Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet67/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Psixogen nevralgiyalar




Har qanday psixogen giperesteziyalar tananing turli joylarida nevralgiya yoki mialgiyaga o‘xshash og'riqlar beradi. Ayniqsa, yuz sohasida kuzatiladigan og'riqlar bemorlarni juda qiynab qo'yadi. Bu og'riqlar kuchi turli darajada, oddiy achishishdan tortib kuchli sanchuvchi og'riqlargacha rivojlangan bo'ladi. Og'riq ikkala chakka, peshona, iyak sohalarida kuzatilishi mumkin. Agar og'riqlar tish va milklar sohasida kuzatilsa, gap psixogen stomatolgiyalar, tilda kuzatilsa glossalgiyalar haqida boradi. Ruhiy zo'riqishlar kuchaygan yoki tezlashgan sayin og'riqlar ham kuchayib boradi.
Yuz sohasidagi psixogen og'riqlar uchun ularning ovqat yeyayotgan paytda kamayishi yoki yo'qolishi xosdir. Uch shoxli nerv nevralgiyasiga o'xshab kechuvchi psixogen og'riqlarda sezgi buzilishlari nervlanadigan sohalarga mos kelmaydi va har kuni bemor turli sohadagi yoki turli darajadagi og'riqdan shikoyat qiladi. Nevrogen og'riqlardan farqli o'laroq, psixogen og'riqlarda analgetiklar yordam bermaydi. To'g'ri olib borilgan psixofarmakoterapevtik muolajalar bemor ahvolini yengillash- tiradi. Ba’zan tuzalib ketgan bemorlar og'riqning kuchayganidan shikoyat qilib, yana vrachga murojaat qilishadi. Buning sababi ko'pincha uydagi va ishdagi mojarolardir. Glossalgiya bilan xastalangan bir ayol davolash kursini olib ketganidan so'ng biroz vaqt o'tgach, yana og'riqning kuchayganidan murojaat qilib kelardi. Gap shundaki, bemorning turmush o'rtog'i ichkilikka mukkasidan ketgan va shu sababli uyida tez-tez janjal bo'lib turadi. Bu bemorda kuchli darajadagi affektiv buzilishlar aniqlandi. Chunki qo'rquv, ipoxondriya va depressiya psixogen nevralgiyalarning doimiy hamrohidir.
Psixogen nevralgiyalar ichida qovurg'alararo og'riqlar alohida e’tiborni talab qiladi. Ayniqsa, yurak sohasida joylashgan og'riqlar bemorlarni o'ta bezovta qiladi. Yosh ukasi avtomobil halokati sabab hayotdan ko'z yumgan bemorning yurak sohasida sanchuvchi og'riq paydo bo'ladi. Bemor kardiologga murojaat qiladi. U bemorni yaxshilab tekshirib, kardiogramma qilib, yuragi sog'lom ekani, qattiq siqilganidan shu og'riq paydo bo'lgani, tinchlantiruvchi dorilar ichish lozimligini va nevropatologga murojaat qilishni tavsiya qiladi. Nevropatolog ham bemorni obdan tekshirib, tinchlantiruvchi dorilar yozib beradi va psixoterapevtik muolajalar o'tkazadi. Shunga qaramay, bemor ikki oy ichida yurak sohasidagi og'riqlardan 16 marta EKG qildirgan va 10 marta «Tez yordam» mashinasini chaqirgan.
Statistik ma’lumotlarga ko'ra, ko'krak qafasining o'ng tomonida psixogen og'riqlar juda kam uchraydi. Buning asl sababi yurakning chap


183




tomonda joylashganligidir. Bu yana bir marta «qovurg'alararo nevralgiya» va «stenokardiya» tashxislariga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerakligini talab qiladi.
Psixogen bel og‘riqlar (psevdoradikulyar sindrom)
Psixogen bel og'riqlar juda keng tarqalgan bo'lishiga qaramasdan, ularning aniq soni hanuzgacha noma’lum. Buning sababi «psixogen radikulalgiya» tashxisi vrachlar tomonidan deyarli qo‘yiImasligi yoki aniqlanmasligidadir. Yaholanki, XVIII asrdayoq, «orqa miya ipoxondriyasi» nomi bilan psixogen xususiyatga ega bo‘lgan beldagi og'riqlar haqida yozib qoldirilgan. Psixogen bel og'riqlar ham niqoblangan depressiyaning klinik ko'rinishlaridan biridir. Bu og'riqlar vrachlar tomonidan, ko'pincha, «lyumbago», «lyumbalgiya», «lyumboishialgiya», «radikulit», «ishias», «disk churrasi» kabi tashxislar bilan belgilanadi. Ushbu tashxislaming qanchasi keyinchalik tasdiqlanadi va qanchasi psixogen xususiyatga ega bo'lib chiqadi, bu aniq emas. Buning sabablarini quyidagicha izohlash mumkin: birinchidan,
og'riq yo'qolgandan (odatda 4-5 kundan) so'ng bemorlar vrachga qatnamay qo'yadi; ikkinchidan, radikulitning o'tkir davrida hammavaqt ham nevrologik belgilar bo'lavermaydi; uchinchidan, boshqa psixogen og'riqlardan farqli o'laroq, beldagi og'riqni har qanday bemor «radikulit» deb qabul qiladi va bu kasallikda qilinadigan choralardan voqif bo'ladi (hozir men doktorga borsam, novokainli blokada qiladi, belga issiq buyuradi, og'riq qoldiruvchi dori qiladi). Albatta, ana shu va shunga o'xshash muolajalardan so'ng bemor tuzalib ketadi. Bunday paytlarda radikulitning haqiqiy yoki psixogen xususiyatga ega ekanligini aniqlash vrach uchun ham qiyin bo'lib qoladi. Chunki belida qattiq og'riqdan shikoyat qilib kelgan bemorga har qanday vrach darrov yordam ko'rsatib, og'riqdan xalos qilishga intiladi. Bularning hammasi og'riq kelib chiqishining asosiy sababini aniqlash imkonini pasaytiradi.
Aksariyat hollarda «surunkaliradikulitning zo'rayishi» tashxisi qo'yilgan bemorlarda nevrologik anamnez bilan birgalikda psixologik anamnez ham to'planganda, og'riqning paydo bo'lishi bilan ruhiy zo'riqish orasida bog'liqlikni topish mumkin. Psixogen radikulalgiyalar uchun og'riqning yilning ma’lum bir oyi yoki masvumda (masalan, kuz kelishi bilan) paydo bo'lishi xosdir. Bir bemor 6 yildan buyon mezon kirdi deguncha belida og'riq paydo bo'lishidan shikoyat qilgan. Lekin unda organik nevrologik belgilar kuzatilmagan. Biroq psixogen radikulalgiyalar dastlab haqiqiy radikulit bo'lgan bemorlarda ko'p uchrashini ham e’tiborga olish kerak. Ba’zan vrach o'zi istamagan holda bemorda yatropatiyani yuzaga keltiradi,


184




ya’ni bemor radikulit bilan xastalanadi, davolanadi va vrachdan «belni issiq tutib yurish, og‘ir narsa ko‘tarmaslik, og'riq paydo bo‘lganda, darhol doktorga murojaat qilish» kabi ko'rsatmalar oladi. Bu maslahatlarga, ayniqsa, nevrasteniya yoki psixoasteniyaga chalingan bemorlar qattiq rioya qiladi va oqibatda ularda «kutish sindromi» rivojlanadi. Bu o‘z vaqtida ipoxondriyaning shakllanishiga olib keladi: bemor tanasidagi har qanday og'riqqa, hatto bo‘g‘inlarda kuzatiladigan shaqillashlarga ham ortiqcha e’tibor bera boshlaydi. Natijada, psixogen og'riqlar paydo bo'ladi yoki yanada zo'rayadi.
Psixogen radikulalgiyalar ichida, ayniqsa, bo'yin sohasida joylashgan og'riqlar alohida o'rin tutadi. Bemorlar, odatda, nevropatolog tomonidan bo'yin umurtqalarini rentgen qilib kelishga jo'natiladi. Yoshi 30-40 dan oshgan bemorlarda bo'yin umurtqalarida osteoxondrozning dastlabki belgilari aniqlanadi va bo'yin sohasidagi og'riqlar rentgendagi o'zgarishlar bilan bog'lanadi. Vaholanki, rentgenogrammadagi o'zgarishlar hammavaqt ham kasallik belgilari bilan mos kelavermaydi. Osteoxondroz bir-ikki haftada tuzaladigan kasallik emas, ammo bo'yin sohasidagi og'riqlarni aynan «osteoxondroz» bilan bog'lagan bemor psixoterapevtik muolajalar yoki platseboterapiyadan so'ng bir hafta ichida tuzalib ketadi. Bu holat bemorda psixogen servikalgiya
borligidan dalolat beradi. Albatta, umurtqalarda o'zgarishlarsiz kechadigan va faqat ildizchalarning o'zi yallig'lanishi bilan kuzatiladigan haqiqiy radikulitlar bundan istisno.
Shuningdek, bo'yindagi og'riqlarning bosh aylanishlar bilan birga kelishi va buning ustiga rentgenda osteoxondroz aniqlanishi «bo'yin osteoxondrozi sababli rivojlangan vertebrobazillyar sindrom» tashxisini qo'yishga asos bo'la olmaydi. Bu niqoblangan depressiyaning bir klinik ko'rinishi bo'lishi mumkin, xolos. Buni isbotlash uchun psixologik anamnez yig'ish va to'la klinik-paraklinik tekshiruvlar o'tkazish lozim. Faqat kuchli rivojlangan osteoxondroz yoki umurtqa suyaklari anomaliyalari, osteofitlarning umurtqa arteriyalarini bosib turishi vertebrobazillyar sindromni yuzaga keltirishi mumkin. Bu tashxisni aniqlash yoki tasdiqlash uchun bitta rentgenogrammaning o'zi kifoya emas, bu yerda angiografiya, dopplerografiya va MRT - angiografiya tekshiruvlari xulosasi kerak bo'ladi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish