Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet59/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nazorat uchun savollar

  1. Shaxs deganda nimani tushunasiz?

  2. Shaxs tiplari haqida so'zlab bering.

  3. Shaxsni tekshirish usullarini bilasizmi?

  4. Temperament nima? Uning qanday tiplarini bilasiz?

  5. 0‘zingiz qaysi temperament egasisiz?

  6. Xarakter haqida so'zlab bering.

  7. E. Krechmer va Sheldonning gavda tuzilishi va xarakter to'g'risidagi

qarashlari haqida so'zlab bering.


159


  1. BOB. PSIXOGIGIYENA, PSIXOPROFILAKTIKA VA DEONTOLOGIYA ASOSLARI


Shifokor yuksak darajada axloqli, jonkuyar, ozoda va xush ko'rinishga ega bo'lishi kerak.
Gippokrat

  1. Psixogigiyena

Psixogigiyena - bu ruhiy salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan fan bo‘Iib, umumiy gigiyena va klinik tibbiyotning ajralmas qismiga aylangan.
Psixogigiyena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda psixosomatik buzilishlarning oldini olish yo'llarini izlaydi va gigiyena talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
Psixogigiyena tashqi salbiy omillarning asab tizimiga ta’sirini kamaytirish, asab markazlarining «immunitetini» mustahkamlash bilan ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena muammolari psixoprofilaktika muammolariga o'xshab ketadi. Chunki har qanday psixogigiyenik muolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, miokard infarkti, insult kabi og‘ir kasalliklarning oldini olishga yordam beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillarning ta’siri ko'pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asab-ruhiy kasalliklar va yurak-qon tomir kasalliklari soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bu o'z navbatida psixogigiyena faniga katta vazifalarni yuklaydi.
Kuchli hayajonlanish, og'ir musibat, aqliy zo'riqish organizmning umumiy holatiga nojo'ya ta’sir ko'rsatadi. Buning natijasida gomeostazning normal faoliyati buzilib, ichki a’zolar kasalliklari rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Demak, ruhiy salomatlikni saqlash butun bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. Psixogigiyena asab- ruhiy kasalliklar, shaxs o'zgarishlari, ichkilikka ruju qo'yish, giyohvandlik kabi illatlaming oldini olish bilan ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena muammolari inson shaxsini e’tiborga olgan holda yechiladi. Vaholanki, shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga katta ta’sir ko'rsatadi.
Har bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini bilishi kasalliklarni davolashi va uning oldini olishda, shuningdek, psixopro-filaktikadan yangi dasturlar tayyorlashida katta yordam


160




beradi. Ruhiy zo‘riqishlar ichki a’zolar kasalliklariga sabab bo'Isa, o'z vaqtida ichki a’zolar patologiyasi inson ruhining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi holatlar inson ruhini ishdan chiqaradi. Bunday odamlar ruhiy salomatligidan ayrilib, ichkilikka ruju qo'yadigan, hech kimga ishonmay- digan, o'zining sog'ayib ketishiga ham katta shubha bilan qaraydigan bo'lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. Albatta, oilada asabi buzilgan yoki bir so‘z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan odam bo'lsa, buning yomon ta’siri oila a’zolariga ham tezda o'tishi, ularning ruhiy salomatligiga katta ziyon yetkazishi mumkin. Demak, psixogigiyenaning yana bir katta muammolaridan biri, bu oila psixogigiyenasidir. Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning atrofidagi qarindosh-urug'lari, yor-birodarlarining ruhiy salomatligini ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiyena muammosi va muvaffaqiyatlarini keng ma’noda tushunmoq kerak. Chunki psixogigiyena bevosita jamiyat muammolarini ham hal qilishga ulkan hissa qo'shadi, ruhiy sog'lom bo'lgan shaxsgina biror-bir kasbni egallab, uning uddasidan chiqishi mumkin. Ruhan sog'lom kishigina yaxshi vrach, quruvchi, haydovchi, o'qituvchi yoki uchuvchi bo'lishi mumkin.
Xo'sh, psixogigiyenaning asosiy vazifalari, yo'nalishlari nimalardan iborat? Psixogigiyena quyidagi maqsadlarni o'z oldiga qo'yadi:

  1. sog'lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;

  2. tibbiy maskanlarda gigiyena talablariga javob beradigan sharoit yaratish;

  3. insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillami kamaytirish va tugatish;

  4. bemorlarni jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirish, uni keng ommaga yoyish;

  5. har bir insonni o'z salomatligiga e’tibor bilan qarash hamda uni saqlashga o'rgatish.

Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga bo'linadi:

  1. yoshga oid;

  2. aqliy va jismoniy mehnat;

  3. o'rganish va o'rgatish;

  4. oila va jinsiy hayot;

  5. turmush;

  6. bemor psixogigiyenasi.

Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, ya’ni chaqaloq tug'ilgan davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi


161




juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o‘yinlarga asoslangan bo‘ladi. Uning idroki yoshiga mos bo‘ladi. Bola o‘zi qiziqqan narsa bilan shug'ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo'lib gapirish, uni to‘g‘ri yo'lga boshlash, kamchiliklarini o‘z vaqtida tuzatib borish o‘ta muhimdir. Bolani qattiqqo'llik bilan emas, faqat uqtirish yo‘li va tayinlash bilan tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha erkalatib yuborish, uning aytganini qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, u qaysar, о'jar, ota-onani hurmat qilmaydigan bo'lib o‘sadi. Bolani uning yoshiga mos turli o'yinlar bilan mashg‘ul qilish kerak. Uni teatr, sirk va hayvonot bogMariga olib borish, tabiat qo'ynida tarbiyalash, bolaning sinxron rivojlanishida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bolalar psixogigiyenasida kattalar xulq-atvori, avvalambor, ota- onasining xulq-atvori o‘ta muhim ahamiyatga ega. Doimo janjal bo‘ladigan, ichkilik ichiladigan, kitob mutolaa qilinmaydigan oilada yaxshi farzand voyaga yetishi ancha murakkabdir. Bola ota-onaning yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig'iga ham taqlid qiladi. Hali bolada bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i funksional jihatdan to'la shakllanmaganligi sababli ularda yaxshi-yomonni tahlil qilish imkoni past bo'ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar aytish, hayotdan misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg'otadi, insonlarga mehr- muhabbatli bo‘lishga undaydi.
Agar ota-ona bolada fan, san’at yoki hunarning qaysidir bir turiga qobiliyatni sezib qolsa, unga har tomonlama yordam berib, barcha sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilaman deb, unga keragidan ortiqcha talab qo'yib yuborish, dars qilishga majbur qilaverish, ko'chada biroz o'ynagani qo‘ymaslik unda depressiya alomatlari rivojlanishiga sabab bo'ladi Bunga shunday misol keitirish mumkin: hali 8 yoshga toimagan G. ismli qizchani bizga ko'rsatishdi. Qizcha bosh og‘rig‘idan shikoyat qilar edi. Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada bosh og‘rig‘i sabablarini aniqlay olishmaganini va berilayotgan dorilar foyda bermayotganini aytishdi. Qizcha juda kam gapirar, bir nuqtaga qarab turaverar, doktor bergan savollarga zo‘rg‘a javob berar edi. Vrach o'zi haqida gapirib berishini iltimos qilganda, faqat boshi og'rishini aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alomatlarini aniqladik. Qiz avval hech qanday kasal bo'lmagan, miya jarohatlari olmagan, ichki a’zolari ham sog'lom edi. Qizchadan boshing doimo og'riydimi, og'rimagan payti bormi desa u: «Ha, doim og'riydi, lekin noyabr oyida og'rimadi», deb javob beradi (bemor fevral oyida tekshirilayotgan edi).
Qizdagi bosh og'riqning sabablari har tomonlama tekshirilib, kasallik anamnezi yaxshilab o'rganilgandan so'ng shu narsa ma’lum bo'ldiki, qizni 6 yoshidan boshlab o'qitish kuchaytirilgan maktabga berishgan.


162




Bundan tashqari, qizcha maktabdan qaytgach, ingliz tili o'qituvchisi uyda u bilan mashg'ulot olib borgan, so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun doimo savol-javoblar o‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to'lgach ko'chaga tengdoshlari bilan o‘ynagani chiqishga qo‘yilmagan. Albatta, bolaga qo‘yilgan bu ortiqcha talablar uni ruhan charchatib qo‘ygan. O'qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy mas’uliyat sezgan qizchaning miyasi doimo hissiy zo‘riqishda bo‘lib, bora-bora u kamgap, faqat savollargagina javob beradigan, tengdoshlari bilan o'ynamaydigan bo'lib qoladi. So'ngra esa qizchada doimiy bosh og'riq rivojlanadi. Noyabr oyida qizcha maktabdan ta’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, tabiiyki, dars qilmagan va ko'p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o'ynab o'tkazgan. Bundan xulosa qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablami kamaytirish, ularni qizning yoshiga moslash, ingliz tili o'qitishni vaqtincha to'xtatish, toza havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar bajarilgach, qizchada depressiya alomatlari (kamgaplik, ishtaha yo'qligi, hech narsaga qiziqmaslik va bosh og'rig'i) o'tib ketdi.
Bundan xulosa shuki, ko'pchilik asab-ruhiy buzilishlarning sababi noto'g'ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy zo'riqish, yoshga mos bo'lmagan talablarning qo'yilishidir. Bu salbiy omillar bartaraf qilinmas ekan, dori- darmonlarning ta’siri ko'zlangan maqsadni bermaydi.
Psixogigiyenaning asosiy maqsadi ham salbiy asab-ruhiy omillarni bartaraf qilishdir. Bolalarni maxsus kuchaytirilgan maktabga berayotganda psixologga ko'rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti- vaqti bilan psixolog nazoratida turishi kerak.
Shunday ekan, maktab yoshidagi bolalar psixogigiyenasi haqida alohida to'xtalib o'tish o'rinlidir. Shu o'rinda darslardagi ortiqcha yuk, o'quvchilar orasidagi yoki o'quvchi bilan o'qituvchi orasidagi kelishmovchiliklarni o'rganish va ularni bartaraf etish yo'llarini izlab topish zarur.
Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb muammolarga to'la bo'lgan davr- bu o'smirlik davridir. O'smirlik davrida nafaqat ruhiy o'zgarishlar, balki aqliy va jismoniy o'zgarishlar ham keskin kechadi. Bu davr - o‘tish davri hisoblanadi. O'smir - hali kechagi bola, lekin u hali katta kishi ham emas. U oldida turgan muammolami o'zi yechishga ruhan hali tayyor bo'lmasligi mumkin. Lekin uni «Hali sen yoshsan», deb hadeb tergayverish qaysar qilib qo'yishi mumkin. O'smirning mustaqilligini tan olgan holda, uning oldida har bir narsaga mas’uliyat hissini tug'dira borish o'ta muhimdir. U yechishi kerak bo'lgan muammolardan qo'rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga yengiltaklik bilan qaramasligi kerak. Bu davrda o'smir uchun eng katta


163




muammolardan biri seksual muammodir. Qizlarda esa hayzning kelishi ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo‘rquvlar bilan kechishi mumkin. Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach- psixologning vazifasi esa o‘smirda kechayotgan jarayonlarni o‘z vaqtida hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish, mehnatning o'ziga yoqqan turi bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirib borish o‘smir uchun g‘oyat muhimdir.
Katta yoshdagilar psixogigiyenasi, ko'pincha, kishining egallab turgan lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga bog'liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot psixogigiyenasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy hayotda baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o'rganib, jinsiy hayot nuqtai nazaridan insonlarda nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli hayot bo'lmaydi, ana shunday oilalarning jamiyatda ham o'z o'rnini topib keta olmasliklarini kuzatuvlariga asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin orasidagi nafaqat yaxshi munosabat va xushmuomalalik, balki normal jinsiy munosabatlar ham mustahkam oilaning asosini tashkil qiladi.
Jinsiy hayot - hayot mazmunini ifodalab beruvchi vosita bo'lib, usiz avlodni davom ettirib bo'lmaydi. Jinsiy hayotdagi keskin o'zgarishlar klimakterik va involyutsion davrda salbiy tomonga ketishi kishi ruhiy faoliyatiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jinsiy hayot psixogigiyenasini alohida o'rganish talab qilinadi. Oila mustahkam bo'lishi uchun nikohga katta e’tibor qaratilmog'i kerak. Turmush qurayotgan ikki yosh, albatta, tibbiy ko'rik hamda genetik va psixologik tekshiruvlardan o'tib, salomatligi haqida maxsus tibbiy ma’lumotnomani olgach, turmush aurish haqida xulosaga kelish mumkin. Aks holda, bu nikoh baxtsiz bo'ladi. «Qiz bersang ham, olsang ham yetti avioaini surishtirib ish qil», deb bekorga aytmagan xalqimiz. Bir oilaning baxtsizligi, uning qarindoshlari, qolaversa, butun jamiyatning baxtsizligi sifatida qaralishi kerak. Haqiqatan ham shunday.
Jinsiy a’zolarning anatomiyasi va fiziologiyasi haqida turmush qurayotgan yoshlar dastlabki ilmga ega bo'lishlari kerak. Turmush qurayotgan yigit yoki qizda ruhiy kasallik bormi-yo'qmi, nevropatolog yoki psixiatrlarning tibbiy xulosasi qanday? Bularga e’tibor, ko'pincha, turmush qurishdan oldin emas, balki buzilgach beriladi. Biz turmush qurgach, turmush o'rtog'ining ruhiy kasali borligi va uning ota-onasi to'ydan oldin farzandining «aybini» yashirganidan katta janjallar chiqib, butun boshli oilalar sudlashib yurganining guvohi bo'lganmiz.
Qariyalar muammosi har qanday jamiyatda ko'ndalang turgan muammodir. Chunki ular ishga yaroqsiz bo'lib qolishgach, ba’zan farzandlari e’tiboridan ham chetda qolib ketishadi. Ayniqsa, doimo faol


164




hayot kechirib kelayotgan kishi nafaqaga chiqib, ishsiz qolganda, uning ruhiyatiga katta ziyon yetishi mumkin.
Shuning uchun qariyalami mahalla yoki o‘zining awalgi mutaxassisligi bilan bog'liq ishlarga jalb qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash va saqlashga yordam beradi.
Psixogigiyena fani doimo takomillashib boradigan fandir. Bir necha yillardan so‘ng psixogigiyenaning maqsad va vazifalarida yangi yo'nalishlar paydo bo‘lishi tabiiy.
9.2. Psixoprofilaktika
Psixoprofilaktikaning maqsadi psixogen buzilishlarning oldini olishdir. Psixoprofilaktika umumiy profilaktikaning bir bo‘limi bo'lib, birlamchi va ikkilamchi turlarga bo'linadi.
Birlamchi profilaktikaning maqsadlari psixogigiyenaning maqsadlariga o'xshab ketadi va nafaqat asab-ruhiy kasalliklar, balki barcha somatik kasalliklarning oldini olish bilan ham shug'ullanadi. Bunga u qanday qilib erishadi? Bunga bolalik davridan boshlab, insonning ruhiy salomatligini nazorat qilib borish, o'z vaqtida yuqumli kasalliklarga qarshi emlash, ruhiy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan bolalar tarbiyasi va jismoniy rivojlanishiga har tomonlama yordam ko'rsatish orqali erishadi. Demak, psixoprofilaktikani nafaqat nevrolog, psixolog va psixiatrlar, balki pediatr, terapevt, endokrinolog va tibbiyotning boshqa mutaxassislari ham targ'ib qilishlari va amalga oshirishlari kerak. Birlamchi psixoprofilaktikaning asosiy maqsadlaridanyana biri yosh oila qurayotgan yigit-qizlarni tekshirib irsiy kasalliklarni aniqlash, yangi tug'ilgan chaqaloqlar salomatligini saqlash, onalar salomatligini muhofaza qilish hamdir.
Ikkilamchi profilaktika psixogen kasalliklarning qayta qo'zg'alishining oldini olish bilan shug'ullanadi. Shu maqsadda erta tashxis qo'yish, aniqlangan belgilarni o'z vaqtida bartaraf etish, yangi davolash usullarini keng qo'llash, kasalliklarning surunkali davrga o'tib ketishining oldini olish choralari ko'riladi.

  1. Deontologiya asoslari

«Barcha san’atlar ichida eng buyugi tibbiyotdir» degan edi Gippokrat. Vrachlik kasbini egallash uchun faqat shu sohaning bilimdoni bo'lish yetarli emas, albatta. Vrach, avvalambor haqiqiy inson bo'lmog'i kerak. Vrachni jang maydonidagi askarga o'xshatish mumkin. U dushman bilan olishayotib, faqat Vatan haqida o'ylaydi. Vrach ham bemoming hayotini saqlab qolish, uni sog'aytirib yuborish uchun kurashadi.


165




Bunda u o‘z manfaatini emas, faqat
bemorning tezroq sog'ayib ketishini o'ylaydi.
Shuning uchun ham qadimda vrachni yonib
turgan shamga o‘xshatishgan, u o'zi yonib erib
tugaguncha atrofga nur sochib, yorug'lik
taratib turadi.

Tibbiyot deontologiyasi vrach burchi,
qiyofasi, obro‘si, nomusi va vijdoni haqidagi
fandir. Deontologiya - yunonchadan burch
degan ma’noni bersa, etika - grekcha axloq degan
ma’noni anglatadi. Gippokrat qasamyodida
tibbiyot deontologiyasi va etikasiga oid ko‘p
iboralar keltirilgan. U «Axloqsiz vrachning
bemomi davolashga haqqi yo‘q», deb xitob
qilgan. Gippokrat qasamyodi tibbiyot
etikasining rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatdi.

Hozirgi kunda shifokor (vrach va hamshira) bilan bemor orasidagi munosabatlar chuqur falsafiy mushohada yuritishni talab qiladi. «Agar vrach bemor bilan til topishmasa, kuchli va foydali dorilar buyurilishidan qat’i nazar, bemorning tuzalib ketishi mushkullashadi», deb aytgan edi atoqli o‘zbek deontologi va terapevti E.Y. Qosimov (2001). «Davoning boshi ishonchdan boshlanadi, ya’ni bemor shifokorga va uning berayotgan dori-darmonlariga ixlos qo‘yishi kerak. Bu ishonchni paydo qiladigan inson, albatta, shifokorning o'zidir, uning go‘zal nutqidir. Shifokor o‘zining xatti-harakatlari, shirin so‘zi va tashqi ko‘rinishi bilan bemorlarning hurmatim qozonishi zarur» (E.Y.Qosimovning bo'lajcik shifokorlarga atab aytgan nutqidan).

Albatta, hozirgi kunda tibbiyotga pullik xizmatning kirib kelishi, deontologiyaning ba’zi yo'nalishlarini boshqacha tahlil qilishga undaydi. Sobiq sho‘ro davrida pullik xizmat deyarli yo‘q edi. Hozir davlat tomonidan maxsus ruxsatnoma olib vrachlar, poliklinikalar va shifoxonalar pullik tibbiy xizmat ham ko‘rsatishmoqda. Bu, albatta, endi deontologiyaning keragi yo‘q yoki ahamiyati pasaydi, degani emas. «Axir pul toMagandan so‘ng baribir yaxshi qaraydi-da», degan fikr yanglish fikrdir. Vaholanki, bemorning tuzalib ketishi to‘lagan puli miqdori bilan emas, vrachning bilimi, tajribasi va muomalasi bilan belgilanadi. Qolaversa, deontologiya faqat bemorga shirin so‘z gapirib, kulib qarab turish degani emas, deontologiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, ta’kidlab o‘tganimizdek, ishonchdir. Ba’zan hadeb vahima qilaveradigan bemorni qattiqroq «koyib» qo‘yishga ham to‘g‘ri keladi. Ana shundagina u vrachga ishonadi.






Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish