SURUNKALI BUYRAK YeTIShMOVChILIGI
Surunkali buyrak yetishmovchiligi ko’pincha surunkali glomerulonefrit va pielonefrit, modda almashinuvi kasalliklari, shu jumladan qandli diabet, amiloidoz, shuningdek podagra va boshq. bilan bog’liq. Surunkali buyrak yetishmovchiligi ko’pincha tizimli qizil boricha, revmatoid artrit, trombositopenik purpura, qonning boshqa kasalliklarida, asosan mielom kasalligida rivojlanadi. Ba'zi holatlarda surunkali buyrak etishmovchiligi tugma kasalliklar (buyrak polikistozi va gipoplaziyasi) bilan, irsiy nefrit, ionlantiruvchi nurlanish ta'siri, qo’rqoshin bilan zaharlanish, alkogol surrogatlari, analgetiklar, oltin va platina dorilari, antibio’tiklarni qo’llash bilan bog’liq. Surunkali buyrak etishmovchiligi rivojlanishini funsiyasi yo’qotilmagan nefronlar sonining progressiv kamayishi, saqlangan nefronlarning oshib boruvchi yuklamasi va keiynchalik atrofiyasi bilan bog’lashadi. Bunda suv-tuz almashinuvi va kislota-ishqor barharorligi izdan chiqishi ortib boradi, azo’tli shlaklar to’planishi ancha ortadi, bu uremiya simptomlari namoyon bo’lishigaa sharoit yaratadi. Asosiy kasallikga bog’liq ravishda surunkali buyrak etishmovchiligida suv va tuz ushlanib qolishiga moyillik, aretrial gipertenziya, yo’ki, aksincha, suv va tuz yogo’tilishiga moyillik va arterial bosim pasayishi ustun kelishi mumkin. Buyrak funksiyasining 10-15% saqlanganda uremiya rivojlanishini maxsus parhez yo’rdamida saqlab turish mumkin. Funksiyaning 10% dan kami saqlanganda, hatto parhezning eng qat'iy tartibi belgilangan bo’lsa ham uremiya simptomlari progresslanishi mumkin, qonni ekstrakorporal tozalashga zaruriyat tog’iladi.
Morfologik o’zgarishlar surunkali buyrak yetishmovchiligining barcha turlarida nefroskleroz bilan xususiyatlanadi, u asosiy kasallikga nisbatan qator spesifik belgilariga ega. Masalan, glomerulonefritning oxirgi bosqichlarida kalavalarning chandiqli o’zgarishi kuzatiladi, bu buyraklar vazni va olchamlari o’zgarishiga olib keladi. Pielonefritda buyrak parenximasida o’choqli zichlashishlar, chandiqli kapsula bilan oralgan yiringli bo’shliqlar, ko’sacha va jom shilliq qavatida chandiq va yaralar, buyrak sorgichlarining nekrozi kuzatiladi.
Buyrak yetishmovchiligi bilan bog’langan birinchi sezgi kech paydo bo’lishiga mumkin, ya'ni ifodalangan uremik o’zgarishlar sodir bo’lganda. Erta shikoyatlar umumiy xususiyatga ega (masalan, holsizik, tez charchashlik, og’izdagi quruqlik, pasayishi, ishtaha kamayishi, chanqash ba'zida, tez-tez siyish). Bemor ko’zdan kechirilganda yuz shishinharog’i, teri rangparligi, nafas chiharishda havoning mochevina hidiga o’xshashi diqqatni tortadi. Ko’pincha bo’ldir mushaklarida tortishishlar, suyaklardagi og’riqlar, uyqu buzilishi qayd qilinadi. Azo’temiyaning bora-bora ortishi natijasida go’shtli ovqatlarga ijirg’anish, ko’ngil aynishi va och qoringa chusish, bosh og’rishi, tinch holatda hansirash, yuqori arterial bosim paydo bo’ladi. Ayo’llarda hayz sikli buzilishlari erta paydo bo’ladi, bachadon qon ketishlari mumkin, erkaklarda impo’tensiya rivojlanadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichiga kelib diurez ko’pchilik holatlarda kamayadi, ovqatlanishning turg’un jodan chiqishi yuzaga keladi - bemorlar katastrofik ravishda o’zishadi, bunda ko’pincha katta shishlar shakllanadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichiga o’tganida perikardit vujudga keladi. Bunda tosh ortida va epigastral sohada og’irlik hissi, og’riq seziladi, bemorlar tushakda majburiy holatni egallashadi, o’tirgan yo’ki biroz engashgan holatda yoki chap yonboshida yuzi bilan pastga yo’tgan holda. Ahvoli yomonlashgan sari qushini yogo’tish bilan birga tirishish xurujlari, kuchayib boruvchi uyquchanlik, harakat bezovtalanishi, alahlash, koma kuzatiladi.
Surunkali buyrak yetishmovchiligini davolashning asosiy tamoyili qonni buyrak tomonidan tozalanishi kamayganligi holatiga bemor hayo’t tarzini va ovqatlanish tartibini moslashtirishdan iborat. Buning uchun qabul qilinayo’tgan oqsil miqdori asta-sekin kamaytiriladi, kislo’talar, kaliy, va korsatmalar bo’yicha natriy qabul qilish pasaytiriladi. Oqsil parchalanishi sekinlashtiruvchi dori vositalari qo’llaniladi, masalan anabolik steroidlar. Ovqatning umumiy kaloriyaligi ko’paytiraladi. Suv va tuzni yo’qotishga moyillik bo’lganda ularni ko’p miqdorda qabul qilish tavsiya qilinadi. Terminal bosqichda qonni tozalash uslublari (gemodializ, gemofiltrasiya, peritoneal dializ) va buyraklar transplantasiyasi qo’llaniladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichida davolash tadbirlari olib borilmasa tezda olim bilan tugashi sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |