Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda



Download 6,83 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi6,83 Kb.
#726085
Bog'liq
Untitled Extract Pagesf439





KIRISH
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo'Ijallangan Harakatlar strategiyasida maktabga- cha ta'lim tizimini qayta ko'rib chiqish va uni yanada takomil- lashtirish vazifalari belgilab berildi.
Bu muammolarni to'laqonli hal etishda o'qituvchi-peda- gogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim aha- miyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ish- larni pedagogik tahlil qilish, ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta'minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu ta- lablar pedagogika oliy o'quv yurtlarining maktabgacha ta'lim yo'nalishi bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluq- li bo'lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yana- da takomillashtirishni taqozo etadi.
"Maktabgacha pedagogika” fani bo'yicha tayyorlangan ush- bu darslikda ana shu nazariy-metodologik asoslarga tayanilgan holda asosiy e'tibor - maktabgacha pedagogikaning umumiy asoslari, uning ilmiy-tadqiqod metodlari, maqsad va vazifalari, maktabgacha ta'lim didaktikasi, O'zbekistonda maktabgacha ta'limning vujudga kelishi, rivojlanishining asosiy bosqichlari, ta'lim sohasi bo'yicha qabul qilingan huquqiy-me'yoriy qonun hujjatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarni har tamonlama tar- biyalashning o'ziga xos xususiyatlar, shakl va usullari, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning nazariy asoslari, oila, maktab va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi hamkorlik alo- qalari, turli xil maktabgacha ta'lim muassasalari ishini tashkil etish, ularga rahbarlik qilish va maktabgacha ta'lim tizimi to- monidan nazorat qilish kabi masalalar tahliliga qaratilgan.
Darslikda ilk bor maktabgacha pedagogika fanining vu- judga kelish tarixi, maktabgacha ta'lim didaktikasi, Maktab- gacha ta'lim vazirligi faoliyati, "Bolalar huquqlari to'g'risida
Konvensiya"ni ta'lim-tarbiyaviy jarayonga qo'llashning na- zariy va amaliy jihatlari yoritilganligi ushbu manba nufuzini oshiradi.
Shuningdek, mazkur masalalar bo'yicha chet davlatlarda pedagog-psixolog va olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo'yicha fikr va mulohazalari ham o'rin egallagan.
Darslikda ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan tarbiya an'analari va aqidalari, metodi va yo'l-yo'riqlari nazariy jihat- dan tahlil qilingan. “Maktabgacha pedagogika”ning nazariy asoslari insonning aqliy kamolotini yuksaltirishga qaratilgan, Maktabgacha pedagogikaning milliy asoslari xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi.
Mazkur masalalar mantiqan bir-biri bilan uzviy bog'liq hol- da izchil tadqiq etilishi maktabgacha pedagogika sohasida amalga oshirilayotgan ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlar- ni tashkil etishda yangicha yondashuvni taqozo etadi. Bu hol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g'oyaviy-nazariy da- rajasini ta'minlashga, uning mazmunini umumiy pedagogi- ka fani tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va na- zariy qoidalar negizida talabalarni kasbiy tayyorlash va mal- akalarini o'zlashtirishga imkon yaratadi.
“Maktabgacha pedagogika” fanini o'rganish orqali talabalar tug'ilgandan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni oilada va mak- tabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya ishlari mazmu- ni va metodlarini, uni tashkil etish shakllarini, bolalarning maktabga tayyorgarligining samarali metodlari, maktabga- cha ta'lim tizimi shakllanishining tarixiy jihatlari, maktabga- cha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ularga rahbarlik qil- ish tamoyillari, ularning faoliyatini uslubiy jihatdan ta'minlash va nazorat qilish masalalari haqida ma'lumotga ega bo'ladilar.
Bu masalalarni chuqur va har tomonlama o'rganishda pe- dagogika fanlari asoslari va umumiy nazariy-metodologik qoidalarga tayanilgan. Maktabgacha pedagogika fanining g'oyaviy-nazariy darajasini ta'minlashga, uning mazmunini pedagogika fani sohasida qo'lga kiritilgan ilmiy-nazariy yutuq- lar xulosalar negizida yoritishga imkon beradi.
Ushbu darslikning har bobida tayanch iboralar, nazorat va test savollari, zamonaviy pedagogik texnlogiyalar asosi- da yaratilgan ishlanmalar, ilmiy va ilmiy-metodik adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgani talabalarning har bir mavzuni chuqur o'zlashtirishi va mustahkamlashga, shuningdek, ularda o'z us- tida mustaqil ishlash ko'nikmasining hosil bo'lishiga xizmat qiladi.
Ushbu darslikni yaratishda mustaqillikyillarida mazkur so- hada faoliyat yuritgan yetuk olim va mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy-uslubiy manbalardan foydalanildi.
Darslik maktabgacha ta'lim yo'nalishi tizimida faoli- yat ko'rsatayotgan barcha pedagoglar, maktabgacha ta'lim muassasalari, metodistlari, pedagogika universiteti, institut- lari talabalari uchun ilmiy-uslubiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Download 6,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish