Abuliya — irodaning so'nishi, har qanday faoliyatga qiziqish va inlilishnin j yo'qolishi.
Avtomatizm — ong ishtirokisiz amalga oshiriladigan holatlar.
Aggravatsiya — o'z kasalligini oshirib ko'rsatish.
Agevziya — ta’m bilishning yo'qolishi.
Agipnognoziya — uxlaganligini sezmaslik. Bemor uyqu butunlay yo'qolganligidan shikoyat qiladi, biroq atrofdagilar uning uxlaganligini ta’kidlaydi.
Agiriya — bosh miya katta yarim sharlarining rivojlanmay qolishi, pushtalaming yo'qligi yoki silliqligi.
Agnoziya — narsalarni bilishning (tanishning) buzilishi.
Agorafobiya — ochiq joylardan qo'rqish.
Agrafiya — yozish qobiliyatining buzilishi.
Agressiya — birovlarga tashlanish, tan jarohati yetkazish, ruhiy qo'zg'alishlar bilan namoyon bo'ladi.
Agripniya — uyqu buzilishi.
Adaptatsiya — hujayra, to'qima, a’zolar va organizmning muhit talablariga moslashuvi. Moslashuv ham funksional, ham morfologik tarzda namoyon bo'lishi mumkin.
Adinamiya — jismoniy faollikning pasayishi yoki so'nishi.
Adipsiya — chanqoq sezmaslik, suyuqlik ichishga qiziqishning yo'qolishi.
Ajitatsiya — ortiqcha qo'zg'alish, ortiqcha xatti-harakatlar, ko'pincha xavotir va qo'rquv bilan birgalikda namoyon bo'ladi.
Aydomaniya — erkaklarda jinsiy faollikning oshib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |