FOLAT TANQISLIK KAMQONLIGI
Folat tanqislik kamqonligi (FTK) megablast kamqonlikguruhiiga kiradi. Megablast kamqonlik (MK) - samarasiz eritropoez natijasidagi kamqonlik bo’lib, eritrositlarning shakllanishi va morfologiyasining o’zgarishi bilan xarakterlanadi.
FTK kam uchraydigan kasallik, ko’krak yoshidagi bolalarda, asosan chala tug’ilganlarda kuzatiladi.
Etiologiyasi va patogenezi. Yetuk tug’ilgan, rasional tabiiy ovfatlanishda bo’lgan chaqoloqlarda folat kislo’taga talab qoniharli bo’ladi.
Sabablari: absobrsiyaning tug’ma buzilishi va folat almashinuvining buzilishi (kam qo’llarda), orttirilgan malabsorbsiya (seliakiya, ekssudativ enteropatiya); chala tug’ilganlarda folat kislo’taga bo’lgan talab yuqoriligi, gemolitik anemiyalar, ba'zi bir dorilar bilan davolanganda (meto’treksat; sulfanilamidlar; silga harshi dorilar), uzoq davom etuvchi infeksiyalar. Folat kislo’ta tanqisligi kamqonligi echki suti bilan bo’g’ilgan bolalarda kuzatiladi. Suyak iligida va periferik qonda megablast o’zgarishlar 3-3,5 oydan keyin paydo bo’ladi. Og’irlik darajasiga harab klassifikasiya qilinadi.
Klinikasi. Chala tug’ilgan bolalarda 3-6 oyligidan boshlab, lanj, anoreksiya, glossit, diareya, qon talashlar va bakterial infeksiya yuzaga keladi. Periferik qonda megablast o’zgarishlar, neytropeniya neytrofillar olchami kattalashgan, trombositopeniya kuzatiladi. Nevrologik buzilishlar xarakterli emas.
Diagnostikasi. Periferik qonda eritrositlar orasida megalositlar ustunlik qiladi - 10 dan 12 mkmgacha diametrdagi hujayralar, aylana yo’ki ellips shaklida bo’ladi. Eritrositlarning o'rtacha hajmi 100 dan 146 flga teng. Periferik qon surtmasida anizositoz va poykilositoz, neytrofillar gipersegmentasiyasi aniqlanadi. Suyak iligida eritroidli giperplaziya va barcha gemopoetik hujayralarning katta olchami xarakterlidir.
Differensial diagnostikasi. V12 tanqislikli kamqonlik bilan o’tkaziladi. Vit12 tanqislikligi kamqonligida peshobda metilmalon kislo’tasi ajralishi ko’tarilgan, uni folat kislo’ta kamqonligidan farqlaydi.
Davosi. Folat kislo’ta ichishga sutka davomida 2-5 mgdan tavsiya qilinadi, 3 kundan keyin samara bilinadi, davo muddati 3 kundan kam bo’lmasligi kerak. Bemorlarda davo samarasi bo’lmasa, vit 12 tanqisliklik kamqonligi haqida oylash kerak. Sorilish nuqsonida folat kislo’ta parenteral tavsiya qilinadi. Chala tug’ilganlarga 2 oyligidan boshlab; talvasaga harshi va silga harshi sulfanilamidlar bilan davo olganlarga, seliakiya bilan kasallanganlarga va malabsorbsiyaning boshqa shakllarida xar kuni folat kislo’tasi 0,2-0,5 mg dozada tavsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |