Tibbiyot psixologiy asi


-rasm. Stressning asab tizimi va ichki a’zolarga ta’siri. Doirachalar ichidagi rnqamlar bilan Brodman maydonlari ko‘rsatilgan



Download 0,96 Mb.
bet45/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

27-rasm. Stressning asab tizimi va ichki a’zolarga ta’siri. Doirachalar ichidagi rnqamlar bilan Brodman maydonlari ko‘rsatilgan


bosimi va tana harorati pasayadi, kapillyarlarning qon bilan to‘Iishi va alkaloz kuzatiladi, oshqozon-ichak sistemasida funksional o'zgarishlar paydo bo‘ladi, qonda qand miqdori kamayadi; ikkinchi bosqich - qarshilik ko‘rsatish bosqichi. Bu bosqichda alkaloz atsidoz bilan, gipoglikemiya giperglikemiya bilan, arterial gipotoniya gipertoniya bilan almashadi, tana harorati ko‘tariladi va buyrak usti bezi qobig‘i shishadi,


124




kortikosteroidlar ko'plab ajralib chiqadi; uchinchi bosqich - toliqish bosqichi. Bu bosqichda yurak mushaklarida distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi, oshqozon-ichak sistemasida yarachalar paydo bo'ladi, ularga nuqtasimon qon quyiladi. Demak, stress organizmning umumiy mosla- shuv sindromidir. Unda kuzatiladigan nospetsifik alomatlarni G.Selegacha ham tadqiq qilishgan, lekin organizmda kechadigan patofiziologik o'zgarishlar bilan stress orasida bog'liqlik alomatini ko'rishmagan. 27-rasmda stressning ichki a’zolar faoliyati va ichki sekretsiya bezlari bilan munosabati ko‘rsatilgan.
Stress qanday qilib distressga o‘tadi, haddan tashqari umumiy moslashuv sindromi qanday qilib yuzaga keladi? Bu muammolar hozirgi kunda olimlar tomonidan yana o'rganib kelinmoqda. G.Sele ta’biri bilan aytganda, odamni yoshligidan «paxtaga o‘rab-chirmash», ya’ni uni muammolardan avaylab-asrash umumiy moslashuv sindromining pasayishiga olib keladi. Bunda stress distressga o‘tishi mumkin.

  1. Hissiyot patologiyasi

Hissiyot patologiyasi ruhiyatning har xil buzilishlari orasida, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi davrda psixologlar XXI asrni depressiya asri deb bong urishmoqda. Xo‘sh, depressiya o‘zi nima?
Depressiya bugungi kun va kelajakka ishonchsizlik bilan qarash, doimo past kavfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, biror faoliyatga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir.
Albatta, fikrlashning sustlashuvi og‘ir depressiv holatlar uchun xosdir. Ko'rib turganingizdek, depressiya insondagi barcha ijobiy faoliyatni yo‘qqa chiqaradi yoki susaytirib yuboradi. Bunda bemorlar atrofdagilarga befarq, kamgap, ma’yus bo'lib qoladilar, ko'pincha ko'zyoshi qiladilar. Ularga hamma narsa qayg'uli bo'lib tuyuladi. Ular olamga go'yo qora ko'zoynak taqqan holda qaraydilar. Depressiya haqida XIII bobda batafsil to'xtalamiz.
Og'ir kechuvchi kasalliklarda bemorlar uzoq vaqt davom etadigan tushkunlikka tushib, ovqat yeyishdan bosh tortishadi, o'z joniga (ayniqsa, o'smirlar orasida) qasd qilishga urinadilar. Ba’zan buning uchun arzimagan sabab turtki bo'ladi. Masalan, ota-onasi uning xohlagan kiyim- kechagini sotib olib bermasa, diskotekaga ruxsat bermasa yoki sevgan kishisi bilan uchrashgani qo'ymasa va hokazo.
Umuman olganda, o'smirni qattiq nazoratga olish og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ota-ona, ayniqsa, 14-17 yoshdagi farzandlariga ehtiyotkorlik bilan muomala qilishi, nazoratni tergovga aylantirib yubormasligi kerak. Buni Rossiyada o'smirlar orasida bo'lib o'tgan bir-ikkita o'z joniga qasd


125


qilishlaming sababi misolida ко‘rib o‘tamiz. Barcha yoshlarning sevimli estrada qo'shiqchilari Viktor Soy va Igor Sorin hayotdan ko‘z yumganlaridan song Rossiya yoshlari orasida joniga qasd qilish hollari kuzatilgan. Ular, ayniqsa, 15-17 yoshli o‘smirlar edi. Igor Sorin o‘zi yashaydigan uyning 6- qavatidan sakrab o‘ladi. Biroz vaqt o'tgach, 15 yoshga hali toimagan qiz dugonasi bilan birga 9-qavatning tomiga chiqib, yerga sakrashadi va jon berishadi. Ularning yon daftarlarida shunday misralar bitilgan edi: «Igor! Bizga sensiz hayotning ne keragi bor? Biz ham sening ortingdan, bag‘ringga, yulduzlarga ravona bo‘lamiz! Bizni kechiringlar!»


Nima uchun o‘z joniga qasd qilishadi? O'z joniga qasd qilishni shartli ravishda 3 turga ajratish mumkin: haqiqiy, yashirin va tantanavor. Haqiqiy suiqasd hech qachon to'satdan bo'lmaydi. Unga doimo yomon kayfiyat, depressiya hamroh bo'ladi. Bunday shaxslar tez-tez hayotning mantig'iga murojaat qilib turishadi. O'smirlar suiqasdning bu turiga javobsiz sevgi yoki yorining bevafoligidan murojaat qilishsa, qariyalar farzandlaridan keskin xafa bo'lgan paytlarida o'limning ushbu turini tanlashadi. Odam o'zining muammolariga boshqalarning e’tiborini qaratmoqchi bo'lsa, o'z joniga qasd qilishning yashirin turini tanlaydi. Yashirin suiqasd to'satdan amalga oshiriladi. Buni hech kim bilmay qoladi. Suiqasdning bu turi turli yoshda uchrashi mumkin. Tantanavor tarzda hayotdan ko'z yumuvchilar o'smirlar orasida ko'p uchraydi. Bunga misol, yuqorida keltirganimizdek, sevimli qo'shiqchisi olamdan o'tgach, o'z joniga qasd qilgan qizlardir.
Kayfiyatning turli xil buzilishlaridan bo'lmish eyforiya va disforiya ham keng tarqalgan simptomlardir. Eyforiya - bu asossiz ko'tarinki kayfiyal bo'lib, patologik bclgi hisoblanadi. Eyforiya aniqlangan odamlarga atrofdagi barcha narsalar quvonchli, jozibali bo'lib ko'rinadi. Ular o'zlarini dunyoda eng baxtiyor kishidek his qilishadi (bunga hech qanday asos bo'Imasa-da). Disforiya esa ortiqcha jizzakilik, o'z-o'zidan va atrofdagilardan xafa bo'lish, arzimagan narsaga asabiylashaverish bilan ifodalanadi. Bunga badqovoqlik, yoqtirmaslik va badjahllik qo'shilishi ham mumkin. Disforiya epilepsiyada ko'p uchraydi.
Ba’zi bir ruhiy xastaliklarda hissiy ambivalentlik kuzatiladi: bemoriarda bir vaqtning o'zida bir-biriga qarama-qarshi, aql bovar qilmaydigan tuyg'ular paydo bo'ladi. Onasini juda sevgan o'smir bola unga ko'p mehribonlik va g'amxo'rlik qila turib, begonalar oldida qattiq haqorat qilishi yoki aybini aytib, ustidan xaxolab kulishi mumkin. Shuni e’tiborga olish kerakki, ambivalentlikning ayrim xususiyatlari soppa-sog' odamlarda ham uchrab turadi. Chunonchi, bemor durust kayfiyatda bo'la turib, arzimagan narsadan jirkanadi. Ba’zan his-tuyg'ularning nomunosib ko'rinishlari ham uchrab turadi. Masalan, shizofreniyaga chalingan bir


126




bemor yerda yotgan papiros qoldig'ini ko'rib qolib, yig'lab yuborgan va shunday degan: «Bechoraginam, yolg'izginam, bir o'zing yotibsan-a, hech kim senga qaramaydi ham, hech kim senga achinmaydi ham, yur ketdik».
Affekt - bu to'satdan paydo bo'ladigan, qisqa muddat davom etuvchi hissiy portlashdir. Fiziologik
va patologik affektlar farq qilinadi. Masalan, farzandidan judo bo'lib, chinqirib yig'lagan, sochini yulgan onaizorda fiziologik affekt alomatlarini ko'ramiz. Fiziologik affekt paytida odam o'z ahvolini anglab turadi yoki qisman nazoratni yo'qotadi.
Patologik affekt paytida odam o'zini boshqara olmay qoladi va bemalol birovning (o'zining ham) joniga qasd qilib qo'yadi. Qahr-g'azab, rashk, ajablanish va xursandchilik affektlari farq qilinadi. Patologik affektda ongning torayishi sababli qisman yoki to'la amneziya ham kuzatiladi. Shuning uchun ham affekt paytida odam nima qilganini eslay olmaydi (bunga misol keltirib o'tdik). Patologik affekt maniakal - depressiv sindrom va epilepsiyada yaqqol namoyon bo'ladi.
Apatiya - hissiy befarqlik holati bo'lib, barcha narsa va hodisalarga bemor o'ta e’tiborsizlik bilan qaraydi. Ba’zan ularda butunlay harakatsizlik kuzatiladi, yani o'tirgan joylaridan sira qo'zg'almaydilar. Apatiyaning bu turi shizofreniyada, keksalarda va bosh miya o'smalarining ba’zi turlarida yaqqol ko'zga tashlanadi.
Maniakal holat - o'z-o'zini va imkoniyatlarini ortiqcha baholashga aloqador bo'lgan holat. Bemorlar askiya qilishga moyil bo'ladi. Ular bo'lar-bo'lmasga hazil-huzul qilishadi, mazax qilib birovning ustidan kulishadi, ashula aytish va raqsga tushishni yaxshi ko'rishadi, faol harakat qilishga intilishadi, ammo bu harakatlar tartibsiz bo'ladi. Maniakal kayfiyat, ayniqsa, qator xastaliklar orasida maniakal-depressiv psixozda yaqqol kuzatiladi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish