Sog’lom bolalarda yurak mutloq chegarasi
Chegaralar
|
0-2 yosh
|
2-7 yosh
|
7-12 yosh
|
O'ng
|
To'sh suyagining chap chetida
|
Chap
|
Chap o'rta o'mrov va parasternal chiziq o’rtasitda o'rta o'mrov chizig'iga yaqin
|
Chap o'rta o'mrov va parasternal chiziq
yarmida
|
Chap o'rta o'mrov va
parasternal chiziq o'rtasida parastrenal chiziqga yaqin
|
Yuqori
|
III qovurg'a
|
III qovurg'a oralig'i
|
IV qovurg'a
|
Ko'ndalang
|
2-3 sm
|
4 sm
|
5-5,5 sm
|
Bolalarda yurak chegarasini aniqlashda bilvosita perkussiyadan foydalanish maqsadga muvofiq, bunda perkutor ovoz yo’nalishi oldindan orqaga bo´ladi. Odatda bolalarda yurak mutloq chegarasi perkussiya qilinmaydi.
Auskultatsiya. Bolani eshitish vertikal, gorizontal va chap yonga yotgan holatda o'tkaziladi. Xuddi kattalarnikidek bolalarda, yurak auskultasiyasi klapanlar yaxshi eshitiladigan joylarda o'tkaziladi: mitral klapan - yurak choqqisida, uch tabaqali klapan - to'sh suyagining o'ng qirrasida, to'sh tanasining hilichsimon o’simta bilan birikkan joyida, aorta - to'sh qirrasidan o’ngda II qovurga oralig'ida, o'pka arteriyasi klapani - to'sh suyagidan chapda II - qovurga oralig'ida. Qo'shimcha V-nuqta (Botkin-Erba nuqtasi) III qovurga bilan to'sh suyagining chap qirrasi kesishgan joyda, aorta klapani ovozi eshitiladi. Sog'lom bolalarda bolalikning barcha davrlarida yurak cho'qqisida I ton II tonga nisbatan balandroq eshitiladi.
|
Yurak klapanlarini auskultasiya qilish nuqtalari.
1.Mitral klapan
2.Aortal klapan
3.o'pka arteriyasi
4.Uch tabaqali klapan
5. Botkin nuqtasi
|
Bolalarda 2,5-3 yoshligida kattalarnikiga o'xshab, II - qovurgalar orasida II ton yaxshi eshitiladi, 8-12 yoshgacha o'pka arteriyasi ustida II ton aortaga nisbatan yaxshiroq eshitiladi. Sog’lom bolalarda ba'zan diastola boshlanishida qonning o'tishida, qorinchalar devorining tez tortilishi natijasida III ton eshitiladi. U II tondan keyin yurak cho'qqisida yo’ki undan bir oz ichkarida, hamda V- nuqtada eshitiladi. Sog'lom bolalarda ba'zan aorta va o'pka arteriyasi klapanlarining turli vaqtlarda qarsaklanishi natijasida II -ton ikkilanib eshitiladi, qo'shimcha tonlardan tashqari, sog'lom bolalarda barcha bolalik davrlarida funksional shovqinlar eshitiladi. Funksional shovqinlar chegaralangan sohani egallaydi, yotgan holatda ko'proq V-nuqtada, choqqi tagida, bo'yin tomirlarida yaxshi eshitiladi, vertikal holatda yo’ki jismoniy zo’riqishdan so'ng intensivligi pasayadi. Funksional shovqin doimiy emas, yurakdan tashqari sohalarga uzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |