Tibbiyot psixologiy asi


Insonning yakkayu yagorta boyligi - bu uning xotirasidir



Download 0,96 Mb.
bet28/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Insonning yakkayu yagorta boyligi - bu uning xotirasidir.
Adam Smit

  1. Diqqat haqida tushuncha

Diqqat ongning birorta obyekt yoki hodisalarga yo‘naltirilganligi va ularni tanlab qabul qilishga qaratilganligidir. Tabiiyki, diqqat ruhiy jarayonning muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Diqqatning pasayishi ruhiy faoliyatga xaiaqit beradi. Diqqatni muayyan obyektga qaratsangiz, begona ta’sirotlardan chalg‘igan bo'lasiz. Siz birorta ishga qanchalik ko‘p berilsangiz, unga tegishli bo‘lmagan narsalarga shunchalik kam e’tibor berasiz.
Diqqatning asosiy xususiyati shuki, uning obyekti birmuncha aniq va ravshan, yarqiragan, birmuncha tiniq va bo‘rtib turadigan bo‘ladi. Buni har bir kishi osongina tekshirishi mumkin. Birorta narsaga bir nazar tashlang-da, birozdan so‘ng diqqatingizni yana shu narsaga qarating. Siz shu zahotiyoq narsaning ilgari ko‘z ilg‘amagan yangi tomonlarini ko‘rib qolasiz, buyumning o‘zi go‘yo yoritilgandek bo'lib qoladi. Diqqat narsa va hodisalarni idrok etish bo‘sag‘asini qisqartiradi. Chunonchi, gapga diqqat bilan quloq solsak, past ovozni ham bemalol eshitishimiz mumkin.
«Gapga diqqat bilan quloq solish», «hidlab ko'rish», «sinchiklab qarash» kabi iboralar diqqatning buyumga qaratilganini ifoda etsa, «ko'rish», «eshitish» singari tushunchalar sust idrok etishni bildiradi. Diqqat ixtiyorsiz bo ‘ lishi mumkin, bunda bizning istash- istamasligimizdan qat’i nazar, tevarak-aliofdagi narsa va hodisalar tasodifan jalb etiladi. Bundan farqli o'laroq, ixtiyoriy diqqat ma’lum narsa, u muayyan maqsadga qaratiladi.
Buyum yoki hodisa birmuncha batafsil va chuqurroq o'rganilganda, aynan ixtiyoriy diqqat asosiy o'rin tutadi. Darvoqe, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga aylanishi mumkin va aksincha.

  1. Diqqatning fiziologik mexanizmlari

Barcha ruhiy jarayonlar singari diqqat ham bosh miya faoliyatining bir ko'rinishidir. Diqqat jarayonida bosh miyada nimalar sodir bo'ladi? Ma’lumki, turli xil vazifalarni ado etuvchi ko'pgina asab hujayralarining bir qismigina diqqat paytida faol holatda bo'ladi.
Muayyan faoliyat bilan mashg'ul bo'lgan va unga moslashgan ana shunday hujayralarning yig'indisi asab qo‘zg‘alishining «markazi» deb


82




ataladi. Nerv induksiyasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, ushbu markazning atrofidagi hujayralari «mudroq» yoki tormozlanish holatida bo‘ladi. Bordi-yu, kishi diqqat bilan tinglasa, bu paytda nutq tovushlarini idrok etadigan hujayralar qo‘zg‘algan, yaqin atrofdagi ko‘rish, sezish, ovqat hazm qilish va shu kabi boshqa markazlarning hujayralari tormozlangan bo‘ladi. Masalan, diqqat bilan tinglovchining qulog‘iga faqat notiq nutqi yetib boradi. Bundan boshqa narsalarga tinglovchi e’tibor qilmaydi yoki sezmaydi.
Tormozlangan markazlarga tushuvchi signallar o‘sha markaz hujayralari qo‘zg‘alishini kuchaytirishi mumkin. Ayni paytda begona, ortiqcha ta’sirlar diqqatga xalaqit berishi ham, uni yaxshilashi ham mumkin. Bunday mexanizmqo‘zg‘alishningasosiy o‘chog‘iyetarli kuchga ega bo‘lgandagina amalga oshadi. Kuchli o‘tkinchi og‘riq bunga misol bo‘la oladi. Bunda har qanday ta’sir (qo‘ng‘iroq, tovush, yorug‘lik) uni kuchaytirishi mumkin.

  1. Diqqatning buzilishi

Diqqatning fiziologik va patologik toliqishlari farq qiladi. Diqqat uzoq vaqt zo'riqsa, u toliqadi. Faoliyat qanchalik murakkab va mushkul bo‘lsa, toliqish shunchalik tez boshlanadi. Gap shundaki, diqqat qilish jarayonida ma’lum miqdorda energiya sarflanadi, miyaning tegishli bo‘limlarida kimyoviy o‘zgarishlar kuchayadi. Toliqqan nerv hujayralari tiklanishi uchun vaqt (dam) kerak bo'ladi. Qandaydir ish, aytaylik, matematik hisoblashlardan charchab, jismoniy ish yoki boshqa aqliy mehnatga o‘tilsa ham miya dam olishi va diqqat biroz yaxshilanishi mumkin. Demak, nerv hujayralarining muayyan ishga aloqador ayrim guruhlarigina toliqqan, boshqa funksional guruhlar esa charchamagan bo'ladi. Bir narsa yoki ish bilan uzoq vaqt shug'ullangandan ko‘ra navbatma-navbat bir necha ish bilan mashg‘ul bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Shu fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda o‘quv mashg‘ulotlarini tuzishda mazmunan bir-biriga o‘xshash fanlar, masalan, matematikaga oid fanlarni birin-ketin qo‘ymaslik kerak, o‘z-o‘zidan ravshanki, mashg‘ulotlar almashganda, diqqatni muayyan vaqtgacha saqlab qolishga imkon yaratiladi. Aks holda, umumiy toliqish yuz beradi va keyinchalik diqqat obyekti almashinuvi foyda bermaydi.
Katta alohida tafovutga ega bo'lgan diqqatning fiziologik toliqishidan tashqari, ko'pgina xastaliklar, masalan, bosh miyaning qon-tomir kasalliklari, miya jarohatlari, turli zaharlanishlardan so‘ng ham diqqatning patologik toliqishi kuzatiladi. Bemor diqqatining ortiqcha toliqqanini, uning kasallikka qadar bo‘lgan ish qobiliyati bilan solishtirib


83




ko‘rib aniqlash mumkin. Yetarli dam olib, umumiy quvvatga kirituvchi davolashdan so‘ng diqqat toliqqanligi o‘tib ketishi mumkin.
Diqqatning boshqa tez-tez uchrab turadigan buzilishi - uning chalg‘iganligidir. Diqqat chalg'ishining ikki - tashqi va ichki turi mavjud. Bordi-yu, kitob o‘qib, varaqlarni sanaganimizda, bayon ipini yo'qotganimizni payqab qolamiz, xayolimiz esa kitob mazmunidan uzoqlashib, chalg'ib ketadi. Bu diqqatning ichki chalg‘iganligidir. Bu yerda bizni ichki kechinmalar chalg‘itadi. Diqqatning tashqi chaig‘iganligiga esa kitob o'qish bilan bog'liq bo'lmagan tashqi ta’sirlar: eshiklarning taraqlashi, uzuq-yuluq gaplar va hokazolar kiradi.
Toliqish, materialni tushunmaslik, obyektga qiziqish yo‘qligi diqqat chalg'iganligining sabablaridan sanaladi. Bundan tashqari, kuchli kechinmalar, ushalmagan orzu-niyatlar ichki chalg'iganlikda alohida ahamiyat kasb etadi. Ular miyada qo‘zg‘alish o‘chog‘ini yaratadi. Bunda diqqatga aloqador birmuncha kuchsiz qo‘zg‘alish o‘chog‘i, dominanta qonuniga muvofiq, miyada paydo bo'lgan kuchli qo'zg'alish bilan raqobat qila olmaydi. Kasai odamlarda diqqat chalg'ishi uning o'z dardini o'ylab nechog'lik hayajonlangani, tanasidagi og'riqlar, va xayoldan ketmaydigan fikrlar paydo bo'lishiga bog'liq bo'ladi. Agar qo'zg'aluvchanlikning tegishli o'choqlari yaqqol ifodalangan bo'lsa, diqqatni zarur bo'lgan obyektga jalb qilish ham yaxshi ifodalangan bo'ladi.
Vrach aholi og'ir bemorlar bilan suhbatlashar ekan, ularni o'sha suhbat yoki maslahat mavzuiga jalb etish ehtimoli juda kam bo'lishini yodda tutishi lozim. Shuning uchun doktorning so'zlari sodda, lo'nda va tushunarli bo'lmog'i kerak, ana shundagina u bemor diqqatini o'ziga jalb qila oladi. Diqqat chalg'iganini ko'pincha parishonxotirlik deb ham atashadi. Bir holda u diqqatning tashqi va ichki chalg'iganligiga bog'liq bo'ladi, u bilan yuqorida tanishib chiqqan edik. Bunday parishonxotir odam tashqi ta’sirlar va o'zga fikrlardan chalg'ib, o'z diqqatini uzoq saqlab tura olmaydi. Parishonxotirlikning boshqa turi, aksincha, diqqatni bitta narsaga uzoq qaratishga aloqador bo'ladi. Chunonchi, o'z kashfiyoti ustida fikr yuritayotgan olirn bunga shunchalik berilib ketadiki, unga qaratib aytilgan savollarni eshitmasligi yoki poyma-poy iavob qilishi, yonidagilarga e’tiborsiz bo'lishi mumkin.
Parishonxotirlikka qarshi kurashish uchun diqqatga xaiaqit beruvchi sabablarni imkoni boricha bartaraf etish lozim. Agar parishonxotirlik va diqqatning boshqa buzilishlari markaziy asab tizimining kasalliklari sababli rivojlansa, tegishli davo choralari o'tkaziladi. Buning uchun bosh miya po'stlog'ida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarini idora etuvchi dori vositalari, masalan, trankvilizator, psixostimulyator va nootioplar


84




Livsiya qilinadi. Aqliy mehnat jismoniy mehnat va sport bilan birgalikda olib borilsa, diqqat buzilishining oldi olinadi.
Diqqatni chiniqtirish ham mumkin. Buning uchun turli mashqlar mavjud. Shulardan biri 16-rasmda keltirilgan. Unga qarab, iloji boricha

  1. dan 90 gacha bo'lgan raqamni adashmasdan topib chiqing. Bu mashqni o‘rtoq!aringiz bilan bajaring. 90-raqamga tez yetib kelgan talabaning diqqati o‘tkir bo‘ladi.





16-rasm. Diqqatni tekshiruvchi va chmiqtiruvchi mashq-rasm. Qisqa vaqt ichida 1 dan 90 gacha bo'lgan raqamlarning barchasini tartib bo‘yicha toping.


  1. Xotira haqida tushuncha

0‘tmishda idrok qilingan narsa va hodisalami, tajribani eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish kabi ruhiy jarayonlarga xotira deb aytiladi. Har qanday kechinmani, har qaysi ta’sirni odam qisqa yoki uzoq vaqt mobaynida, ana shu voqealar «izi» ko‘rinishida yodda saqlab qoladi. Biz so‘z va iboralar, shuningdek, tasavvurlar holida tiklanishi mumkin bo‘lgan obrazlarni eslab qolamiz va xotirada saqlab yuramiz.
Xotiraning uchta asosiy funksiyasi farq qilinadi: eslab qolish (esda olib qolish), esda saqlash va esga tushirish. Shuningdek, unutish ham xotira jarayonlaridan biri hisoblanadi. Eslab qolishda izlar orasidagi muvaqqat aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu muvaqqat aloqalar yoki assotsiatsiyalar shartli refleksning bir turi hisoblanadi. Masalan, bolaga notanish narsa, deylik ko‘zoynak, birinchi bor ko'rsatilsa, uning nomini


85




aytib bera olmaydi. Lekin u avval ko‘zoynakning tuzilishi haqida eshitgan bo‘lsa, bu ma’lumot miyada xotira izlari sifatida saqlanib qoladi va unga ko‘rsatilgan ko‘zoynakning nomini aytib bera oladi. Chunki ko'rish obrazi va «ko‘zoynak» so'zidan paydo bo‘lgan miyadagi izlar orasida shartli reflektor bog'lanishlar, ya’ni assotsiatsiyalar paydo bo‘ladi va buning natijasida buyumning nomi xotirada qayta tiklanadi. Demak, xotira jarayonida assotsiatsiyalarning roli juda kattadir. Assotsiatsiya so‘zi lotincha «associo» so‘zidan olingan bo‘lib, birlashtirish, bog‘lash degan ma’noni anglatadi.
Esda olib qolish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli xotira farq qilinadi. Har qanday axborot avvaliga qisqa muddatli xotira sifatida saqlanadi. Agar miya tuzilmalarida ma’lumot zarurligi to‘g‘risida «qaror» qabul qilinsa, u uzoq muddatli xotiraga aylanadi. Aks holda, qisqa muddatli xotiraligioha qolaveradi, ya’ni axborot miyadan o'chirib yuboriladi. Xotiraning asosiy turlari 1-jadvalda keltirilgan.
Qisqa muddatli xotirada axborot bir necha sekunddan bir necha minutgacha saqlanadi. Qisqa muddatli xotiraning uzoq muddatliga o‘tishi axborotning naqadar zarurligiga ham bog'liq. Masalan, biz telefon raqamlari bitilgan kitobga qarab, o'zimizga kerak bo‘lgan raqamlarni topib teramiz. Agar bu raqam javob bermasa yoki bir marta gaplashgach, o‘sha raqamga qaytishning zarurati bo‘lmasa, biz uni uzoq muddat xotiramizda saqlab qololmaymiz. Keyinchalik bu raqamni eslash uchun yana telefon kitobini varaqlashga to‘g‘ri keladi. Mabodo, odam ushbu telefon raqamini uzoq vaqt eslab qolsa, demak, shu raqam bilan bog'liq bo‘lgan ma’lumot o‘sha odamda qiziqish uyg'otdi va bu raqam uzoq muddatli xotiraga aylandi.
Nemis psixologi Ebbingauz tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, qisqa muddatli xotiraning hajmi 7 ta elementga teng ekan. Agar odam 7 raqamdan ortiq bo‘lgan qandaydir sonni eslab qolmoqchi bo'lsa, ushbu sonni ikki-uchta raqamga bo‘lib tashlaydi. Mabodo, talaba o‘quv materialini yaxshi eslab qolishni istasa, u ushbu materialni mazmun jihatdan bo‘laklar (qismlar) ga ajratib o‘zlashiirishi kerak. Ba’zi odamlaming raqamlarga, ba’zilarning so‘zlarga xotirasi kuchli bo‘ladi. Masalan, quyidagi raqamlar to‘plamini eslab qolish kerak: 3912213354. Bu raqamlarni eslab qolish mushkul, albatta. Lekin ularni 3-9-12-21-33­54 ga bo‘lib tashlasak, eslab qolish osonlashadi. Buning uchun har bir «-» dan keyingi raqam bir-biriga qo'shib borilaveradi (3+9= 12; 9+12=21 va h. k.).


86







Xohish-iroda, ya’ni ixtiyor bo‘yicha


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish