Tibbiyot psixologiy asi


Bosh miya jarohatlarida qanday ruhiy-hissiy buzlishlar kuzatiladi?



Download 0,96 Mb.
bet114/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Bosh miya jarohatlarida qanday ruhiy-hissiy buzlishlar kuzatiladi?

  • Posttravmatik amneziyaning qanday turlarini bilasiz?

  • Korsakov sindromi haqida nimalarni bilasiz?


    297


    1. Meningit va meningoensefalitdan so'ng qanday ruhiy asorallar qoladi?

    2. O'zingiz guvohi bo'lgan vaziyatlar haqida so'zlab bering.

    3. Epilepsiya nima?

    4. Epilepsiya sabablarini aytib bering.

    5. Epilepsiya bilan qaysi buyuk shaxslar kasallangan?

    6. Aura nima?

    7. Epilepsiyada qanday ruhiy buzilishlar kuzatiladi?

    1. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarga qanday tavsiyalar beriladi?


    298


    XV BOB. ALKOGOLIZM VA GIYOHVANDLIKDA


    BEMORLAR PSIXOLOGIYASI


    Faqat o'ta donolarga va о‘la nodonlarga aql о'rgatib bo 'Imavdi.
    Konfutsiy

    1. Alkogolizmda bemorlar psixologiyasi

    Ichkilikbozlik muaramosi qadimdan raa’lumdir. Bugungi kunda esa bu muammo nafaqat tibbiy-psixologik, balki ijtimoiy muammoga ham aylangan. Chunki ichkilikbozlik nafaqat spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchining salomatligiga ziyon keltiradi, balki oilaning buzilishi va farzandlar tarbiyasiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Surunkali alkogo-lizmda kuzatiladigan ruhiy buzilishlar turli-tuman bo'lib, ularning qay darajada rivojlanganligi bemorning necha yildan beri spirtli ichimliklarni iste’mol qilishi, uning miqdori, jismoniy salomatligi kabi bir qancha omillarga bog'liq.
    Aksariyat mutaxassislar surunkali alkogolizmda psixik buzilishlaming yuzaga kelishini kasallikning og'ir bosqichga o'tganidan dalolat beradi, deb ta’kidlashadi. Surunkali alkogolizmda ruhiy buzilishlaming tez shakllanishini spirtli ichimliklarni ortiqcha iste’mol qilish sababli yuzaga keladigan o'tkir zaharlanishlar kuchaytiradi. Har bir o'tkir zaharlanish turli darajadagi o'tkir psixozlar bilan namoyon bo'ladi.
    Klinikasi. Alkogolizmda yuzaga keladigan ruhiy-hissiy buzilishlaming tasnifi bir qancha. Biz tibbiy amaliyotda eng ko'p uchraydigan ruhiy- hissiy buzilishlaming ba’zi turlarini keltirib o'tamiz. Bular ichida alkogol deliriysi alohida o'rin tutadi. Alkogol deliriysi turli darajadagi psixovegetativ buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Unda ko'ruv gallyutsinatsiyalari, ongning tumanlashuvi, vahima va xavotir, giperdina- miya, alahsirashlar, betoqatlik kuzatiladi. Shuningdek, taxikardiya, gipergidroz, gipertermiya, qon bosimning o'zgarib turishlari ham namoyon bo'ladi. Delirioz holatlar ichkilikbozlikka uzoq vaqtdan buyon berilgan shaxslarda ko'p kuzatiladi.
    Delirioz holatlarda bemorning ahvoli yomonlashsa, u atrofdagilarga e’tibor bermay qo'yadi, yaqinlarini tanimaydi, gap-so'zlarning ma’nosini anglamaydi, ma’nosiz gaplar gapiradi va qiliqlar qiladi. Og'ir holatlarda tana harorati ko'tariladi, oliguriya kuzatiladi, arterial qon bosim pasayib ketadi va oxir-oqibat bemorning hayoti katta xavf ostida qoladi.
    Alkogolizmda gallyutsinatsiyalar ham alohida o'rin kasb etadi. Ularning o'tkir va surunkali turlari farq qilinadi. Ayniqsa, eshituv


    299




    gallyutsinatsiyalari ko‘p uchraydi. Ular shovqin, hushtak, shivirlash, turli xil so'zlar shaklida bemorga, asosan, kechqurun yoki tunda eshitiladi. Eshituv gallyutsinatsiyalari ularda xavotir, qo'rquv va uyquning buzilishi bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Aksar hollarda ularning xulq-atvori keskin o'zgarib, ruhiy bemorlarniki kabi bo'ladi. Deliriydan farqli o'laroq, gallyutsinatsiyalarda bemorning ongi saqlangan bo'ladi. Eshituv gallyutsinatsiyalari ko'p hollarda affektiv va vegetativ buzilishlar bilan ham namoyon bo'ladi.
    Alkogolizmda alahlashli psixozlar vahima, ortiqcha beo'xshov harakatlar, sensor buzilishlar, uyqusizlik, gumonsirash, ta’qib kabi affektiv buzilishlar bilan kechadi.
    Ensefalopatiyalar
    Spirtli ichimJiklami ko'p miqdorda va uzoq vaqt iste’mol qilish o'tkir va surunkali ensefalopatiyalar rivojlanishiga sabab bo'ladi. O'tkir ensefalopatiyalar ichida Gaye-Vemike ensefalopatiyasi alohida o'rin tutadi. Ushbu ensefalopatiya o'tkir boshlanadi va kuchli delirioz psixozlar, nevrologik va somatik belgilar bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Muta­xassislar mazkur ensefalopatiya patogenezida В vitamini yetishmasligiga katta urg'u berishadi. Nevrologik simptomlar turli-tuman bo'lib, ular psixik buzilishlar darajasiga ham bog'liq bo'ladi, ayniqsa, vegetativ buzilishlar. Yuz va tananing turli joylarida fibrillyatsiyalar va fastsikulyatsiyalar, giperkinezlar, mushaklar distoniyasi, tutqanoq xurujlari, bulbar va psevdobulbar simptomlar, patologik piramidal belgilar paydo bo'ladi.
    Surunkali alkogolizmda ruhiy-hissiy buzilishlar kuchaya borib, bosh miya tuzilmalarida chuqur organik buzilishlar paydo bo'ladi, ya’ni toksik ensefalopatiya rivojlanadi. Toksik ensefalopatiya, ayniqsa, sifatsiz spirtli ichimliklar, ya’ni alkogol surrogatlarini doimo iste’mol qilishda ham ko'p kuzatiladi. Toksik ensefalopatiyalar yaqqol ko'zga tashlanadigan nevrologik belgilar va kuchli ruhiy-hissiy buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Bular amentiv va affektiv holatlar, tez-tez va uzoq davom etuvchi deliriylar, gallyutsinatsiyajar, illyuziyalar, Korsakov amneziyasi, konfabulyatsiyalar, stupor, depressiya, oneyroid sindrom va boshqa turli xil psixik avtomatizmlardir.
    Abstinent sindrom
    Abstinent sindrom doimiy ravishda ko'p miqdorda alkogol ichib yurib uni to'satdan to'xtatganlarda ro'y beradi va turli darajada, psixovegetativ, nevrologik va somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Ushbu


    300




    buzilishlar zarur miqdorda alkogol iste’mol qilgandan so‘ng kamayadi yoki yo'qoladi. Abstinent sindrom xalq orasida «alkogoldan judo bo'lish» sindromi deb ham ataladi.
    Abstinent sindromning klinik belgilari turlicha namoyon bo'lishi mumkin va uning ba’zi turlarida nevrologik, ba’zilarida ruhiy-hissiy, boshqa birlarida somatik buzilishlar yaqqol ko'zga tashlanadi, biroq ularning barchasida ruhiy buzilishlar alohida o'rin tutadi. Demak, ichkilik ichib yuradigan odam uni iste’mol qilmay qo'ysa, abstinent sindrom rivojlanadi, bunda bemor juda bezovta bo'lib asabiylashaveradi, bir joyda tinch o'tira olmaydi, o'zini xotini va bola-chaqalariga nisbatan agressiv tutadi, aroq topib berishni talab qilaveradi, janjal ko'taradi, xulq-atvori jinnisifat bo'lib qoladi.
    Abstinent sindrom ba’zi bemorlarda kuchli agressiv holat bilan, ba’zi bemorlarda esa apatiya bilan namoyon bo'ladi, ya’ni bemor yig'layveradi, atrofdagilardan, ayniqsa, umr yo'ldoshidan kechirim so'rayveradi: «Boshqa ichmayman, lekin hozir, albatta, aroq topib ber, bo'lmasa o'lib qolaman», deb yolvoraberadi. Haqiqatdan ham yetarli miqdorda aroq ichgandan so'ng tinchlanadi va uxlab qoladi.
    Shuningdek, abstinent sindromda qon bosimning tushib ketishi yoki aksincha, juda yuqori ko'tarilishi yui rangining oqarib-ko'karishi, mavjud somatik kasalliklarning qo'zg'alishi, ayniqsa, bemor sigaret chekadigan va unda surunkali bronxit bo'lsa, qattiq yo'tal tutishi mumkin. Bunday vaziyatlar ba’zan o'lim bilan tugaydi. Shuningdek, kuchli bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi va qayt qilish, kuchli terlash, siyib yuborish, taxikardiya, muvozanatning buzilishi kabi belgilar ham kuzatiladi. Bemor uxlay olmaydi. yomon tushlar ko'rib uyg'onib ketadi, miyasiga suitsidal fikrlar keladi.
    Albatta, yuqorida qayd qilingan belgilar turli bemorlarda turlicha namoyon bo'ladi, ba’zan bu belgilar uning oila va jamiyatda tutgan o'rni, mizoji, somatik va ruhiy holatiga ham bog'liq bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, o‘ta yaxshi xulq-atvorli va jamiyatda hurmat-e’tiborga ega bo'lgan, biroq ichkilikni xush ko'radigan shaxslarda abstinent sindrom rivojlansa, ular o'ta sharmandali ahvolga tushib qolishi va yaqin do'stlarini ham qattiq haqorat qilib, uzoq yillik do'stona munosabatlarni umrbod uzib qo'yishlari mumkin. Demak, bundan oila va jamiyatga ham moddiy, ham ma’naviy katta ziyon yetkazilishini e’tiborga olsak, alkogolizmning katta ijtimoiy muammo ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.


    301


    1. Giyohvandlikda bemorlar psixologiyasi

    Giyohvandlikning kelib chiqish sabablari. Dorivor o‘simliklarni qayta ishlash va faolroq moddalarni olish texnologiyasi rivojlana borgan sari, giyohvand moddalarning organizmga bo'lgan zararli ta’sirini mukammal o'rganish ham rivojlana boshladi. Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar va shu sababli rivojlangan og‘ir kasalliklar soni tobora ortib bordi. Giyohvandlik ijtimoiy muammoga aylandi.
    Giyohvand moddalarning aholi orasida keng tarqali shining bir qator sabablari bo'lib, ular orasida psixologik omiilar ham alohida o'rin tutadi. Giyohvandlikka berilishning sabablari juda ko'pdir. Ular ichida ruhiy- hissiy zo'riqishlar ham yetuk omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ruhiy- hissiy zo'riqishlardan so'ng «psixologik vakuum» ning paydo bo'lishi, oiladagi nosog'lom muhit, salbiy hissiyotlarga berilish, kayfiyatni dori orqali ko'tarishga intilish shular jumlasidandir.
    Ma’lumki, giyohvandlikka ruju qo'yish, asosan, o'smirlik davridan boshlanadi va bunda oiladagi noto'g'ri tarbiya eng kuchli salbiy omillardan biridir. Ota-ona tomonidan bolalarga ko'rsatilgan haddan tashqari g'amxo'rlik yoki bo'lmasa, ulaning mehr-oqibat ko'rsatmay tarbiyalanishi, o'ta darajada qattiqqo'llik bolaning jamiyat talablariga javob beradigan sog'lom shaxs bo'lib rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. O'smirlar uydan bezib ko'chadan mehr izlay boshlashadi va giyohvand moddalar tarqatuvchilar qo'liga tushib, keyinchalik giyohvand moddalarni qabul qila boshlashadi, bu moddalarga jismoniy va ruhiy qaramlik paydo bo'ladi. Albatta, giyohvandlikda ruhiy moyillikdan tashqari, bosh miyada turli darajadagi metabolik buzilishlar ro'y beradi- ki, bu liaqua niaxsus adabiyotlarda batafsil ma’lumctlar keltirilgan.
    GiyohvandHkda xulq-atvorning o‘zgarishi va bemorlar psixologiyasi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, giyohvandlikda avvalambor, bemorning irodasi so'nib boradi, unda giyohvand moddaga nisbatan kuchli mayl shakllanadi. Asta-sekin bu mayl kuchaya borib, bemor unga qarshi kurashishga ojiz bo'lib qoladi. unda ruhiy qaramlik sindromi rivojlanadi. Bemorning fikru xayoli giyo. /and moddalarni topish va uni iste’mol qilishga qaratiladi. Ruhiy qaramlik sindromida narkotik vositalarning yo'qligi bemorda doimo noxush kayfiyat paydo qiladi, u bo'lar-bo'lmasga janjal ko'taradigan bo'lib qoladi. Giyohvand moddani iste’mol qilgan kuni esa kayfiyati yana ko'tariladi, ya’ni xulq-atvorida ijobiy xislatlar paydo bo'ladi.
    Mutaxassislarning fikricha, ruhiy qaramlik sindromida bosh miyada maqsad va istaklar kurashi, qarama-qarshi fikrlar, miyani tark etmaydigan istak va xayollarning oqimi yuzaga keladi. Albatta, miyadagi bu


    302




    jarayonlar giyohvand moddalarning turiga, qancha miqdorda, necha yildan buyon iste’mol qilayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, giyohvand moddalarni endigina qabul qila boshlagan bemor o‘zida paydo bo'lgan ruhiy qaramlikni darrov anglay olmaydi. U borib- borib, o‘zida yuzaga kelgan vaziyatga bog‘lanib qoladi. Giyohvandlikdan chiqib ketishning qiyinligi ham shundan iboratki, bemor ruhiy qaramlikdan tashqari, giyohvand moddalar bilan bog‘liq oldi-sotdilarga aralashib, jinoyat yo‘liga kirib qoladi.
    Giyohvand moddalarni qabul qilib yurgan bemor uchun kundalik hayotdan qoniqmaslik, sababsiz urush-janjallar, jizzakilik, doimiy norozilik alomatlari va shuningdek, giyohvand moddalarni topish haqida gap ochilganda, beixtiyor jonlanishning paydo bo‘lishi xosdir.
    Ruhiy qaramlik sindromida bemorning ichki dunyosida keskin o'zgarishlar ro‘y beradi, yaqin qarindoshlari, farzandlari va ota-onasiga munosabati o'zgara boshlaydi, ular orasida mehr-oqibat yo‘qolib boradi. Bemorning xulq-atvorida o‘ziga xos qaysarlik va o‘jarlik shakllanadi, u yaqinlarining tanqidlariga qaramasdan, o‘z fikrini tasdiqlashga yoki qilayotgan nojo‘ya ishlarini oqlashga intiladi. To‘g‘ri, ba’zan bemor og‘ir bir dardga duchor bo‘lganini anglab, bu yo‘ldan qaytishga urinadi, biroq avvalgidek to'laqonli sog‘lom hayot tarziga qaytish o‘ta qiyin bo'ladi. Bunday vaziyatlarda bemorning o'zi, uning yaqinlari, psixolog, narkologlaming hamnafas bo'lib ishlashi ijobiy natija berishi mumkin. Ba’zan bemorning «O'zim boshlaganman, o'zim to'xtataman», deb tibbiy- psixologik muolajalardan voz kechishi oqibati giyohvand moddalar qabul qilishning yanada og'irroq turiga o'tib ketishiga olib keladi.
    Ruhiy qaramlik nafaqat muayyan bir giyohvand modda bilan, ba’zan uning boshqa turlari ta’sirida ham qondirishi mumkin. Giyohvandlikda ruhiy qaramlik sindromi ancha erta boshlanadigan va uzoq davom etadigan sindromdir. Giyohvand moddalarni iste’mol qilishni to'xtatgandan so'ng ham bemor ruhiy qaramlikdan ancha vaqtgacha chiqa olmay yuradi. Shuning uchun ham ularga doimo psixolog yordami zarur bo'ladi. Ruhiy qaramlik sindromini dastlabki davrlarida aniqlash psixologdan yuksak darajada ziyraklik va mahorat talab etadi. Chunki bemor turli xil yo'llar bilan giyohvand moddalarni qabul qilib yurganini atrofdagilardan yashiradi va o'zida ruhiy qaramlik paydo bo'lganini bilmay qoladi.
    Kasallik avj olgan sari ruhiy qaramlik sindromidan og'irroq bo'lgan abstinensiya va jismoniy qaramlik (kompulsiv) sindromlari shakllana boshlaydi. Bemor giyohvand moddalarni ko'p iste’mol qila boshlaydi va buning oqibatida hayotiy muhim mayllar, ya’ni jinsiy, och qolish hamda himoya instinktlari ular uchun ikkinchi darajali bo'lib qoladi.


    303




    Kompulsiv sindrom abstinent sindromga qaraganda og‘ir kechadi. Kompulsiv sindrom bemorning xulq-atvorida to‘la aks etadi, ya’ni bemor doimo giyohvand moddalarni izlab topish yo'liga o‘tib oladi. Jismoniy qaramlikda bemor doimo qabul qilib yurgan giyohvand moddani boshqasiga o‘zgartirsa, qoniqish sezmaydi, g‘amgin holatda yuradi. Demak, giyohvand moddalarning aniq bir turiga ruju qo'yish kompulsiv sindromga xos belgilardan biridir va organizmning aynan shu giyohvand moddaga ko'nikib qolganligi alomatidir. Agar shu giyohvand modda qabul qilinmasa yoki butunlay to'xtatilsa, abstinent sindrom rivojlanadi. Abstinent sindromning klinik ko'rinishi turlicha bo'ladi va asosan jahlning tez chiqishi, uyqusizlik, qo'llarda yoki butun tanada tremor, og'ir hollarda tutqanoq xurujlari, yurak va nafas olish faoliyatining buzilishi kuzatiladi.
    Giyohvandlikning barcha turlari uchun organizmda qabul qilayotgan moddaga nisbatan tolerantlikning paydo bo'lishi xosdir, shuning uchun ham bemor doimo giyohvand moddaning miqdorini oshirib borishga majbur. Aks holda, eyforiya ro'y bermaydi yoki abstinent sindrom rivojlanadi.
    Giyohvand moddalarni surunkali qabul qilaverish intoksikatsiya holatini yuzaga keltiradi, bunda bemorning shaxsiyati patologik tarzda o'zgarib boradi va tez-tez o'tkir psixozlar kuzatilib turadi. Chunki giyohvand moddalar ruhiyatga tez ta’sir qilishi bilan boshqa farmakologik dorivor vositalardan ajralib turadi. Shuningdek, giyohvand moddalar qon tomirlar va parenximatoz a’zolarga dastlabki kunlardanoq salbiy ta’sir ko'rsata boshlaydi. Keyinchalik organizmdagi barcha a’zo va to'qimalar faoliyati buzilib boradi.
    Giyohvandlikning barcha turlari 3 bosqichda kechadi: adaptatsiya (moslashuv), abstinensiya va toliqisb bosqichlari.
    Adaptatsiya bosqichida giyohvand moddalar tushgan organizm faoliyati o'zgara boshlaydi, ya’ni ichki a’zolar ushbu moddalar bilan faoliyat ko'rsatishga moslashib oladi. Bu jarayonlar bilan parallel tarzda ruhiy qaramlik rivojlanib boradi. Avvaliga himoya mexanizmlari ishga tushadi, bu esa ko'ngil aynish, qayd qilish, terida qichimalar paydo bo'lishi, bosh aylanish bilan namoyon bo'ladi. Biroq bu belgilar sekin- asta yo'qolib boradi, chunki organizm giyohvand moddalarga moslashib oladi.
    Abstinensiya bosqichida ruhiy qaramlikka jismoniy qaramlik qo'shiladi. Organizmda giyohvand modda miqdorining kamayishi uning o'rnini qoplash uchun bemorda kuchli ishtiyoq hosil qiladi (kompulsiv intilish). Agar bu ishtiyoq qondirilmasa organizmning kompensator imkoniyatlari zo'riqib, abstinent sindrom yanada kuchayadi. Ba’zi vaziyatlarda bu sindrom uzoq vaqt giyohvand moddalarni qabul qilmay


    304




    yurgan bemorlarda ham yuzaga keladi. Uzoq vaqtli reniissiyadan so‘ng giyohvand moddani organizmga yuborish yana jismoniy qaramlikni paydo qiladi, hatto kuchaytiradi ham. Bunda nafaqat yuqori miqdordagi giyohvand moddalarga ko'nikish, balki uni yana doimiy tarzda qabul qilish boshlanib ketadi. Keyinchalik katta miqdordagi giyohvand moddalar ham kayfiyatni ko'tara olmay qoladi va bemor yanada kuchlircg‘iga o‘ta boshlaydi. Abstinent sindrom tananing turli joylarida kuchli og'riqlar bilan kechganligi va ularni boshqa dorilar bilan to'xtatish qiyinligi sababli bemor giyohvand moddani yana qabul qilishiga to'g'ri keladi.
    Toliqish bosqichida organizmning barcha himoya funksiyalari keskin pasaygan bo'ladi, bemorning deyarli barcha a’zolarida nafaqat funksional buzilishlar, balki organik o'zgarishlar yuzaga keladi, terida turli xil yarachalar paydo bo'ladi. Bunday bemorlar tez-tez kasallikka chalinishadi. Bu bosqichda giyohvand moddalarning tetiklashtiruvchi va kayfiyatni ko'taruvchi ta’siri ham pasayadi. Organizmni ruhan va jismonan qoniqarli holatda ushlash uchun bemorlar giyohvand moddalarni kam miqdorda qabul qilib yurishadi. Chunki bularsiz organizmning faoliyat ko'rsatishi o'ta mushkul bo'lib qoladi va uni yangi muhitga o'tkazish qiyinlashadi. Abstinent sindrom bir necha oylarga cho'zilishi mumkin.

    Download 0,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   158




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish