Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet102/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

253




ham bog‘lana oladigan imkoniyat bo'lishi lozim, chunki zudlik bilan psixolog yordami lozim bo‘lib qolishi mumkin.
Farmakologik vositalar bilan davolash
Farmakologik vositalar depressiyaning barcha turlarida va uning darajasidan qat’i nazar, tavsiya etilishi mumkin. Vrach yoki psixologning bemor oldiga qo‘yadigan eng asosiy shartlaridan biri davolanishni reja asosida olib borish va psixolog tavsiyalarini so‘zsiz bajarishdir.
Bugungi kunda dori vositalardan antidepressantlar keng qo‘llaniladi. Antidepressantlardan fluoksetin (prozak, profluzak), sertralin (zoloft), sitalopram (sipramil), paroksetin (paksil), fluvoksamin (fevarin), tianeptin (koaksil), mianserin (lerivon), moklobemid (auroriks), milnatsipran (iksel), mirtazapin (remeron)lar ko‘p ishlatiladi.
Antidepressantlar bilan davolash qonun-qoidalari.

  1. Depressiya turi, darajasi, klinik manzarasi va bemorning somatik ahvolidan kelib chiqqan holda aniq bir antidepressant tanlab olinadi. Uning kundalik miqdori belgilanadi va davolash sxemasi tuziladi.

  2. Antidepressantlar bilan davolaganda, depressiya belgilari sekin-asta yo qolib borishi (odatda, 1-2 haftadan so'ng) bemorga tushuntiriladi. Uni vrachdan bemaslahat to'xtatib qo'yish mumkin emasligi uqtiriladi. Antidepressantlarni bir necha oy ichish zarurligi va depressiya belgilari butunlay yo'qolgach, vrachning o'zi davolashni to'xtatish vaqtini belgilashi aytiladi.

  3. Antidepressantlarni kasallik belgilari yo'qolgandan so'ng ham yana 4-6 oy mobaynida, ba’zan undan ham ko'p ichish zarurligi tushuntiriladi. Bu qoida depressiyaning yana qaytalanmasligi uchun qabul qilingan.

Farmakologik dorilar bilan davolash jarayonida rejali tarzda psixoterapiya muolajalarining o'tkazilishi bemorning depressiyadan chiqish davrini tezlashtiradi. Psixoterapevtik muolajalar paytida bemor bilan muloqotlar olib boriladi, antidepressantlarni qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan muammolar yechiladi (chunki aksariyat bemorlar 1 oydan so'ng dori ichishni to'xtatib qo'yishadi), bemorda yaxshi natijalarga ishonch hosil qilinadi.
Bugungi kunda depressiyani davolashda ishlatiladigan antidepres­santlar soni ko'pdir. Bunda antidepressantlarni (timoanaleptiklarni) to'g'ri tanlay olish o'ta muhimdir. Ularni muddatidan oldin to'xtatib qo'yish yoki asossiz tarzda kam miqdorda berish kutilgan ijobiy natijani bermaydi. Bemor depressiya belgilari tugaguncha doimo vrach nazoratida bo'lishi zarur. Dorilarni to'satdan to'xtatish depressiyaning yana qo'zg'alishiga sabab bo'ladi.


254




Depressiyani davolashda antidepressantlar bilan birgalikda, fizioterapiya, igloterapiya, fitoterapiya, davolash gimnastikalarini qo'llash bemorning tuzalishini tezlashtiradi.
Endi 0‘zbekistonda depressiyani davolashda ko‘p qo‘llaniladigan antidepressantlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish