashi uning rivojlanishida nasliy omillar borligini ham ko'rsatib beradi. Yosh bolalarda nevrasteniyaning rivojlanishiga uni o‘rab turgan muhit, ayniqsa, ota-ona orasidagi janjallar sabab boiadi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari ham bundan mustasno emas.
Nevrasteniya nafaqat jahldor odamlarda, balki o'ta andishali odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odamlar janjal chiqqanda hissiyotga zo‘r bermaslikka va o'zini boshqarib turishga harakat qilishadi, birovning ko'nglini og'ritib qo'yishsa, aziyat chekishadi. Bu holatlar, aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sabab bo'ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, surunkali va og'ir kasalliklar ham nevrasteniyaga olib keladi.
Nevrasteniyaning klinikasi turli-tuman bo'lib, ular ichida tez-tez asabiylashish, jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og'rishi, bosh aylanishi, umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy mehnatga qobiliyatning pasayishi kabi simptomlar ko'p kuzatiladi. Nevrozning asosiy simptomlariga psevdonevrologik sindromlar bobida batafsil ta’rif berganligimiz uchun bu yerda ular haqida to'xtalmadik.
Nevrasteniya, davolash muddati va natijasi ko'proq uning to'g'ri olib borilishiga bog'liq. Davolashni boshlashdan oldin nevrasteniyaga olib keluvchi sabablar aniqlanishi va ular iloji boricha bartaraf qilinishi kerak. Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi hollarda nevrasteniyaning sababini aniqlash va ularni yo'qotish ancha mushkul bo'ladi.
Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish, teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi.
Nevrasteniyani davolash uchun juda ko'p dori-darmonlar mavjud. Lekin ularga individual tarzda yondashish kerak. Bu maqsadda turli trankvilizatorlar, sedativ dorilar va psixostimulyatorlardan foydalaniladi. Lekin nevrasteniyani davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli sedativ ta’sirga ega bo'lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga tavsiya qilib bo'lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, yaxshi natijaga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun kuchli tinchlantiruvchi ta’sirga ega va nojo'ya ta’siri kam bo'lgan dorilardan foydalaniladi. Psixosomatik sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixodinamik terapiya nevrozlarni davolashda ham keng qo'llaniladi. Shuningdek, bemorlarga umumiy


239




massaj, igna bilan davolash, ertalabki gimnastika va sportning o'ziga ma’qul turlari bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir marta sihatgohlarda dam olib turish ham o'ta foydalidir.
Isterik nevroz (Isteriya)

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish