Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet46/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Nazorat uchun savollar

  1. Hissiyot nima?

  2. Hayvonlar bilan hissiyotni o'rganish borasida qanday tajribalar

o'tkazilgan?

  1. Hissiyotning fiziologik mcxanizmlarini so'zlab bering.

  2. Stress va distress nima? Ular bir-biridan qanday farq qiladi?

  3. Stressning qanday bosqichlari bor?

  4. Depressiya nima?

  5. Eyforiya va disforiya nima?

  6. Affekl nima, uning qanday turlari mavjud?

  7. Apaliya va maniakal holat haqida nimalarni bilasiz?


127


VII BOB. ONG VA ONGSIZLIK




Agar Freyd ho'lmaganda edi, uni o‘ylah topish kerak ho ‘lardi.
K.Xorni

  1. Umumiy tushuncha

Ong muammosi psixologiyada eng murakkab masalalardan biri sanaladi. Ong - obyektiv borliqni aks ettirishning oliy shakli, unga o'zini va atrof-muhitni anglash kiritiladi. Ong - odam miyasining funksiyasi bo'lib, uning yordamida obyektiv borliq subyektiv aks etadi. Ong o'z tabiatiga ko'ra nihoyatda ko'p qirrali, rang-barang, uning turli-tuman xossalari mavjud. Shu bois u taraqqiyotning oliy darajasida yuzaga kelib, faqat insondagina bo'ladi. Hayvonlarda ong bo'lmaydi.
Odamda ong asta-sekin rivojlana boradi. Yangi tug'ilgan bolada ong bo'lmaydi, lekin u ruhan va jismonan ulg'aygan sari rivojlana boradi va takomillashadi. Ongga yuqori darajali izchillik xosdir. U doim jadalligi, chuqurligi va kengligi bilan boshqa bilish jarayonlaridan farq qiladi. Odam hayotining turli davrlarida - o'smirlik, o'rta yosh, qarilik chog'ida ong turli ko'rinishda bo'lsa-da, u bir butundir.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, bilimsiz ong bo'lmaydi, lekin ong va bilimni bir xil jarayon deb bo'lmaydi. Bilimlar har doim xotirada to'plansa-da, lekin hammavaqt ham ongda aks etavermaydi. Faqat bilimlarimizning ayrimlari ushbu paytda ong maydonida bo'lib, biz ularni fahmlaymiz. Bu yerda quyidagi qiyosni keltiramiz: insonda xotira izlari, ya’ni. o'tgan hayot izlari miya hujayralarida saqlanar ekan, ularni ko'p sonli elektr chiroqlariga o'xshatish mumkin.Ularning bir qismi yoqilganda tegishli obyektlar va kechinmalar ong nuri bilan yoritiladi. Biz bilamizki, bilimlar yaxshi va puxta bo'lganda ham ong buzilishi mumkin. Xotira, fikrlash kabi odamning boshqa fazilatlariga baho berishda ongning ravshanligiga ishonch hosil qilish kerak. Aks holda, bemorda aslida bo'lmagan kasallik haqida noto'g'ri taxmin paydo bo'Iishi mumkin.
Shunday ekan, ongga o‘zini-o'zi anglash, «men» ongi kiradi. «Men» degan ong, odatda, bizdan yo'qolmaydi va ancha yaqqol ifodalangan bo'ladi.
Ong bizning ruhiy jarayonlarimiz va hayotiy vaziyatlar dinamikasini o'zida aks ettiradi. Hozir siz - muallim, atrofdagilaringiz - o'quvchilar, bugun siz - vrach, ertaga - bemor, bugun siz - mehmon, ertaga - mezbon


128




va hokazo. Bir oz vaqt o'tgach, xuddi shu jamoada o'rin almashishi mumkin. Vaziyatni to‘g‘ri baholay olish va shunga muvofiq o‘zini tuta bilish - normal ong ta’rifiga mansub bo'ladi. Ruhiy kasalliklarda esa vaziyatni anglash izdan chiqadi.
Ko'pincha, bemor kasalxonaga tushib qolib, rasmiy jihatdan u qayerda ekanini to'g'ri ayta oladi, ya’ni unda joyga nisbatan oriyentatsiya buzilmagan bo'ladi. Lekin shu bilan bir qatorda, vaziyatga noloyiq tarzda quvnoq bo'ladi, hazil-huzul qiladi, hatto xursandchilikka sabab bo'lmasa ham qo'shiq aytadi. Bu holat vaziyatni to'g'ri baholay olmaslikka kiradi.
Ongda doimo turgan joyimiz va vaqt aks etib turadi. Es-hushi joyida bo'lgan odam hammavaqt qayerdaligini anglaydi, soat nechaligini, hech bo'lmaganda, taxminan ayta oladi. O'zini qayerdaligini bilishning qo'pol buzilishlarida bemor hatto taxminan qayerdaligini va qancha vaqtdan buyon shu yerda ekanligini aytib berolmaydi. Atrofdagi narsalar va odamlarni tanish o'z makonini bilishda muhim ahamiyatga ega. Taniy olishda mazkur hissiyotni o'tmish izlariga solishtirish va o'xshatish kerak bo'ladi. Umuman taniy o'lmaslik mumkin. Goho taniy bilishda adashish kuzatiladi: bemor ayol vrachni o'z otasi deb o'ylaydi. O'zini qayerdaligini to'g'ri anglash, ko'pincha, vasvasali va gallyutsinator kechinmalarga aloqador bo'ladi.
O'z tanasini his qilish ham ong funksiyasiga kiradi. Odam tanasi faqat tashqi olam (ko'ruv, eshituv, hid bilish) dan emas, balki o'zining ichki a’zolaridan ham retseptorlar orqali ma’lumot olib turadi, lekin ular ongda aks etmaydi. Tashqi olamdan axborot olish va o'zini-o'zi anglash doimo ongda aks etib turadi. Ana shu jarayonlar natijasida odam his- tuyg'u, sezgi, xohish, ehtiyojlarini atrofdagi vaziyat bilan taqqoslaydi. Bu ongning eng muhim funksiyasidir.
Psixofiziologlar ongga bosh miya po'stlog'ining funksiyasi deb ta’rif berishadi. Ularning fikricha, bosh miya po'stlog'i va birinchi galda ikkinchi signal sistemasi ong uchun, uning rivojlanishi hamda saqlanib qolishi uchun hal qiluvchi o'rin tutadi. Miya ustuni retikulyar formatsiyasi ham ong jarayonida muhim o'rin tutadi. Retikulyar formatsiya ongga ta’sir o'tkazadi, uyqu va tetiklikni idora etadi. Ikkinchi signal sistemasi ongga xos bo'lgan o'z-o'ziga hisobot berishni ta’minlasa, ong faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan po'stloqning tetiklik holati retikulyar formatsiyaning faoliyati bilan uzluksiz bog'langandir.


129


  1. Ong patologiyasi


Somnolensiya (uyqu bosishi) - sog'lom odamlarda ham kuzatiladi. Masalan, kechasi bilan kasalxonada navbatda turib, ertasi kuni ham ishlaganda, vaqtida uxlab dam olmagan holatlarda, uzoq yo'lga mashina haydab chiqqanda va hokazo. Somnolensiya bedorlik va uyqu orasidagi chegaradosh holatdir. Turli xil kasalliklarda somnolent holat ancha vaqt davom etishi (soatlab yoki bir necha kun) mumkin. Bemor uyquchan bo'lib qoladi. Uning mudroq ongida haqiqiy idrok etish va tushsimon kechinmalari chalkashib ketadi. Unda goho u yoki bu kechinmalar ustunlik qiladi. Bemor diqqatini biror narsaga qisqa vaqt jalb etsa, atrofidagi narsalarga diqqatini to'plab qarasa, nimanidir anglashi mumkin, lekin bu narsalar xotirasida turmaydi. Bunday holat, ayniqsa, giyohvandlarda, spirtli ichimliklar va uyqu dorisini ko‘p iste’mol qilganda kuzatiladi.
Obnubilyatsiya («nubes» - bulut degani) ham somnolent ongga o'xshab ketadi. Bu ongning yengil buzilishidir. Bulut osmonni xira qilgani kabi ba’zi kasalliklarda ong xiralashuvi ham kuzatiladi. Ong bir necha daqiqa xiralashadi, xolos. Bunda tevarak-atrofni anglash, atrofdagi odamlarni tanish va xotiraning buzilishi kuzatilmaydi.
Ongning birdan yuz beradigan qisqa muddatli buzilishiga, ya’ni hushdan ketishga sinkope deb ataladi. Bu holat qattiq qo'rqqanda, o‘ta hayajonli xabarlami eshitganda, arterial qon bosim birdan pasayib ketganda kuzatiladi. Sinkopening sabablari turli-tuman bo'lib, bunda hushdan ketish qisqa muddat davom etadi.
Sopor - ongning ancha chuqurroq buzilishi. Sopoming uch xil darajasi farq qilinadi:

  1. yengil sopor - bunda bemor yengil uyqu holatida bo'ladi, savollarga javob berishi susayadi, uyqu kelayotganligidan noliydi, sekin va cho'zib gapiradi;

  2. o‘rta darajadagi sopor - bunda uyquchanlik biroz kuchayadi, ko'z qorachig'iningyorug'likka ta’siri pasayadi, o'z holicha gapirmaydi, oddiy savollarga kechikib bo'lsa ham javob berishga intiladi, bemor ko'zini yumib yotaveradi;

  3. chuqur sopor - savollarga javob bermaydi yoki ancha kechikib bir xil tarzda javob beradi, ko'z qorachig'ining yorug'likka ta’siri yanada susayadi, ahvoli qattiq uxlab yotgan odamni eslatadi.

Коша - ongning batamom buzilishi bo'lib, bemor tashqi dunyodan butunlay uzilib qoladi. Bunday paytlarda bemor hech qanday tashqi ta’sir (og'riq, harorat) ga javob bermaydi. Ko'z qorachig'ining yorug'likka javob reaksiyasi yo'qolgan bo'ladi, konyunktival v; korneal, pay


130




reflekslari chaqirilmaydi. Mushaklar tonusi yo‘qoladi. Koma bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish