Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


SIYDIK AYIRISh TIZIMI INFEKSIYaLARI



Download 8,52 Mb.
bet203/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

SIYDIK AYIRISh TIZIMI INFEKSIYaLARI

Siydik yo’llari infeksiyalari - bolalar patologiyasi orasida ko’p uchraydigan kasallik bo’lib, o’tkir respirator virusli infeksiyalardan keyingi orinda turadi. Siydik yo’llari infeksiyalari - 7- yoshga kirgan 7-9% qizlarda va 1,6-2% og’il bolalarda uchraydi. Shuni ta'kidlab o’tish lozimki, siydik ayirish yollari infeksiyalari 1-yoshli bolalar orasida jinsidan qat'iy nazar ko’p uchrab, xuddi o’tkir pielonefrit ko’rinishida kechadi. Agar shu davrda kasallik aniqlanib, to’g’ri tashqis qo’yilmasa, mos davo choralari olib borilmasa, keyinchalik nefroskleroz ochoqlari shakllanib boradi. 30% qizlarda bir yil davomida va 50% o’g’’il bolalarda 5 yil davomida o’tkir pielonefritning qaytalanishi kuzatiladi. o’g’il bolalar uchun siydik ayirish yo’llari infeksiyasining qaytalanish soni bir yil ichida kamroq bo’lib - 15-20%ni tashkil etadi. Keyinchalik ular uchun pielonefritning qaytalanishi xarakterli emas.

Siydik ayirish yo’llari infeksiyasida obstruktiv uropatiya qizlarda 2% va o’g’il bolalarda 10% hollarda uchraydi. O’tkir sistit klinik belgilarining paydo bo’lishiga asosan 2-6 yoshli qizlarda kuzatiladi. O’tkir sistitning klinik belgilarining paydo bo’lishiga asosan 2-6 yoshli qizlarda uchraydi. Siydik yollari tizimi infeksiyalari rivojlanishiga ta'sir hiluvchi omillarga siydik yollari anomaliyalari va siydik passaji (chiqishining) buzilishi, siydik qopi-siydik nayi reflyuksi yo’ki siydik yo’llari obstruksiyalari sabab bo’ladi.

Siydik qopi - siydik nayi reflyuksida siydik siydik pufagidan siydik nayiga retrograd (teskari) o’tadi. Birlamchi va ikkilamchi pufak nay reflyuksi ajratiladi.

Birlamchi pufak nay reflyuksi tugma bo’lib, siydik qopi-siydik nayi Og’zining anormal rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan antireflyuks mexanizmning buzilishiga bog’liq. Antireflyuks mexanizmning samaradorligi siydik nayi shilliq osti qavati uzunligi bilan bevosita bog’liq. Shuning uchun, uning bir oz qisharishi bu mexanizmning buzilishiga olib keladi.

Ikkilamchi siydik qopi-siydik nayi reflyuksida siydik pufagining dinamikasi buziladi, bu esa normal antireflyuks mexanizmning buzilishiga olib keladi va natijada siydik nayi obstruksiyasi, siydik qopining neyrogen disfunksiyasi (giporeflektor va giperreflektor turi), keyinchalik sistitning uzoq vaqt kechishiga sabab bo’ladi. Siydik yo’llari infeksiyasi buyrakning bujmayib qolishiga olib keladi.

Pielonefritning qaytalanuvchi kechishi bilan kasallangan bemorlarning taxminan 10-20%da nefroskleroz yuzaga keladi, rentgenologik yo’ki radiologik tekshirganda buyrak parenximasining ochoqli va tarqoq shikastlanishi bilan kosachalar hajmining kichrayishi va deformasiyasi kuzatiladi.



Buyrakning bujmayishi pufak-nay reflyuksining buzilishi bilan bog’liq bo’lib, reflyuks nefropatiya deb ataladi. Bolalarda jarayon bir tomonlama bo’lib, bunda buyrakning kompensator gipertrofiyasi rivojlanadi, lekin buyrak funksiyasining butunlay buzilishi sodir bo’lmaydi. Agar buyrak ikki tomonlama zararlansa buyrak jomchalarini filtrasion tezligi pasayib ketishi kuzatiladi va keyinchalik surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanadi. 10-20% bemorlarda birlamchi siydik yollari infeksiyasidan keyin dializ va buyrak transplantasiyasini o’tkazish talab qilinadi. 5-20% bolalarda pufak-nay reflyuksi - reflyuks nefropatiya kasalligi shakllanadi, buyrak parenximasida sklero’tik ochoqlar shakllanishi bilan xarakterlanib (bir yo’ki ikkita buyrakda), siydik yollari infeksiyalari rivojlanib boradi. Bunda 10% bemorlarda arterial gipertenziya kuzatiladi. Arterial gipertenziya rivojlanishi natijasida 30% bemorlarda ikki tomonlama nefroskleroz rivojlanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ayollar, bolalik va baloqat davridagi bolalar siydik yollari infeksiyalarini o’tkazsa, jarayonni qaytalanishiga moyillik yuqori bo’ladi, pielonefrit va homiladorlik nefropatiyasi rivojlanishi xavf omillari hisoblanadi. Nefroskleroz kuzatilgan ayollarda arterial gipertenziya va homiladorlikni asorati bilan kechishiga moyillik yuqori bo’ladi.Siydik yollari infeksiyasini qo’zg’atuvchi mikroblar ko’p qo’llarda Enterobacteriaceae, ichak tayogchalari, asosan ichakdagi o’zgarishlarni keltirib chiharadi (qabziyat va disbakterioz). Siydik ayirish tizimining zararlanishida asosan ikkita asosiy yol - ko’tariluvchi va gematogen (ko’proq chaqaloqlarda) yo’llari ajratiladi. Hozirgi vaqtgacha infeksiyaning limfogen yo’l bilan tarqalishi aniqlanmagan. Siydik yollari infeksiyalarida transuretral tibbiy muolajalar natijasida zararlanish korsatgichlari yuqori hisoblanadi. Siydik pufagida va yuqori siydik sistemasi qismlarida yalliglanish jarayonlarini rivojlanishiga harshilik hiluvchi bir nechta himoya omillari mavjud.


Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish