Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet50/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nazorat uchun savollar

  1. Ongga ta’rif bering.

  2. Ongning xossalari haqida so‘zlab bering.

  3. Ongning boshqa ruhiy jarayonlar bilan bog'liqligi haqida nimalarni

bilasiz?

  1. Ongning fiziologik mexanizmlari haqida so'zlab bering.

  2. Ong buzilishining qanday turlarini bilasiz?

  3. Amensiya oneyroiddan nimasi bilan farq qiladi?

  4. Bolalarda ong buzilishining qaysi turi ko'proq uchraydi?

  5. Ongsizlik deganda nimani tushunasiz?

  6. Z.Freydning psixoanaliz ta’limoti haqida so'zlab bering.

  7. Freyddan keyingi psixoanaliz qanday rivojlandi?

  8. Katarsis deganda nimani tushunasiz?


139


VIII BOB. SHAXS. TEMPERAMENT. XARAKTER




Odam liar narsa dan to'yishi mumkin, lekin mehrdan to'ymaydi.
0‘tkir Hoshintov

  1. Shaxs haqida tushuncha

Shaxs individualligi bilan ta’riflanadi. Kishi o'z jismoniy xususiyatlari bo'yicha boshqalarga o'xshamaydi, psixologik nuqtai nazardan qaraganda ham bir xil odam bo'lmaydi. Vrach bemomi o'rganayotib, uning shaxsiyatiga ham e’tibor beradi, shu bilan birga bemor ham vrachning shaxsiga e’tibor qiladi va kuzatadi. Shaxsning aniq bir ta’rifini berish mushkul.
Psixologiyada shaxs o'zining yo'nalganligi va qobiliyati bilan xarakterlanadi. Yo'nalganligi deyilganda, odam ehtiyojlari, qiziqishlari, istaklari, moyilligi, e’tiqodi, orzulari va dunyoqarashi tushuniladi. Zamonaviy, madaniyatli kishilarning qiziqishlari turli-tuman bo'ladi. Qiziqishlar yoshga qarab o'zgarib boradi. Uch yoshdan besh yoshgacha bo'lgan sog'lom bolalarda hamma narsani bilishga qiziqish yaqqol ifodalangan bo'ladi. Bu yoshdagi bolalarning savollari «Bu nima, nega, nima uchun?» dan iborat bo'ladi. Maktabgacha yoshda o'yinchoqlar va mazmunli o'yinlarga qiziqish uyg'onadi. Xuddi shu davrda bolada rasm solish, jonli tabiat va hayvonlarga qiziqish paydo bo'ladi. 0‘qishga va ayrim fanlarga (matematika, musiqa, rasm solish, she’r to'qish) qiziqish umuman ancha erta rivojlanadi. Bu qiziqishlar vaqtinchalik va doimiy bo'lishi mumkin. Texnika va sportga ham birmuncha erta qiziqa boshlaydi. Badiiy adabiyotiarga qiziqishnmg o'ziga xos qonumyatlari bo'ladi: avvalambor, ertaklarga, so'ng esa sarguzasht, fantastik, detektiv adabiyotiarga, so'ngra romantika, jinslar orasidagi munosabatlar va siyosatga qiziqish uyg'onadi. Lekin ba’zi qiziqishlar parallel holda kuzatilishi ham mumkin.
Ilmiy va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar kitobxonlar qiziqishining boshqa bir tomonidir. Bemorning adabiyotiarga qiziqishini, albatta, tahlil qilish va ularni hamda kinofilmlarni qanday o'zlashtirayotganini bilish lozim. Bu shaxs xususiyatlarini, uning tafakkur doirasini tushunish uchun o'ta zarurdir.
Qiziqishlar odamning didiga ham bog'liq. Did odam hayotining turli davrlarida, goho erta, goho esa kech paydo bo'ladi. Dunyoqarash va falsafa masalalari va hayot mazmuniga qiziqishlar, ko'pincha, qariyb yigirma yoshda paydo bo'ladi. Xuddi shu yoshda yoki biroz so'ng jamoat ishlariga qiziqish uyg'onadi.


140




0‘zga jinsga qiziqish (mayl) 12-15 yoshdan boshlab rivojlanadi. Qiziqishlarning turidan tashqari, ularning ijtimoiy mavqeyi va kengligi ham ahamiyatlidir. Qiziqishi chegaralangan odamlar faqat o'z hunari bilan cheklanib qoladi. Boshqa hech narsa deyarli ularni ai/iqtirmaydi. Qiziqish doirasi keng bo'lgan odam ko'proq bilishga intiladi. U fan- texnikaning turli xil sohalarini egallab, ijtimoiy-siyosiy masalalar, san’at hamda sport bilan qiziqadi. Lekin sanab o'tilgan barcha qiziqishlar bir xil qimmatga ega bo'lmaydi. Ulardan biri asosiy, qolganlari ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo'ladi. Chunonchi, vrach uchun quyidagi fanlar

  • anatomiya, terapiya, farmakologiya, psixologiya eng diqqatga sazovor sanalsa, unga siyosat, musiqa, sport, she’riyat, ov qilish bilan qiziqishiga xalaqit bermaydi.

Qiziqishlarning barqarorligi ham ahamiyatlidir. Ba’zilarda ularning asosiy qiziqishlari umrbod hamroh bo'ladi, boshqalarda tez paydo bo'lib, o'tadi-ketadi. Psixopatiyalarda, ko'pincha, qiziqishlar beqaror bo'ladi. Natijada, kishi shunchaki qiziquvchan bo'lib qoladi, amalda esa hech bir faol ish qilmaydi yoki chala bajaradi. Qiziqishlar kuchli va sust bo'lishi mumkin. Kuchli qiziqqan odam to'siqlarni yenga oladi, kerak bo'lsa, qurbon bo'ladi. Insonga batafsil ta’rif berish uchun uning qiziqishlarini chuqur o'rganish zarur.
Buyuk shaxslar aql-zakovati va ilmi bilan, ko'pincha, avliyo darajasi- gacha yetgan bo'ladi. Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Imom Buxoriy kabi allomalarni bunga misol qilib ko'rsatish mumkin. Har bir odamning dunyoqarashi ko'proq uning biror maqsadga intilishi, tarbiyasi, orttirgan bilimlari va hayot tajribasiga bog'liq. Ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar kishining dunyoqarashi shakllanishida muhim o'rin tutadi. Agar ular dunyoqarashi jamiyatda kechayotgan salbiy jarayonlarga mos kelmasa va shunday bo'lsa-da, bu jarayonlar ijobiy deb tan olinsa, bu holat shaxsning jamiyat va atrofdagilarga bo'lgan munosabatini butunlay o'zgartirib yuboradi. Shuning uchun ham buyuk shaxslar (Cho'lpon, Fitrat va boshqalar) o'z zamonasining qurboni bo'lishgan.
Ko'pchilik olimlaming yutuqlarida shaxsi muhim ahamiyatga egaligi ilm-fan rivojlanishiga katta ta’sir ko'rsatishi aytib o'tiladi. Har qanday odam, u qaysi kasb egasi bo'lishidan qat’i nazar, shaxs bo'lib kamol topishi kerak.
Shaxsning kamol topishida qobiliyat va iste’dodning ham ahamiyati katta. Qobiliyat muayyan faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo'lgan individual xususiyatdir. Odam qobiliyatli bo'lib tug'ilmaydi, balki yetishadi. Ilk bolalik davridan boshlab odamda nimagadir qobiliyat nishonalari bo'ladi, nimagadir esa bo'lmaydi. Buni


141




ota-ona darrov ilg‘ab olib uning qiziqishini to‘g‘ri yonaltirsa, keyinchalik bola buyuk shaxs bo'lib yetishishi mumkin. Alisher Navoiydagi she’riyatga bo'lgan qiziqish ilk bolalik davridan ilg'ab olingan va unga har tomonlama ko'mak berilgan. Natijada, Hazrat Navoiy buyuk shaxs bo'lib yetishdi va she’riyat sultoni degan nomni oldi. Demak, qobiliyatni taraqqiy ettirish zarur. Bordi-yu qobiliyatning nishonasi bo'lmasa, uni rivojlantirib bo'lmaydi. Masalan, skripkachi bo'lish uchun bir emas, bir necha qobiliyatga ega bo'lish lozim. Skripkachi maromni sezishi, musiqiy va kinestetik xotirasi bo'lishi, qo'l barmoqlari mayin va aniq harakat qilmog'i lozim. Bunga yana musiqiy did, hissiylik va ko'pgina boshqa qobiliyatlar qo'shiladi. Ana shu xususiyatlar bo'lganda, sanab o'tilgan barcha qobiliyatlami o'qish va mashq qilish jarayonida rivojlantirish mumkin.
Chunonchi, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, al-Farg'oniy, Bobur, Kamoliddin Behzod, Forobiy, Rudakiy, A.S. Pushkin, Motsart, Shekspir, Paskal, Leonardo da Vinchi, Mikelandjelo kabi allomalarda qobiliyat va iste’dod juda erta, ya’ni bolalik davridan hayratlanarli darajada rivojlangan. Lekin aksariyat olimlar, ixtirochilar va davlat arboblarining iste’dodi yetuk yoshda namoyon bo'ladi.
Ko'pchilik o'quvchilarning darslarni o'zlashtirishlari tamomila pedagogik jarayon sifatiga bog'liq va ularning barchasi yaxshi o'qishlari kerak, degan fikr xatodir. Bu fikr o'qitishning soxtalashuvi va sifatining pasayishi, baholami sun’iy ravishda oshirish hamda maktab va oliy o'quv yurtiarida tegishli diplomni rasmiyatchilik asosida berishga olib keladi.
Shaxsga ta’rif bera turib, biz buyuk allomalarda talant kurtaklari erta yoshdan boshlab nish ura boshlashi haqida aytib o'tdik. Shu yerda shaxs bilan bog'liq yana bir qiziq muammo haqida so'z yuritishm lozim deb topdik, ya’ni buyuk shaxslar (dohiylar) ning ruhiy nuqsonlari to'g'risida. Psixopatiya alomatlari bo'lgan buyuk shaxslar haqida ilmiy adabiyotlarda turli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Psixopatiya - bu shaxsning patologik o'zgarishi bo'lib, uning shakllanishida tug’ma omillarga katta urg’u beriladi. Psixopatiyaga doir ma’lumotlar psixiatriya darsliklarida mufassal yoritilgan.
Psixiatrlar iqtidor va ruhiy nuqsonlar orasida uzviy bog'liqlikni aniqlashga doim harakat qilishgan. Bu bog'liqlikni o'rganish deyarli 100 yil oldin boshlangan. Olimlar tarixiy shaxslarning hayoti bilan qiziqib, ularning psixologik anamnezi, oila a’zolari, qarindosh-urug'lari, ota-onasi va farzandlari haqida ma’lumot yig'ishgan. Buning natijasida antiqa bir xulosaga duch kelishgan: agar geneologik shajaraning bir shoxchasi bo'ylab ularning ajdodlarida (ota-onasi, buvasi, buvisi) iqtidorli shaxslar


142




Buyuk shaxslar

Otasi

Onasi

Iqtidor

Nuqson

Iqtidor

Nuqson

Uspenskiy




+

+




Stendal




+

+




Lev Tolstoy




+

+




Dostoyevskiy




+

+




Jan Jak Russo




+

+




Shari Jerar




+

+






Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish