Akayriya — ezmalik, shilqimlik. Bemor bitta savolni hadeb qaytaraveradi, vrach unga javob bergan bo'lsada.
Akalkuliya — hisoblash qobiliyatining buzilishi.
Akscntuatsiya — ba’zi ruhiy funksiyalarning kuchayishi, zo'rayishi.
Alaliya — nutqning rivojlanmay qolishi, tafakkur va eshitish funksiyasi saqlangan bo'ladi.
377
Ambivalentlik — tashqi ta’sirotlarga bir-biriga zid bo'lgan ikki xil javob qaytarish.
Ambidekstriya — chapaqayli va o'naqaylik xususiyatlariga ega bo'lish.
Amenoreya - — hayz ko'rishning uzoq vaqtga yo'qolishi (odatda 6 oyga).
Amneziya — xotiraning yo'qolishi.
Analiz —■ narsa va voqealarni, ya’ni butunni bo'laklarga bo'lib o'rganish.
Analizator — signallarni qabul qiluvchi, qayta ishlovchi va javob tayyorlovchi neyronlar majmuasi (morfo-funksional sistema). Masalan harakat, sezgi, ko'rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va h.k. analizatorlar.
Anamnez - bemor va uning kasalligi haqidagi ma’lumotlami uning o'zidan va yonidagilardan so'rab-surishtirish.
Anaxoretlik — odamlar bilan muloqot qilishdan qochish, hech kim yo'q joyga intilish.
Angedoniya — xursand bo'lish, rohatlanish hissining yo'qolishi.
Anergiya — faollikning pasayib ketishi yoki yo'qolishi.
Anozognoziya — o'z kasalligini anglamaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: |